halqali yigiruv mashinasining cho’zuvchi juftligini juftligi ezuvchi valigining elastik qoplamalari parametrlari asoslash
Download 34.22 Kb.
|
2.2 docx
2.2 halqali yigiruv mashinasining cho’zuvchi juftligini juftligi ezuvchi valigining elastik qoplamalari parametrlari asoslash Oddiy karda yigirish jarayonida odatda bitta pilik zichlagich va uch xil bikrlikdagi elastik qoplamali ezuvchi valiklardan foydalaniladi. Turli xil chiziqli zichlikdagi iplarni ishlab chiqarish jarayonida komponentli “Siro” iplari ishlab chiqarishda, qo‘shaloq pilik zichlagich va ikki qismli bikrlikdagi (paxta piligi uchun polivinilxlorid, poliester piligi uchun nitrokauchik) elastik qomlamali ezuvchi valiklar qo‘llaniladi. Oddiy usuli odatda o’rta chiziqli zichlikdagi paxta, paliester, viskoza va vahakazo tolalariga mo‘ljallangan. Elastik qoplamasi ikki qismli har xil bikrlikdagi ezuvchi valik o‘rta tolali paxta piligi va poliester piligiga moslashtirilsa, aloxida cho‘zilgan tutamchalardan shakllangan turli komponentli ipning chiziqli notekisligi kamayadi, uzish kuchi oshadi, uzish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffitsienti yaxshilanadi, ishqalanishga qarshiligi ortadi ipning yuzasidagi tukdorligi kamayadi [RK 2000, RK 2025, Weighting Arms The standart drafting system for cotton ring frames. TEXParts Maria-Strasse 8 D-70736 Fellbach.http://www.texparts.de, e-mail : info@texparts.de41]. Turli xil chiziqli zichlikdagi ipining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha adabiyotlarda har xil ezuvchi valiklar bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsada, elastik qoplamasi ikki qismli har xil bikrlikdagi ezuvchi valikni qo‘llab tadqiqotlar o‘tkazilmagan. O‘tkazilgan tadqiqotlar uzun tolali paxta tolasi, poliester tolasi, viskoza va bambuk tolalari uchun bir xil bikrlikdagi ezuvchi valiklarga mo‘ljallanganligi aniqlandi. Download 34.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling