Halima xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan lafziy san’atlarning leksik-morfologik xuxusiyatlari
Download 51.58 Kb.
|
2 5427142966105877405
Majnuntol, ey, egib shox
Sen kimlarga sir aytding. Baridan bo’ldim ogoh, O’n aytdingmi, bir aytding.(''Majnuntol'') Bunda shoira''majnuntol''ga murojaat qilyapti.''ey'' so‘zi orqali esa ta'sir kuchini yana ham oshirib, kitob qalbiga''majnuntol''ning xitobini yetkazmoq istaydi Halima Xudoyberdiyeva ijodida bunday lafziy san'atlar ko‘plab uchraydi.Bular shunchaki dengizdan tomchi, xolos. Ularning leksik, morfologik xusiyatlari ham anchani tashkil etadi. Yuqorida tahlil qilingan she'rlardan ham angalashilib turibdi. MUHOKAMA Til vositalarining lingvopoetik imkoniyatlarini aniqlash badiiy matnlarga tayanishni, qator shoir va yozuvchilar asarlarini tahlil doirasiga tortishni taqozo etar ekan, o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozga ega shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini shu yo‘nalishda tadqiq etmoqlik ham o‘zbek tili va uning nutqiy ifodalanishi imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga xizmat qila oladi. Aytish zarurki, shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari hozirgacha til nuqtayi nazaridan maxsus tadqiqot manbayi bo‘lgan emas. Demak, o‘zbek xalqining otashqalb, o‘ziga xos uslub va ovozga ega bo‘lgan shoirasi Halima Xudoyberdiyeva she’riyati lingvopoetik xususiyatlarining tadqiqot obyekti sifatida maxsus tahlilga tortilishi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.Qisman bo‘lsada yuqoridagi tahlillar asosida muammoning yechimiga bir yo‘l ochildi. XULOSA Halima Xudoyberdiyeva juda mohirona usulda yozgan she'rlari bilan xalqimiz qalbiga yo‘l topdi. Uning ko‘plab she'rlari adabiyotshunoslarimiz tomonidan endi jiddiy o‘rganilmoqda. Bundan tashqari yosh tilshunoslar tomonidan shoira ijodidan qilingan tadqiqotlar uchrab turibdi. To‘g‘ri, bular bir tomchi singaridir ammo tomchilar yig‘ilib dengizni hosil qiladi. Buning uchun esa, albatta, vaqt kerak bo‘ladi. SHoira ijodi hali to‘liq o‘rganilmagan, shoira she'riyatining lingvistik tahliliga oid kitoblar yoki qo‘lllanmalar hali qilinmagan. Agar shoira she'riyati chuqur, sinchlab tahlil qilinsa ham adabiyot, ham tilshunoslik sohasi uchun ulkan xazina kabi topilma topiladi. SHoira she'rlarining lingvopoetik xususiyatlari ustida hali ko‘p izlanish zarur. Bu tilshunoslikdagi katta muammolardan biridir. Kelgusida bu muammolar o‘z yechimi topilib, shoira ijodi to‘laqonli tadqiq etiladi degan umiddamiz. Download 51.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling