Ma’ruza biosfera–global ekotizim reja


Download 27.42 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1482044
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma`ruza (2)


Ma’ruza 8. BIOSFERA–GLOBAL EKOTIZIM


Reja:

  1. Biosfera ta’limoti.

  2. Boisferaning tirik moddalari funktsiyalari.

  3. Noosfera – “tafakkur qobig’i”.



Tayanch iboralar: biosfera, tirik moddalar funksiyalari, biomassa, noosfera.


1. Biosfera to’g’risida tushuncha. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vyernadskiy biosfera (yunoncha “bios”-hayot, “sfera”-shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig’i” hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini tashkil etadi.
V.I.Vyernadskiy tushunchasiga ko’ra, biosferaga xozirgi vaqtda faqatgina yerning qobig’ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosferaning qismi ham kiradi.
Biosfera tushunchasi biologiyaga J.Lomark, geologiyaga esa E.Zyuss tomonidan kiritilgan bo’lsada, uning mohiyati to’g’risida ular biror aniq fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfera to’g’risidagi talimotning asoschisi V.I.Vyernadskiy hisoblanadi. Sayyoramiz qiyofasining geologik davrlar mobaynida o’zgarib kelganligi qadimda faqat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb qarab kelingan.
V.I.Vyernadskiy birinchi bo’lib tirik organizmlarning geologik roli to’g’risidagi talimotni yaratdi va yer po’stining o’zgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko’rsatdi.
Biosfera Quyosh enyergiyasi ta’sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o’ziga xos qobig’idir.
Biosfera tarkibiga; Atmosferaning quyi qatlamlari yani:
15-20 km balandlikkacha bo’lgan troposfera va stratasferaning pastki qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari 11 km, litosferaning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo’lgan chuqurlik qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda yuqorida ozon ekranigacha bo’lgan chegaralar oralig’ida tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosferaning tarkibiy qismidir.
Biosfera mavjudligining asosi unda modda va enyergiya almashinuvidur. Unda organizmlar va ularning hayot muhiti o’zaro bog’lanishda bo’lib, bir butun organik harakatdagi tizimni vujudga keltiradi.
Biosferaga xos xususiyatlar quyidagilar; tirik moddalarning qatnashishi, suyuq holdagi ko’p miqdordagi suvning mavjudligi, kuchli quyosh enyergiyasi oqimi hamda moddalarning qattiq suyuq va gaz holda uchrashidir.
Biosfera rivojlanishi koinotga bevosita bog’liq. Chunki, Yerga zarur energiya oqimi keladi. Yerga keladigan enyergiyaning asosiy manbai quyoshdir.

Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling