Halima xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan lafziy san’atlarning leksik-morfologik xuxusiyatlari
Download 51.58 Kb.
|
2 5427142966105877405
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rab, chopib
- Ajdodim
TAHLIL VA NATIJA
Halima Xudoyberdiyeva she'riyati o‘ziga xosligi bilan boshqa ijodkorlar she'rlaridan farq qiladi. SHoira ijodini varaqlar ekansiz undagi ma'nolar olami sizni befarq qoldirmaydi. SHoira she'rlaridagi lafziy san'atlar ham shu darajada mohirona qo‘llanganki, ularni tahlil qilish barobarida ko‘plab yangi terminlarga duch kelamiz. Jumladan, shoiraning''Endi ket'',''Xotira'',''Jilg‘a''Men sen bilan xayrlashgan tun'',''Bil olmamiz'', Muhabbat'',''Yozi yondi'',''O‘zing tik ket'' kabi she'rlari misolida lafziy san'atlarning tahlilini ko‘rib o‘tamiz. Jumladan, Bu jilg‘acha yaxshi kunim meni o‘ragan, O‘rab, chopib oyoqchasi qabargan jilg‘a.(''Jilg‘a'') Ushbu misrada lafziy san'at turiga mansub tadid qo‘llangan. TA' DID-arabcha so'z bo'lib, u "hisob", "sanoq", "miqdor" degan ma'nolarni ifodalaydi. Bu san'atning xususiyati shuki, matndan ega, kesim, aniqlovchi, to'ldiruvchi va hollarning zanjirli birin-ketin bir necha bor kelishini belgilashdir. Uyushgan so'zlar, birikmalar va gaplar ham intonatsiya jihatidan alohida ohang kasb etadi. Uch, to'rt yoki undan ortiq so'z, birikma yoki gaplar uyushuvi badiiylikni oshiradi, kitobxonni lazzatlantiradi va ta'kid tufayli qiyosiy ta'kid yuzaga keladi. Tazod-zidlantirish, o‘zaro zid ma'noli so‘zlarning she'rda qo‘llanishi orqali hosil qilinadi. Bu bir -biriga qarama qarshi so‘zlar antonimlar deb yuritiladi tilshunoslikda. SHoira ijodida ta'sirchanlikni oshirish maqsadida bunday so‘zlar ko‘p qo‘llangan: Ajdodim hayot deb, ishq deb, ochgan so‘z Avlodim ham undan o‘ylarga cho‘msin. SHu dard oqibati men ochganman ko‘z, So‘ng dam tag‘in shu dard ko‘zimni yumsin.(''Muhabbat'') Bundan tashqari mukarrar san'ati ham uchraydi. Mukarrar-''qayta -qayta'', ust-ustiga'' degan ma'nolarni anglatadi. SHu nom bilan ataluvchi lafziy san'at esa bir misrada ikki juft so‘zlarning ishlatilishini nazarda tutadi. Ushbu misrada mukarrar san'ati orqali shaxsning emotsional -ekspressiv holati namoyon etiladi: Yozi yondi. Sarg‘aydi kuzi. Intiq-intiq kutdi. Kelmading. Senga gulob tayyorlab o‘zi Talx zardob yutdi. Kelmading.(''Yozi yondi'') Ko‘rinib turibdiki,''intiq -intiq'' takrori orqali ta'sir darajasi ortgan. Bu ham shoiraning mahoratidan namunadir. Keyingi she'rda shoira qaytariq san'atidan foydalangan. Qaytariq-shoir bir so‘zni bir misraning boshi va oxirida qo‘llasa ushbu san'at paydo bo‘ladi. Endi ket, Download 51.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling