Halqali chuvalchanglar(Annelides) tipi


Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakillari va tarqalishi


Download 121.5 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1276226
1   2
Bog'liq
Halqali chuvalchanglar

Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakillari va tarqalishi.
Zuluklar halqali chuvalchanglar tipigning о‘ziga belgilariga ega bо‘lgan avlodlaridan. Qon sо‘rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ularda halqalilarning bir qancha asosiy xarakatli belgilari – ichki segmentlar, metanefridiyalar, bosh nerv guguni va qorin nerv zanjiri, yaxshi rivojlangan qon aylanish sistemasi va boshqalar saqlangan. Shu bilan birga qadimgi (qisman hozirgi) avlodlarining qon yoki tana syuqligini sо‘rib – ektoparazitlik bilan hayot kichirishga layoqatlanishi natijasida, ma’lum darajada о‘zgarib boshqacha xususiyatlar hosil etgan. Yirtqich formalari ham bor.
Chunonchi, bularda boshqa hayvon tanasiga yopishadigan ikkita sо‘rg‘ich hosil bо‘lib, tashqi segmentlari yо‘qolgan yoki ozaygan; gavdasi yassilashgan, teri – muskul xaltasida muskullar eng kuchli rivojlanib, ikkilamchi tana bо‘shlig‘i mezenxema hо‘jayralari bilan qoplangan va shu munosabat bilan qon aylanish sistemasi va metanefridiyalar tuzilishida bir qancha о‘zgarishlar vujudga kelgan. Shular bilan birga ular uchun maxsus sezuv organlari-kuzlarning bо‘lishi hazm organlarining kuchli rivojlanganligi, ichidagi katta yon о‘simtalar paydo bо‘lganligi, ikki jinsli organlari yaxshi rivojlanganligi va pilla qо‘yib, lichinkasiz taraqqiy etishi xarakatlidir.
Zuluklar bir qancha organlarining tuzilishi, jumladan bir necha avlodlarida qilsimon о‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari qtlsimon о‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari bilan oz qilli halqali chuvalchanglarga kо‘p jihatdan yaqinlashadi. Hozirgi vaqtda zuluklarning 400 ga yaqin turi mavjud; ularning kо‘pchiligi kо‘llar kichik suv havzalari, daryolar qisman dengizlarda yashaydi.
Hozirgi zoologiya sistemasiga kо‘ra zuluklar sinfi qadimgi zuluklar (Archihirudinea) va haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) kichik (kenja) sinflardan tarkib topgan. Qо‘yida О‘zbekistonda kо‘p tarqalgan sо‘nggi sinf vakillarining tuzilishi kо‘rib о‘tiladi.

Meditsina zulugi (Hirudo medicinalis) ning tuzilishi va hayoti


Meditsina zulukgi ba’zi sayozroq kо‘llar, kattoroq havza va botqoqliklarda kо‘p uchraydi. 8-15 sm uzunlikdagi bu chuvalchangning ancha yо‘g‘onlashgan kо‘kimtir-yashil tanasining esa bundan 2-3 marta kattaroq anal sо‘rg‘ichi joylashgan. Bular hayvon tanasiga yopishishga va harakatlanishga yordam beradi. Bosh tomoni ingichkalashgan, dum tomoni yо‘g‘onroq bо‘lib, tanasi juda kо‘p mayda “halqalar” hosil qiladi. Lekin bu soxta halqalardir. Aslida zulukning haqiqiy-ichki segmentlari 33 ta bо‘lib, bu son kо‘pchilik zuluklar uchun xarakterlidir.
Zulukning shilimshiqli yashil tusli terisida jigarrang qoramtir chiziqlar bilan birga orqasida sarg‘ish yoki qizg‘ish yо‘li “guldor” shakllar ravshan kо‘zga tashlanadi. Bosh tomonida har xil kattalikdagi 10 ta kо‘zchalar joylashgan (bular shunday qaraganda kо‘rinmaydi). Terining ustki yupqa kutikula bilan qoplangan bо‘lib, uning ostidagi epiteliya oralig‘ida shilimshiq modda ajratuvchi bezlar kо‘p. Epiteliyaning ostiga halqali va chо‘ziq muskullarning tolalari tutashgan. Zuluklarda qorin-orqa yо‘nalishidagi va qiya joylashgan muskul tolalari kuchli taraqqiy etgan. Bular hammasi zulukning suvda tez va chaqqon harakatlanishini muvofiqlashtiradi.
Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling