Halollik eng oliy fazilat


Download 44.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1569991
Bog'liq
Aziza esse halollik


Talaba: Komilova Aziza
Kurs: 1-BTS-22
Fan: G’arb bolalar adabiyoti
Topshiriq: Esse


Halollik haqida

Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydida.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesangchi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?»


Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayibgina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi…
Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?
Nazarimizda, «harom» so‘ziga nisbatan munosabat o‘zgardi. Odamlar go‘yo uni «oddiylashtirib» yubordilar. «Ushlama, harom!», «Harom qilibsan», «Harom bo‘ladi» kabi gaplar bilan bolalarga tanbeh berishadi. Ba’zi joylarda hatto o‘z bolasini «Haromi» (!) deb urishadiganlar bor ekan.
Yosh bola nazarida bu gaplar faqat tashqi jihatdan «notoza» bo‘lgan narsalarga nisbatan aytiladi. To‘g‘ri, bolaga bu haqda tushuncha berib, «harom»­ga yaqinlashmaslikka o‘rgatib borgan yaxshi. Ammo «harom» faqat moddiy narsalarga nisbatangina ishlatilishi kerakmikan? Ma’naviy halollik-chi?
«Harom»ni «oddiylashtirib» borish natijasida borgan sari undan qo‘rqmaydigan kishi «tarbiyalanadi». Uning nazarida bu arzimasdek bo‘lib tuyuladi. Halollik faqat bozordagi tarozi bilan o‘lchanmasligi rost. Amallaringizni qalb tarozisiga solib ko‘ring, qaysi palla ko‘proq tosh bosar ekan?
Halollik ustozlarga ham shu darajada yarashadiki…
- Ta’lim-tarbiya jarayonida halollikning o‘rni juda muhim, - deb gap boshladi bir o‘qituvchi. - Yoshlarga bu go‘zal fazilatning qadri, ahamiyatini tushuntirish uchun bor kuch va imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz. Bir rivoyat eshitgandim. Bolasining ko‘p asal yeyishidan tashvishga tushgan ota uni tabibga olib boradi. Kichkintoyning bu odati haqida eshitgan hakim otaga uni davolatish uchun qirq kundan keyin kelishini tayinlaydi. Nihoyat, belgilangan kun kelib, ota yana o‘g‘li bilan tabibning huzuriga shoshadi. U esa kichkintoyning boshini silab: «O‘g‘lim, bundan keyin asal yemang», - deydi va otasiga ketishi mumkinligini, endi bola bunday qilmasligini aytadi. Hayron bo‘lganini yashira olmagan ota so‘raydi: «Shu gapni o‘sha biz kelgan birinchi kunning o‘zidayoq aytib qo‘ysangiz bo‘lardi-ku?». Donishmand hakim esa jilmayib: «To‘g‘ri. Lekin o‘sha kuni o‘zim ham asal yegan edim. Shuning uchun bolaga aytgan nasihatim kor qilmasdi. Qirq kun asal yemadim. Endi bolangiz ham ko‘p asal yeyishini bas qiladi», deydi. Donishmand bolani davolashning bunday usulini aytib, otani ham lol qoldirgan edi.
Bu bilan nima demoqchiman? Demak, biz o‘qituvchilar ham, avvalo, o‘zimizni tarbiyalab, keyin bu haqda o‘quvchilarga gapirganimiz ma’qul. Nega gaplarimiz bolalarga ta’sir qilmayapti? Nima uchun farzandlarimizga halollik, olijanoblik haqida aytganlarimiz ertakday tuyulayapti? Chunki o‘zimiz hozir ana shu asal yeb qo‘ygan tabib ahvolidamiz. Bolalarimiz faqat ko‘p asal yeyish «kasal»igagina chalingan bo‘lsalar, qaniydi. Biz ham qirq kun asal yemay turib nasihat qilsak bo‘lardi. Ammo o‘quvchilarga halollik haqida gapirishimiz uchun o‘zimiz ham ma’naviy tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.
Endigina maktab yoshiga yetgan o‘g‘il-qizlar ota-onasini juda yaxshi ko‘rib ketgani sababmi, ba’zan «Katta bo‘lsam, sizga mashina sovg‘a qilaman», «Pulim ko‘paysa, oyimga falon narsa olib beraman» deb aytadilar. Farzandning yoshlikdanoq ota-onasiga bu qadar mehr qo‘yishi, ularga yordam berishni xohlayotgani yaxshi, albatta. Lekin bu qimmatbaho narsalarni faqatgina halol yo‘l bilan pul topib olish kerakligini aytishni unutib qo‘ymayapsizmi? Aslini olganda, bu ham bolani halollikka o‘rgatib borishning bir yo‘li.
Halollik faqat oldi-sotdida emas, biz juda oddiy, arzimas deb o‘ylagan ishlarda ham bo‘y ko‘rsatishi mumkin. Birgina baho olish va qo‘yish tartibini olaylik. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Osongina olgan «5» sizga tatirmikan? Kechayu kunduz demay o‘qib-o‘rganib, darsga imtihondagidan ham ko‘proq tayyorlangan tengdoshingiz zo‘rg‘a «a’lo» baho oladiyu, sizga ham «5». Bahoni ham halollab olish kerak emasmi?
Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirgan yigit-qizlar ko‘pincha o‘qishga kirishning oson yo‘llarini qidiradilar. Qanday qilib bo‘lsa-da, talaba bo‘lish kerak. Ba’zilar qing‘ir yo‘llar orqali oliy dargohga kirmoqchi bo‘ladilar. Endigina mustaqil hayotga qadam qo‘ygan yoshlar ilk qadamlarini bunday egri yo‘llar bilan boshlasa, ularning kelajagini qanday tasavvur qilish mumkin?
Barcha ezguliklarning, xayr­li ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik"¦ Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar"¦ Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi-da.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesang-chi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?»

Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayib­gina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi"¦


Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?


Ta’lim-tarbiya jarayonida halollikning o‘rni juda muhim, - deb gap boshladi bir o‘qituvchi. - Yoshlarga bu go‘zal fazilatning qadri, ahamiyatini tushuntirish uchun bor kuch va imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz. Bir rivoyat eshitgandim. Bolasining ko‘p asal yeyishidan tashvishga tushgan ota uni tabibga olib boradi. Kichkintoyning bu odati haqida eshitgan hakim otaga uni davolatish uchun qirq kundan keyin kelishini tayinlaydi. Nihoyat, belgilangan kun kelib, ota yana o‘g‘li bilan tabibning huzuriga shoshadi. U esa kichkintoyning boshini silab: «O‘g‘lim, bundan keyin­ asal yemang», - deydi va otasiga ketishi mumkinligini, endi bola bunday qilmasligini aytadi. Hayron bo‘lganini yashira olmagan ota so‘raydi: «Shu gapni o‘sha biz kelgan birinchi kunning o‘zidayoq aytib qo‘ysangiz bo‘lardi-ku?». Donishmand hakim esa jilmayib: «To‘g‘ri. Lekin o‘sha kuni o‘zim ham asal yegan edim. Shuning uchun bolaga aytgan nasihatim kor qilmasdi. Qirq kun asal yemadim. Endi bolangiz ham ko‘p asal yeyishini bas qiladi», deydi. Donishmand bolani davolashning bunday usulini aytib, otani ham lol qoldirgan edi.

Bu bilan nima demoqchiman? Demak, biz o‘qituvchilar ham, avvalo, o‘zimizni tarbiyalab, keyin bu haqda o‘quvchilarga gapirganimiz ma’qul. Nega gaplarimiz bolalarga ta’sir qilmayapti? Nima uchun farzand­larimizga halollik, olijanoblik haqida aytganlarimiz ertakday tuyulayapti? Chunki o‘zimiz hozir ana shu asal yeb qo‘ygan tabib ahvolidamiz. Bolalarimiz faqat ko‘p asal yeyish «kasal»igagina chalingan bo‘lsalar, qaniydi. Biz ham qirq kun asal yemay turib nasihat qilsak bo‘lardi. Ammo o‘quvchilarga halollik haqida gapirishimiz uchun o‘zimiz ham ma’naviy tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.


Rostgo‘ylik va halollik insonning eng yaxshi fazilatlaridir. Xalqimiz “rost gapir” deb bejizga aytishmagan. “Yolg‘onning umri qisqa” degan dono gap bor.
Rostgo‘y odam tinch bo‘ladi. Yolg‘onchining esa tinchligi bo‘lmaydi. Chunki u yolg‘on gapi oshkor bo‘lishidan qo‘rqadi. Uning gapiga hech kim ishonmaydi. Uni odamlar hurmat qilmaydi. So‘ng o‘quvchilar e’tiboriga "Yolg‘onchi kishi” deb nomlangan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling