Halqumning o`tkir va surunkali kasalliklari o`tkir va surunkali faringitlar
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - мавзу 5d859023fcb32383a497288d282562c5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm 7. Halqum orti abstsessi
- HALQUMNI YOT JISMLARI
- “so`lak dengizi simptomini”
- Yuqumli mononukleozda angina
- Kasallikni boshlanishida
- Agranulotsitozda angina. A
- Leykozda angina. Q
- Bundan tashqari ayrim yuqumli kasalliklarda
- Halqum bo`g’masini klinik kechishida
- Rasm 8. Halqum bo`g’masi
- Skarlatinada (kizilcha) angina.
- Kasallikni belgilari
Faringoskopiyada Halqumni orqa devorini shilliq qavati qizargan, shishgan va bo`rtgan, ayrim xollarda bunday bo`rtma halqumning orqa devorini bir tomonida asimmetirik joylashishi mumkin.
Rasm 7. Halqum orti abstsessi
Uchi to’mtoq zond bilan bosib ko`rilsa, bo`rtma yumshoq va og’riqli bo`ladi. Odatda qonning taxlilida leykotsitoz, formulasi chapga siljigan, SOE soatiga 40-59 mm.
Kasallik 5-6 kun, ba`zan bundan xam ko`proq vaqt kuchli intoksikatsiya bilan davom etadi va o`z vaqtida o`tkazilgan davolash xisobiga yaxshi natijalarga erishiladi. Faringoskopiya o`tkazish vaqtida extiyotlikka rioya qilish zarur, aks xolda muolija vaqtida bemor bola tinch o`tirmasdan boshini olib qochishga xarakat qiladi, natijada shpatel’ bilan abstsessga tegib uni yorilishiga sabab bo`ladi va ajralgan yiringni to`g’ri xiqilldoqqa tushib uni to`liq berkitib, asfiksiyaga olib kelishi mumkin. Klinikada shunday xolat kuzatilib, bemor bolani o`limiga sabab bo`lganligi adabiyotlarda keltirilgan. Davolash: abstsess paydo bo`lgunga qadar konservativ davolanadi, buning uchun, antibiotiklar, sul’fanilamidlar tayinlanadi, katta yoshdagi bolalarda kuchsiz dezinfektsiyalovchi eritmalardan og’izni chayish tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalarda esa bunday antiseptik eritmalar extiyotlik bilan maxsusu asboblar (pulivizator) orqali purkaladi. Abstsess belgilari paydo bo`lsa tezda yiringni chiqarishni chorasini ko`rish zarur. Abstsessni yorish paytida yiring pastga, nafas yo`llariga tushib qolishni va asfiktsiyani oldini olish zarur. Buning uchun avval abstsess yo`g’onroq igna bilan punktsiya qilinib yiring so`rib olinadi, so`ngra o`sha joydan kesiladi. Abstsessni imkoniyat darajasida bemor yotgan xolatda kesish qulay, ammo ko`pincha bu muolija bemorni o`tirgan xolda o`tkaziladi, shuning uchun xam abstsessni yorishi bilan darxol bemorni boshini pastga engashtirish zarur, bunda ajralib chiqqan yiring pastga emas balkim og’iz bo`shlig’iga tushadi Abstsess yorilib yiring chiqarilgandan so`ng davolash konservatib davom ettiriladi.
Yutqinni yot jisimlari boshqa LOR a`zolarini yot jisimlariga qaraganda ko`p uchraydi va kelib chiqishlari bo`yicha tashqi va ichki turlariga bo`linadi. Tashqi yot jismlar halqumga tashqaridan tushadi, ichkisi esa halqumni o`zida paydo bo`ladigan, ya`niy yasama tishlarni o`rnida ko`chib Halqumda sanchilib qolishi yoki bodomcha bezlarini lakunalarida xosil bo`ladigan toshlar kiradi. Halqumga tashqarida tushadigan yot jismlar ovqat bilan yoki yosh bolalarda o`zlari o`ynab kiritishi kirish mumkin. Bunday yot jismlarga suyaklar, tish va tish protezi, tangalar, mayda uyinchoqlar, mix va boshqa narsalardir. Ovqatlanish vaqtida birdaniga yo`talish, aksirish, gaplashish vaqtida yutqinga yot jismlarni tiqilib qolishi mumkin. Yot jismlar ko`proq yosh bolalarda va tishi tushib ketgan keksalarda uchraydi. Mayda va o`tkir yot jismlar ko`pincha tanglay bezlarida, Halqumda sanchilib qoladi, agar yot jismlar kattaroq bo`lsa halqumni xiqildoq qismida, valekulalarda, qizilo`gachni kirish qismida yoki noksimon chuqurchalarda turib qoladi. Bundan tashqari halqumda tirik yot jismlar xam uchrab turadi. O`rta Osiyo va Qozog’iston regionlarida chorvadorlar va ularning oila a`zolari orasida xikildoq- yutqin soxasida tirik yot jismlardan zuluklar, turli qurtlar, gijja, chivinlarni lichinkalari ko`p kuzatiladi. Tirik yot jismlar ko`pincha ariqlardan suv ichilganda, cho`milganda kirib qoladi. Halqumni yot jisimlari sifatida burun va burun yondosh bo`shliqlarini jaroxatlarida tushib qolgan suyak siniqlari, tibbiyo muolijalar o`tkazishda esdan chiqarib qolingan tamponlar xam uchrab turadi.
joyi va vaqtiga bog’liq bo`ladi. Bemorlarni asosiy shikoyatlari tomoqda og’riqqa, bu og’riqlar ayniqsa yutinish vaqtida kuchayadi. Tomoqda yot jisim borligi xissiyoti bemorlarni doimo tomoqni qirib yo`talishga sabab bo`ladi. Yutish jarayoni og’riqli bo`lganligi, so`lakni ko`p miqdorda ajralishi og’izdan ko`p miqdorda so`lak to`planishiga olib keladi, ayniqsq yot jisim noksimon chuqurchada turib qolsa bu erda “so`lak dengizi simptomini” xosil qiladi. Katta yot jisimlar halqumni pastki, xiqildoq qismiga tushib qolganda, bemorlarda nafas olishni va gapirish faoliyatini buzilishi kuzatiladi. Qirralari o`tkir bo`lgan yot jisim qizilo`ngach tomonga o`tish jarayonida ko`pincha shilliq qavatlarni jaroxatlab o`tadi, natijada bu joylarda to`qimlar shishadi va bemorlarda doimo yot jisim borligi xissiyotini paydo qiladi. Uchlari o`tkir, kichik yot jisimlar bodomcha bezlariga yoki shilliq qavatlarga sanchilib qolib, uzoq vaqtlar turib qolishi natijasida yallig’lanib, xayot uchun xafli turli asoratlarga (reterofarengial abstsess, bo`yin flegmonasi, mediastenit va sepsis) sabab bo`ladi. Yutqindagi yot jismlarni tashxislash unchalik qiyin emas, asosan bemorni shikoyatlariga asoslanadi. Faringoskopiyada yot jisimlar ko`p turib qoladigan joylar - tanglay bezlari, valekulalar va noksimon chuqurchalar diqqat bilan tekshirilishi shart. endoskopik tekshirishda burun-halqumdan boshlab qizilo`ngach va xiqildoqqa kirish qisimlargacha to`liq tekshirish zarur. Rentgenologik tekshirishda bemorni ikki xolatda-oldindan va yonboshdan tekshiriladi. Halqumni tekshirishni albatta maxalliy anesteziya qilib amalga oshirish kerak va yutqinning barcha bo`limlarini ko`zdan kechirishdan tashqari, qo`l etadigan bo`limlarini barmoqlar bilan paypaslash kerak. Davolash: yot jismlarni yutqindan olib tashlash uncha qiyin emas. Yutqinning o`rta bo`limidan yot jismlar maxsus qisqichlar (odatdagi faringoskopiyada) olib tashlanadi. Halqumni xiqildoq qismidagi yot jismlar bevosita yoki bilvosita laringoskopiya, fibroskopiya qilish yo`li bilan olib tashlanadi. Burun- halqumdagi yot jismlarni orqa rinoskopiya yoki burun yutqin fibroskopiyasi usulida olib tashlanadi. Yot jismlar olib tashlagandan so`ng o`rnida jaroxat bo`lsa, ikkilamchi yallig’lanishni oldini olish uchun shu joy 2-3% kumush nitrat eritmasi bilin surtiladi va bir necha kun antiseptik eritmalar bilan tomoq chayiladi.
HALQUM BEZLARINING YALLIG’LANISHI Qon tizimi kasalliklarida halqum bezlarida angina kabi yallig’lanish jarayoni kuzatiladi, bunday kasalliklarni o`z vaqtida aniqlab, oddiy anginalardan qiyosiy farqini ajratib, tashxis qo`yib davolash, bir qancha og’ir asoratlarni oldini oladi. Qon tizimini bunday kasalliklari qatoriga quydagilar kiradi: Yuqumli mononukleoz, agranulotsitoz, alimentar toksik aleykiya va o`tkir leykoz. Qon tizimi kasalliklarida, bemorni immunologik ximoya kuchi keskin pasayadi, bunday sharoitda og’iz bo`shlig’idagi saprofit mikroflorani patologik xususiyatga kuchayadi yoki surunkali yallig’langan badomcha bezlaridagi jarayonni faollashishi xisobiga, bezlarda ikkilamchi anginalar paydo bo`ladi. Yuqumli mononukleozda angina:Adabiyotlarda bu anginani boshqa nomlar bilan (Limfoid to`qimalari anginasi, Pfeyferni bezlar isitmasi, Filatov kasalligi) xam ataladi. Kasallik ko`proq bolalarda va yoshlarda uchraydi. Kasallikni qo`zg’atuvchisi limfatrop virus xisoblib, bu virus doimo listerella bakteriyasi bilan birga uchraydi. Kasallik xavo-tomchi yo`l bilan va bemorni buyumlari orqali yuqadi. Asosiy kirish darvozasi burun va og’iz yo`llari xisoblanadi. Kasallik asosan bolalarda va o`smirlarda uchraydi. Kasallikni boshlanishida bemorlarda umumiy quvvatsizlik, ishtaxa va uyquni buzilishi bezovta qiladi, oradan 1-2 kun o`tgach birdaniga tana xaroratini yuqoriga (39-40 S) ko`tariladi, dastlab bo`yindagi limfatik bezlar,
keyinchalik boshqa bezlar xam kattalashadi va paypaslaganda og’riqli bo`ladi. Bunga qo`shimcha jigar va taloq kattalashadi, ayrim bemorlarda terida toshmalar kuzatiladi. Kasallikni o`zi xos ko`rinishlaridan biri (ayniqsa bolalarda) burun-halqum shilliq qavatlarini keskin shishi bilan davom etadi, shuning uchun xam bemorlarda nafas olishni qiyinligi, ping’illab gapirish kabi belgilar paydo bo`ladi. Bodomcha bezlarida yarali-pardali angina yoki halqum bo`g’masi singari yiringli karashlar xosil bo`ladi. Shuning uchun xam ayrim xollarda adashib halqum bo`g’masi tashxisi qo`yilib davolanadi. Faringoskopiyada: mononukleozda Halqum shilliq qavatlarni keskin shishi kuzatiiladi, halqum bezlari kattalashgan, qizargan yuzalarida difteriya qoplamasiga o`xshash karash bilan qoplangan bo`ladi. Bez yuzasidagi karashlar tanglay yoylari, kichik tilga tarqaladi. Boshqa anginalardan farqi bu karashlar halqumda uzoq muddat (1 oygacha) saqlanib turadi.
kunlaridan leykotsitlarni miqdori ortadi (leykotsitoz) va 7-10 kunlarida eng yuqori darajasiga etadi. Ortgan leykotsitlarni 60-80% o`zgargan monotsitlar – mononuklearlar tashkil etadi. Tashxisda serologik tekshirishlar xam muxim o`rinni egallaydi, bunda Paul-Bunnel reaktsiyasi musbat bo`ladi. Bauer-Goffa sinamasi qonda maxsus antigenni miqdorini aniqlashda yordam beradi. Kasallik 3-4 xafta davom etadi va asta-sekin yallig’lanish jarayoni pasayadi, isitma mo`tadil bo`ladi, limfatik bezlalar, kichrayadi, bemorni axvoli yaxshilanadi . Davolash: bemorga yotib davolanish tavsiya qilinadi va vitaminlarga boy suyuq, iliq ovqatlar tavsiya etiladi. Ikkilamchi infektsiyaning oldini olish uchun antibiotiklar qo`llaniladi. Tomoqni chayish
uchun dezinfektsiyalovchi, burishtiruvchi suyuqliklar tavsiya etiladi, bezni nekrozga uchragan qismlarni 10% li kumush nitrat eritmasi bilan kuydiriladi, bu davolarga qo`shimcha ravishda kortikosteroidlar qo`llaniladi.
balki qon ishlab chiqarish tizimini turli yuqumli kasalliklar, toksik ta`sirlar, o`tkir nurlanishdan so`ng, tsitostatik dorilar qo`llanilganda va Kandida zamburug’i ta`siri natijasida paydo bo`lgan reaktsiyasidir. Bu kasallikda qonda leykotsitlarni miqdori ( neytrofil granulotsitlar) keskin (0, 5-10 9\l) kamayib ketadi. Klinik kechishi kasallikni kelib chiqishiga qarab ikki xilga birinchisi: sekin-asta boshlanadigan mielotoksik va ikkinchisi: o`tkir boshlanadigan immunologik turlariga bo`linadi. Kasallikni mielotoksik turida boshlanishi (1-2kun davomida) dastlab umumiy quvatizlik, ishtaxa va uyquni buzilini sifatida namoyon bo`ladi, keyingi
kunlarida tana xaroratini keskin ko`tariladi, qaltirash paydo bo`lib, umumiy axvoli og’irlashadi, tomoqda og’riq, yutinishni va gapirishni qiyinlagi paydo bo`ladi. Og’izdan noxush xid kelib, so`lak oqadi, oshqozon ichak tizimida turli dispeptik xolatlar paydo bo`ladi. Kasallikni immunologik ko`rinishada yuqorida keltirilgan klinik belgilari birinchi kundan boshlab keskin namoyon bo`lishi bilan ajralib turadi. Bemorni umumiy axvoli og’irlashadi, tana xarorati septik tus oladi, tomoqdagi og’riq kuchvyadi, bo`g’imlarda og’riqlar paydo bo`ladi, kuzlarda sarg’ayish alomatlari ko`rinadi, yuqori isitma natijasida bemorlar alaxsiraydi.
paydo bo`ladi, bu yarachalar to`qimalarni chuqr qismilarini xam qamrab oladi. Keyingi kunlarda nekrotik yarachalarni yuzalari ko`chib tushadi, o`rnida chuqur, sekin bitadigan yaralar paydo bo`ladi. Shilliqt qavatlar qizarib, shishib ketadi. Kasallikni avjga chiqish davrida og’izni shilliq qavatlariga xamda teri ostiga qon quyilishlar kuzatiladi. Kasallikni tashxisida qon va suyak kemiklaridan olingan surtmalarni tekshirishlar natijasi muxim o`rin egallaydi. Davolash: Kasallikni davolashda keltirib chiqaruvchi sabalarni bartaraf etish, qon tizimiga salbiy ta`sir etuvchi dorilarni qo`llashni to`xtatish zarur. Tomirga leykotsitar massalar va qon quyiladi, mushak orasiga 5% nuklenat natriy eritmasi 5-10 ml 2 maxaldan yuboriladi. Bundan tashqari gormonal dorilar va vitaminlar tavsiya etiladi, og’izni turli antiseptik dorilar bilan chayiladi. Kasallikni natijasi ancha murakkab bo`lib, ayrim xollarda turli og’ir septik xolatlar singari asoratlar paydo bo`ladi.
bu kasallikda qonda leykotsitlarni etilmagan tanachalari ko`payib ketadi. Kasallikni asosida xromosomalarni tarkibini tug’ma yoki ortirilgan buzilishi yotadi Klinik kechishi bo`yicha. o`tkir va surunkali ko`rinshlari tafovut qilinadi, ko`proq yoshlarda uchraydi. Kasallikni og’ir kechadigan turi, o`tkir leykozni mieloz ko`rinishidir. Boshlanishi o`tkir, keskin tana xaroratini ko`tarilishi, (gektik ko`tarilishi kuzatladi) qaltirash bilan boshlanadi. Tomoqda og’riq, yutinishni qiyinligi va og’izdan noxush xid keladi. Bemorlarda umumiy quvatsizlak, ko`p terlash kuzatiladi va bosh aylanishi bezovta qiladi, ularda kuchli gemorragik belgilar, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi, burundan qon ketishi, ozgina jaroxatlardan xam uzoq vaqt to`tamaydigan qon ketadi. Bodomcha bezlarini yallig’lanishi, kasallikni 3-5 kunlarida namoyon bo`ladi, limfatik bezlar kattalashadi, bir vaqtni o`zida jigar va taloq xam kattalashadi. Kasallikni bir ko`rinishida leykotsitlarni miqdorini keskin ko`payib ketishi bilan davom etsa, boshqa ko`rinishida aksincha limfotsitlarni miqdorini kesin kamayib ketishi bilan kechadi. Faringoskopiyada kasallikni boshlanishida tanglay bezlari qizaradi va shishgan bo`ladi, asta-sekin yuzalarida yaralar paydo bo`ladi, keyinchalik bu yaralar nekrozga aylanadi, nekrozga uchragan joylar oqish yoki sargimtir-oqish rangdagi karash bilan qoplanadi. Bu karashlar bez yuzasidan qiyin ko`chadi, ularni ko`chirilganda uzoq vaqt, qon ketuvchi yaralar ochiladi. Bunday yaralar og’iz
bo`shlig’iga, tanglayga, milklarga tarqaladi va tez-tez qon ketishi bilan davom etadi.
Kasallikni tashxisida qonni va suyak kemigidan olingan surtma taxlili asosiy o`rinni egallaydi. Qonda ko`p miqdorda yosh va atipik (gematoblast, mieloblast, limfoblast) qon shaklari paydo bo`ladi. Bu kasallikda natija ko`pincha o`lim bilan yakunlanadi. Davolashda asosan tsitostatik (atleran, dopan), korotikosteroid dorilar qo`llaniladi, xamda leykotsitar massa va qon quyiladi, rentgen nurlari bilan ta`sir ettiriladi. Xozirgi kunda yaxshi naf beradigan davolash usullaridan biri suyak kemigini ko`chirib o`tkazish xisoblanadi. Ikkilamchi infektsiyani oldini olish uchun antibiotiklar va fungostatik dorilar qo`llaniladi.
bezlarida xam anginaga xos yallig’lanishlar kuzatiladi. Buni bilishni axamiyati shundaki angina tashxisini qo`yib davolab, boshqa asosiy yuqumli kasalliklarni o`tkazib yubormaslik kerak. Bunday yuqumli kasalliklarga quydagilar kiradi: Bo`g’ma (diftereya), qizilcha (skarlatina), ich terlama va boshqalar. Bu kasalliklarni tashxis qo`yishda o`ziga xos klinik belgilari va laborator tekshirishlar natijalariga asoslanadi.
Halqum bo`g’masi o`tkir yuqumli kasallik xisoblanib, qo`zg’atuvchisi Klebsa- Lefflera (Cornybacterium diphterie) xisoblanadi. Kasallikda 90-95 % xolatlarda halqumni yallig’lanishi bilan va tanglay bezlarida anginaga xos o`zgarish bo`lishi bilan kechadi.
bo`linadi. chegaralangan turi o`z yo`nalishida, kataral, orolcha (bez yuzida chegaralangan 5-6 mm xajmda qoplamalar xosil bo`lishi bilan kechadi) va karashli- qoplama (bez yuzasini to`liq qoplab oluvchi karash xosil bo`ladi) paydo bo`lishi ko`rinishda kechadi. Kasallikni kataral turi asosan emlangan bolalarda uchrab, kataral angina kabi, qoplama va karashlar xosil bo`lmasdan engil kechadi. Qolgan barcha turlarida bo`g’maga xos halqumda va bodomcha bezlarda karashlar xosil bo`lib davom etadi. Halqum bo`g’masini klinik kechishida- Kasallik sekin-asta klinik belgilarni namoyon bo`lishi bilan boshlanadi. Birinchi navbatda intoksikatsiya belgilari paydo bo`ladi, bemorlar kam kuvvat, rangi oqargan, lanj bo`lib qoladi, ammo tana xarorati yuqori bo`lmasligi mumkin, vaqt o`tishi bilan intoksikatsiya kuchayadi. Keyinchalik tomoqda og’riq, tana xaroratini yuqoriga ko`tarilishi va bez yuzalarida
qoramtir-kulrang karashlar paydo bo`ladi. Asta-sekin bu karashlar kattalashib bez yuzini to`liq qamrab oladi va tashqariga, tanglay yoylariga, kichik tilga, halqumni orqa devoriga tarqaladi. Kasallikni eng og’ir kechishi, bu bergan asoratlaridir, ya`niy toksik miokardit, kichik tilni falajligi, nefrit va boshqa a`zolarga tez tarqalishidir.
yuzasida avval katta bo`lmagan qalin qoramtir-kulrang karash xosil bo`ladi, keyinchalik bu karashlar bez yuzasidan tashqariga tanglay yoylari, kichik til va halqumni orqa devorlariga xam tarqaladi. Bez yuzasidagi bu karashlar qiyin ko`chadi va ko`chirish vaqtida bez yuzasida qonab turuvchi yara xosil bo`ladi. Bo`yin lifatik tugunlari kattalashgan, og’ir xolatlarda buyin yumshoq to`qimalarini shishi kuzatiladi.
Halqum bo`g’masini lakunar anginadan farqi agar follikulyar anginada jarayon doimo ikki tomonlama bo`lsa, bo`g’mada ayrim xollarda jarayon bir tomonlama bo`lishi mumkin. Lakunar anginada bez yuzasidagi qoplama ok-sargish rangda, engil ko`chuvchi va to`qimalar yuzasi o`zgarmagan bo`ladi. Bo`g’madagi karash tog’ay singari qattiq bo`ladi, to`qimalardan qiyin ajraladi. . Kasallikni kechishida difteriyaga gumon qilinsa darxol bez yuzasidan surtma olinib bakteriologik tekshirish o`tkaziladi. Agar surtmada Klebsa-Lefflera tayoqchalari aniqlansa, bemor darxol yuqumli kasalliklar bo`limini aloxida ajratilgan xonasiga yotqizilab davolanadi. Davolashda difteriyaga qarshi zardob Bezredka usulida kiritiladi, bundan tashqari simptomatik davolar qo`llaniladi. Skarlatinada (kizilcha) angina. O`tkir yuqumli kasallik bo`lib, chaqiruvchisi streptokokklar xisoblanadi. Qizilcha bilan asosan yosh bolalar (2-10 yosh) kasallanadi. Kasallik bemorlardan xavo-tomchi yo`l bilan tarqaladi. Boshlanishida tomokda angina singari o`zgarish bilan kechadi. Klinik kechishi bo`yicha engil, o`rtacha og’ir va og’ir turlari mavjud. Tomoqdagi o`zgarish kasallikni klinik turlari mos ravishda kataral yallig’lanishdan boshlanib nekrotik o`zgarishlargacha bo`lishi mumkin.
keskin ko`tariladi, ko`gil aynib qayt qiladi, ichi tez o`tadi va umumiy axvoli og’irlashadi. Bemorlar tomoqni quruqshab qolishi va kuchayib boruvchi og’riqga shikoyat qiladi. Intoksikatsiya kuchayib borishi natijasida, tana xarorati ko`tariladi, tomir urish va nafas olish tezlashadi bemorlarda vaxima va qo`rqinch xissiyotlari paydo bo`ladi, loxas bo`lib, uyqu va ishtaxa buziladi. Bemor ko`rilganda lunjlari qizargan (arterial to`laqonlik xisobiga), yanoqlari to`q qizil, ammo burun-lab uchburchagi oq rangda bo`ladi, bunday xolatni “skarlatinaga xos niqob” deyiladi (birinchi marotaba bu belgilar N. F. Filatov tomonidan yozilgan). Kasallikni boshlanishida qattiq tanglayda, tanglay yoylari, kichik til, bezlar yuzasida, atrof to`qimalardan keskin chegaralangan, qizarib shishga skarlatinaga xos toshmalar kuzatiladi, bunday toshmalarni “skarlatina enantemasi” deb yuritiladi (toshmalarni shunday to`q qizil rangdaligi uchun kasallikni skarlatina deb nomlangan yoki italiyan tilida skarlatum - to`q qizil degan so`z). Bodomcha bezlari kattalashgan va to`laqonlik xisobiga qizargan. Til qalin oq karash bilan qoplangan, qirg’oqlari esa qizargan bo`ladi. Kasallikni yorqin namoyon bo`lgan davrida, bo`yin terisida, tanada va oyoq-qo`llarda mayda, qizil rangli bo`rtmali toshmalar paydo bo`ladi. Bo`yin va jag’ osti lifatik tugunlar kattalashgan, ushlab ko`rilganda org’iqli bo`ladi. Kasallikni keyingi kunlarida bunday o`zgarishlar boshqa joylarda yo`qolib faqat bezlarda qoladi. Bodomcha bezlaridagi o`zgarishlar kasllikni og’ir kechishida kataral xolatdan yarali-nekrotik xolatgacha o`tishi mumkin. Bemorga tashxis qo`yilgandan so`ng darxol atrofdagilardan ajratiladi va yuqumli kasalliklar klinikasiga yotkizilib davolanadi. Davolashda keng ta`sir doirasiga ega bo`lgan antibiotiklar, sul`fanilamid preparatlari va antigistamin dorilar qo`llaniladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling