Halqumning o`tkir va surunkali kasalliklari o`tkir va surunkali faringitlar


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.11.2020
Hajmi0.92 Mb.
#155680
1   2   3   4
Bog'liq
3 - мавзу 5d859023fcb32383a497288d282562c5


Faringoskopiyada  Halqumni  orqa  devorini  shilliq  qavati  qizargan,  shishgan 

va  bo`rtgan,  ayrim  xollarda  bunday  bo`rtma  halqumning  orqa  devorini  bir 

tomonida asimmetirik joylashishi mumkin.  

 

 



Rasm 7. Halqum orti abstsessi 

 

Uchi to’mtoq zond bilan bosib ko`rilsa, bo`rtma yumshoq va og’riqli bo`ladi. 



Odatda qonning taxlilida leykotsitoz, formulasi chapga siljigan, SOE soatiga 40-59 

mm.  


Kasallik 5-6 kun, ba`zan bundan xam ko`proq vaqt kuchli intoksikatsiya bilan 

davom  etadi  va  o`z  vaqtida  o`tkazilgan  davolash  xisobiga  yaxshi  natijalarga 



erishiladi. Faringoskopiya o`tkazish vaqtida extiyotlikka rioya qilish zarur, aks xolda 

muolija  vaqtida  bemor  bola  tinch  o`tirmasdan  boshini  olib  qochishga  xarakat 

qiladi,  natijada  shpatel’  bilan  abstsessga  tegib  uni  yorilishiga  sabab  bo`ladi  va 

ajralgan yiringni to`g’ri xiqilldoqqa tushib uni to`liq berkitib, asfiksiyaga olib kelishi 

mumkin. Klinikada shunday xolat kuzatilib, bemor bolani o`limiga sabab bo`lganligi 

adabiyotlarda keltirilgan.  



Davolash:  abstsess  paydo  bo`lgunga  qadar  konservativ  davolanadi,  buning 

uchun, antibiotiklar, sul’fanilamidlar tayinlanadi, katta yoshdagi bolalarda kuchsiz 

dezinfektsiyalovchi  eritmalardan  og’izni  chayish  tavsiya  etiladi.  Kichik  yoshdagi 

bolalarda  esa  bunday  antiseptik  eritmalar  extiyotlik  bilan  maxsusu  asboblar 

(pulivizator)  orqali  purkaladi.  Abstsess  belgilari  paydo  bo`lsa  tezda  yiringni 

chiqarishni  chorasini  ko`rish  zarur.  Abstsessni  yorish  paytida  yiring  pastga,  nafas 

yo`llariga  tushib  qolishni  va  asfiktsiyani  oldini  olish  zarur.  Buning  uchun  avval 

abstsess yo`g’onroq igna bilan punktsiya qilinib yiring so`rib olinadi, so`ngra o`sha 

joydan  kesiladi.  Abstsessni  imkoniyat  darajasida  bemor  yotgan  xolatda  kesish 

qulay,  ammo  ko`pincha  bu  muolija  bemorni  o`tirgan  xolda  o`tkaziladi,  shuning 

uchun  xam  abstsessni  yorishi  bilan  darxol  bemorni  boshini  pastga  engashtirish 

zarur,  bunda  ajralib  chiqqan  yiring  pastga  emas  balkim  og’iz  bo`shlig’iga  tushadi 

Abstsess yorilib yiring chiqarilgandan so`ng davolash konservatib davom ettiriladi.  

 

HALQUMNI YOT JISMLARI 



 

Yutqinni  yot  jisimlari  boshqa  LOR  a`zolarini  yot  jisimlariga  qaraganda  ko`p 

uchraydi va kelib chiqishlari bo`yicha tashqi va ichki turlariga bo`linadi. Tashqi yot 

jismlar  halqumga  tashqaridan  tushadi,  ichkisi  esa  halqumni  o`zida  paydo 

bo`ladigan, ya`niy yasama tishlarni o`rnida ko`chib Halqumda sanchilib qolishi yoki 

bodomcha bezlarini lakunalarida xosil bo`ladigan toshlar kiradi.  

 Halqumga tashqarida tushadigan yot jismlar ovqat bilan yoki yosh bolalarda 

o`zlari  o`ynab  kiritishi  kirish  mumkin.  Bunday  yot  jismlarga  suyaklar,  tish  va  tish 

protezi, tangalar, mayda uyinchoqlar, mix va boshqa narsalardir.  

 Ovqatlanish  vaqtida  birdaniga  yo`talish,  aksirish,  gaplashish  vaqtida 

yutqinga yot jismlarni tiqilib qolishi mumkin. Yot jismlar ko`proq yosh bolalarda va 

tishi  tushib  ketgan  keksalarda  uchraydi.  Mayda  va  o`tkir  yot  jismlar  ko`pincha 



tanglay  bezlarida,  Halqumda  sanchilib  qoladi,  agar  yot  jismlar  kattaroq  bo`lsa 

halqumni  xiqildoq  qismida,  valekulalarda,  qizilo`gachni  kirish  qismida  yoki 

noksimon chuqurchalarda turib qoladi.  

Bundan tashqari halqumda tirik yot jismlar xam uchrab turadi. O`rta Osiyo 

va Qozog’iston regionlarida chorvadorlar va ularning oila a`zolari orasida xikildoq-

yutqin  soxasida  tirik  yot  jismlardan  zuluklar,  turli  qurtlar,  gijja,  chivinlarni 

lichinkalari  ko`p  kuzatiladi.  Tirik  yot  jismlar  ko`pincha  ariqlardan  suv  ichilganda, 

cho`milganda kirib qoladi. Halqumni yot jisimlari sifatida burun va burun yondosh 

bo`shliqlarini  jaroxatlarida  tushib  qolgan  suyak  siniqlari,  tibbiyo  muolijalar 

o`tkazishda esdan chiqarib qolingan tamponlar xam uchrab turadi.  

 

Kasallikni belgilari: Kasallikni klinik belgilari yot jisimni shakli, xajmi, tushgan 

joyi  va  vaqtiga  bog’liq  bo`ladi.  Bemorlarni  asosiy  shikoyatlari  tomoqda  og’riqqa, 

bu og’riqlar ayniqsa yutinish vaqtida kuchayadi. Tomoqda yot jisim borligi xissiyoti 

bemorlarni doimo tomoqni qirib yo`talishga sabab bo`ladi. Yutish jarayoni og’riqli 

bo`lganligi,  so`lakni  ko`p  miqdorda  ajralishi  og’izdan  ko`p  miqdorda  so`lak 

to`planishiga olib keladi, ayniqsq yot jisim noksimon chuqurchada turib qolsa bu 

erda  “so`lak  dengizi  simptomini”  xosil  qiladi.  Katta  yot  jisimlar  halqumni  pastki, 

xiqildoq qismiga tushib qolganda, bemorlarda nafas olishni va gapirish faoliyatini 

buzilishi  kuzatiladi.  Qirralari  o`tkir  bo`lgan  yot  jisim  qizilo`ngach  tomonga  o`tish 

jarayonida  ko`pincha  shilliq  qavatlarni  jaroxatlab  o`tadi,  natijada  bu  joylarda 

to`qimlar  shishadi  va  bemorlarda  doimo  yot  jisim  borligi  xissiyotini  paydo  qiladi. 

Uchlari  o`tkir,  kichik  yot  jisimlar  bodomcha  bezlariga  yoki  shilliq  qavatlarga 

sanchilib qolib, uzoq vaqtlar turib qolishi natijasida yallig’lanib, xayot uchun xafli 

turli  asoratlarga  (reterofarengial  abstsess,  bo`yin  flegmonasi,  mediastenit  va 

sepsis) sabab bo`ladi.  

Yutqindagi  yot  jismlarni  tashxislash  unchalik  qiyin  emas,  asosan  bemorni 

shikoyatlariga asoslanadi. Faringoskopiyada yot jisimlar ko`p turib qoladigan joylar 

-  tanglay  bezlari,  valekulalar  va  noksimon  chuqurchalar  diqqat  bilan  tekshirilishi 

shart.  endoskopik  tekshirishda  burun-halqumdan  boshlab  qizilo`ngach  va 

xiqildoqqa  kirish  qisimlargacha  to`liq  tekshirish  zarur.  Rentgenologik  tekshirishda 

bemorni  ikki  xolatda-oldindan  va  yonboshdan  tekshiriladi.  Halqumni  tekshirishni 

albatta  maxalliy  anesteziya  qilib  amalga  oshirish  kerak  va  yutqinning  barcha 

bo`limlarini  ko`zdan  kechirishdan  tashqari,  qo`l  etadigan  bo`limlarini  barmoqlar 

bilan paypaslash kerak.  



Davolash:  yot  jismlarni  yutqindan  olib  tashlash  uncha  qiyin  emas. 

Yutqinning  o`rta  bo`limidan  yot  jismlar  maxsus  qisqichlar  (odatdagi 

faringoskopiyada) olib tashlanadi. Halqumni xiqildoq qismidagi yot jismlar bevosita 

yoki bilvosita laringoskopiya, fibroskopiya qilish yo`li bilan olib tashlanadi. Burun-

halqumdagi yot jismlarni orqa rinoskopiya yoki burun yutqin fibroskopiyasi usulida 

olib  tashlanadi.  Yot  jismlar  olib  tashlagandan  so`ng  o`rnida  jaroxat  bo`lsa, 

ikkilamchi  yallig’lanishni  oldini  olish  uchun  shu  joy  2-3%  kumush  nitrat  eritmasi 

bilin surtiladi va bir necha kun antiseptik eritmalar bilan tomoq chayiladi.  

 

 

 

QON TIZIMI KASALLIKLARIDA  



HALQUM BEZLARINING YALLIG’LANISHI 

 

Qon tizimi kasalliklarida halqum bezlarida angina kabi yallig’lanish jarayoni 

kuzatiladi,  bunday  kasalliklarni  o`z  vaqtida  aniqlab,  oddiy  anginalardan  qiyosiy 

farqini ajratib, tashxis qo`yib davolash, bir qancha og’ir asoratlarni oldini oladi.  

Qon  tizimini  bunday  kasalliklari  qatoriga  quydagilar  kiradi:  Yuqumli 

mononukleoz, agranulotsitoz, alimentar toksik aleykiya va o`tkir leykoz. Qon tizimi 

kasalliklarida,  bemorni  immunologik  ximoya  kuchi  keskin  pasayadi,  bunday 

sharoitda og’iz bo`shlig’idagi saprofit mikroflorani patologik xususiyatga kuchayadi 

yoki  surunkali  yallig’langan  badomcha  bezlaridagi  jarayonni  faollashishi  xisobiga, 

bezlarda ikkilamchi anginalar paydo bo`ladi.  



Yuqumli mononukleozda angina:Adabiyotlarda bu anginani boshqa nomlar 

bilan (Limfoid to`qimalari anginasi, Pfeyferni bezlar isitmasi, Filatov kasalligi) xam 

ataladi. Kasallik ko`proq bolalarda va yoshlarda uchraydi. Kasallikni qo`zg’atuvchisi 

limfatrop virus xisoblib, bu virus doimo  listerella bakteriyasi bilan birga uchraydi. 

Kasallik  xavo-tomchi  yo`l  bilan  va  bemorni  buyumlari  orqali  yuqadi.  Asosiy  kirish 

darvozasi  burun  va  og’iz  yo`llari  xisoblanadi.  Kasallik  asosan  bolalarda  va 

o`smirlarda  uchraydi.  Kasallikni  boshlanishida  bemorlarda  umumiy  quvvatsizlik, 

ishtaxa  va  uyquni  buzilishi  bezovta  qiladi,  oradan  1-2  kun  o`tgach  birdaniga  tana 

xaroratini  yuqoriga  (39-40  S)  ko`tariladi,  dastlab  bo`yindagi  limfatik  bezlar, 


keyinchalik  boshqa  bezlar  xam  kattalashadi  va  paypaslaganda  og’riqli  bo`ladi. 

Bunga qo`shimcha jigar va taloq kattalashadi, ayrim bemorlarda terida toshmalar 

kuzatiladi. Kasallikni o`zi xos ko`rinishlaridan biri (ayniqsa bolalarda) burun-halqum 

shilliq qavatlarini keskin shishi bilan davom etadi, shuning uchun xam bemorlarda 

nafas  olishni  qiyinligi,  ping’illab  gapirish  kabi  belgilar  paydo  bo`ladi.  Bodomcha 

bezlarida yarali-pardali angina yoki halqum bo`g’masi singari yiringli karashlar xosil 

bo`ladi.  Shuning  uchun  xam  ayrim  xollarda  adashib  halqum  bo`g’masi  tashxisi 

qo`yilib davolanadi.  



 Faringoskopiyada:  mononukleozda  Halqum  shilliq  qavatlarni  keskin  shishi 

kuzatiiladi, halqum bezlari kattalashgan, qizargan yuzalarida difteriya qoplamasiga 

o`xshash karash bilan qoplangan bo`ladi. Bez yuzasidagi karashlar tanglay yoylari, 

kichik  tilga  tarqaladi.  Boshqa  anginalardan  farqi  bu  karashlar  halqumda  uzoq 

muddat (1 oygacha) saqlanib turadi.  

Tashxisda  qonni  umumiy  taxlili  katta  o`rin  egallaydi,  kasallikni  2-3 

kunlaridan leykotsitlarni miqdori ortadi (leykotsitoz) va 7-10 kunlarida eng yuqori 

darajasiga  etadi.  Ortgan  leykotsitlarni  60-80%  o`zgargan  monotsitlar  – 

mononuklearlar tashkil etadi. Tashxisda serologik tekshirishlar xam muxim o`rinni 

egallaydi,  bunda  Paul-Bunnel  reaktsiyasi  musbat  bo`ladi.  Bauer-Goffa  sinamasi 

qonda  maxsus  antigenni  miqdorini  aniqlashda  yordam  beradi.  Kasallik  3-4  xafta 

davom etadi va asta-sekin yallig’lanish jarayoni pasayadi, isitma mo`tadil bo`ladi, 

limfatik bezlalar, kichrayadi, bemorni axvoli yaxshilanadi .  



Davolash:  bemorga  yotib  davolanish  tavsiya  qilinadi  va  vitaminlarga  boy 

suyuq,  iliq  ovqatlar  tavsiya  etiladi.  Ikkilamchi  infektsiyaning  oldini  olish  uchun 

antibiotiklar 

qo`llaniladi. 

Tomoqni 

chayish 


uchun 

dezinfektsiyalovchi, 

burishtiruvchi suyuqliklar tavsiya etiladi, bezni nekrozga uchragan qismlarni 10% li 

kumush  nitrat  eritmasi  bilan  kuydiriladi,  bu  davolarga  qo`shimcha  ravishda 

kortikosteroidlar qo`llaniladi.  

Agranulotsitozda  angina.  Aloxida  nozologik  kasallik  xisoblanmasdan, 

balki qon ishlab chiqarish tizimini turli yuqumli kasalliklar, toksik ta`sirlar, o`tkir 

nurlanishdan so`ng, tsitostatik dorilar qo`llanilganda va Kandida zamburug’i ta`siri 

natijasida paydo bo`lgan reaktsiyasidir. Bu kasallikda qonda leykotsitlarni miqdori 

(  neytrofil  granulotsitlar)  keskin  (0,  5-10  9\l)  kamayib  ketadi.  Klinik  kechishi 

kasallikni  kelib  chiqishiga  qarab  ikki  xilga  birinchisi:  sekin-asta  boshlanadigan 

mielotoksik va ikkinchisi: o`tkir boshlanadigan immunologik turlariga bo`linadi.  

Kasallikni  mielotoksik  turida  boshlanishi  (1-2kun  davomida)  dastlab 

umumiy  quvatizlik,  ishtaxa  va  uyquni  buzilini  sifatida  namoyon  bo`ladi,  keyingi 


kunlarida tana xaroratini keskin ko`tariladi, qaltirash paydo bo`lib, umumiy axvoli 

og’irlashadi,  tomoqda  og’riq,  yutinishni  va  gapirishni  qiyinlagi  paydo  bo`ladi. 

Og’izdan  noxush  xid  kelib,  so`lak  oqadi,  oshqozon  ichak  tizimida  turli  dispeptik 

xolatlar paydo bo`ladi.  

Kasallikni  immunologik  ko`rinishada  yuqorida  keltirilgan  klinik  belgilari 

birinchi  kundan  boshlab  keskin  namoyon  bo`lishi  bilan  ajralib  turadi.  Bemorni 

umumiy  axvoli  og’irlashadi,  tana  xarorati  septik  tus  oladi,  tomoqdagi  og’riq 

kuchvyadi,  bo`g’imlarda  og’riqlar  paydo  bo`ladi,  kuzlarda  sarg’ayish  alomatlari 

ko`rinadi, yuqori isitma natijasida bemorlar alaxsiraydi.  

Faringoskopiyada  tanglay  bezlarida,  kichik  tilda  turli  nekrotik  yarachalar 

paydo  bo`ladi,  bu  yarachalar  to`qimalarni  chuqr  qismilarini  xam  qamrab  oladi. 

Keyingi  kunlarda  nekrotik  yarachalarni  yuzalari  ko`chib  tushadi,  o`rnida  chuqur, 

sekin  bitadigan  yaralar  paydo  bo`ladi.  Shilliqt  qavatlar  qizarib,  shishib  ketadi. 

Kasallikni avjga chiqish davrida og’izni shilliq qavatlariga xamda teri ostiga qon 

quyilishlar kuzatiladi.  

Kasallikni  tashxisida  qon  va  suyak  kemiklaridan  olingan  surtmalarni 

tekshirishlar natijasi muxim o`rin egallaydi.  



Davolash:  Kasallikni  davolashda  keltirib  chiqaruvchi  sabalarni  bartaraf 

etish,  qon  tizimiga  salbiy  ta`sir  etuvchi  dorilarni  qo`llashni  to`xtatish  zarur. 

Tomirga leykotsitar massalar va qon quyiladi, mushak orasiga 5% nuklenat natriy 

eritmasi  5-10  ml  2  maxaldan  yuboriladi.  Bundan  tashqari  gormonal  dorilar  va 

vitaminlar tavsiya etiladi, og’izni turli antiseptik dorilar bilan chayiladi. Kasallikni 

natijasi  ancha  murakkab  bo`lib,  ayrim  xollarda  turli  og’ir  septik  xolatlar  singari 

asoratlar paydo bo`ladi.  

Leykozda angina. Qon tizimidagi eng og’ir kasalliklardan biri xisoblanadi, 

bu  kasallikda  qonda  leykotsitlarni  etilmagan  tanachalari  ko`payib  ketadi. 

Kasallikni asosida xromosomalarni tarkibini tug’ma yoki ortirilgan buzilishi yotadi 

Klinik  kechishi  bo`yicha.  o`tkir  va  surunkali  ko`rinshlari  tafovut  qilinadi, 

ko`proq  yoshlarda  uchraydi.  Kasallikni  og’ir  kechadigan  turi,  o`tkir  leykozni 

mieloz ko`rinishidir. Boshlanishi o`tkir, keskin tana xaroratini ko`tarilishi, (gektik 

ko`tarilishi  kuzatladi)  qaltirash  bilan  boshlanadi.  Tomoqda  og’riq,  yutinishni 

qiyinligi  va  og’izdan  noxush  xid  keladi.  Bemorlarda  umumiy  quvatsizlak,  ko`p 

terlash  kuzatiladi  va  bosh  aylanishi  bezovta  qiladi,  ularda  kuchli  gemorragik 

belgilar,  teri  va  shilliq  qavatlarga  qon  quyilishi,  burundan  qon  ketishi,  ozgina 

jaroxatlardan  xam  uzoq  vaqt  to`tamaydigan  qon  ketadi.  Bodomcha  bezlarini 

yallig’lanishi,  kasallikni  3-5  kunlarida  namoyon  bo`ladi,  limfatik  bezlar 

kattalashadi,  bir  vaqtni  o`zida  jigar  va  taloq  xam  kattalashadi.  Kasallikni  bir 

ko`rinishida  leykotsitlarni  miqdorini  keskin  ko`payib  ketishi  bilan  davom  etsa, 

boshqa  ko`rinishida  aksincha  limfotsitlarni  miqdorini  kesin  kamayib  ketishi  bilan 

kechadi.  



Faringoskopiyada  kasallikni  boshlanishida  tanglay  bezlari  qizaradi  va 

shishgan  bo`ladi,  asta-sekin  yuzalarida  yaralar  paydo  bo`ladi,  keyinchalik  bu 

yaralar  nekrozga  aylanadi,  nekrozga  uchragan  joylar  oqish  yoki  sargimtir-oqish 

rangdagi karash bilan qoplanadi. Bu karashlar bez yuzasidan qiyin ko`chadi, ularni 

ko`chirilganda  uzoq  vaqt,  qon  ketuvchi  yaralar  ochiladi.  Bunday  yaralar  og’iz 


bo`shlig’iga,  tanglayga,  milklarga  tarqaladi  va  tez-tez  qon  ketishi  bilan  davom 

etadi.  


Kasallikni tashxisida qonni va suyak kemigidan olingan surtma taxlili asosiy 

o`rinni  egallaydi.  Qonda  ko`p  miqdorda  yosh  va  atipik  (gematoblast,  mieloblast, 

limfoblast) qon shaklari paydo bo`ladi.  

Bu kasallikda natija ko`pincha o`lim bilan yakunlanadi.  

Davolashda  asosan  tsitostatik  (atleran,  dopan),  korotikosteroid  dorilar 

qo`llaniladi,  xamda  leykotsitar  massa  va  qon  quyiladi,  rentgen  nurlari  bilan  ta`sir 

ettiriladi.  Xozirgi  kunda  yaxshi  naf  beradigan  davolash  usullaridan  biri  suyak 

kemigini  ko`chirib  o`tkazish  xisoblanadi.  Ikkilamchi  infektsiyani  oldini  olish 

uchun antibiotiklar va fungostatik dorilar qo`llaniladi.  

Bundan  tashqari  ayrim  yuqumli  kasalliklarda  tanglayda  va  tanglay 

bezlarida  xam  anginaga  xos  yallig’lanishlar  kuzatiladi.  Buni  bilishni  axamiyati 

shundaki  angina  tashxisini  qo`yib  davolab,  boshqa  asosiy  yuqumli  kasalliklarni 

o`tkazib  yubormaslik  kerak.  Bunday  yuqumli  kasalliklarga  quydagilar  kiradi: 

Bo`g’ma  (diftereya),  qizilcha  (skarlatina),  ich  terlama  va  boshqalar.  Bu 

kasalliklarni tashxis qo`yishda o`ziga xos klinik belgilari va laborator tekshirishlar 

natijalariga asoslanadi.  

  

HALQUM BO`G’MASI (DIFTERIYA)  

 

Halqum bo`g’masi o`tkir yuqumli kasallik xisoblanib, qo`zg’atuvchisi Klebsa-

Lefflera  (Cornybacterium  diphterie)  xisoblanadi.  Kasallikda  90-95  %  xolatlarda 

halqumni  yallig’lanishi  bilan  va  tanglay  bezlarida  anginaga  xos  o`zgarish  bo`lishi 

bilan kechadi.  

Klinik  kechishi  bo`yicha  chegaralangan,  tarqalgan  va  toksik  turlariga 

bo`linadi.  chegaralangan  turi  o`z  yo`nalishida,  kataral,  orolcha  (bez  yuzida 

chegaralangan 5-6 mm xajmda qoplamalar xosil bo`lishi bilan kechadi) va karashli-

qoplama  (bez  yuzasini  to`liq  qoplab  oluvchi  karash  xosil  bo`ladi)  paydo  bo`lishi 

ko`rinishda  kechadi.  Kasallikni  kataral  turi  asosan  emlangan  bolalarda  uchrab, 

kataral angina kabi, qoplama va karashlar xosil bo`lmasdan engil kechadi. Qolgan 

barcha  turlarida  bo`g’maga  xos  halqumda  va  bodomcha  bezlarda  karashlar  xosil 

bo`lib davom etadi.  



Halqum  bo`g’masini  klinik  kechishida-  Kasallik  sekin-asta  klinik  belgilarni 

namoyon bo`lishi bilan boshlanadi. Birinchi navbatda intoksikatsiya belgilari paydo 

bo`ladi,  bemorlar  kam  kuvvat,  rangi  oqargan,  lanj  bo`lib  qoladi,  ammo  tana 

xarorati  yuqori  bo`lmasligi  mumkin,  vaqt  o`tishi  bilan  intoksikatsiya  kuchayadi. 

Keyinchalik tomoqda og’riq, tana xaroratini yuqoriga ko`tarilishi va bez yuzalarida 


qoramtir-kulrang karashlar paydo bo`ladi. Asta-sekin bu karashlar kattalashib bez 

yuzini  to`liq  qamrab  oladi  va  tashqariga,  tanglay  yoylariga,  kichik  tilga,  halqumni 

orqa  devoriga  tarqaladi.  Kasallikni  eng  og’ir  kechishi,  bu  bergan  asoratlaridir, 

ya`niy  toksik  miokardit,  kichik  tilni  falajligi,  nefrit  va  boshqa  a`zolarga  tez 

tarqalishidir.  

Faringoskopiya:  Qizarib  shishgan  tanglay  shilliq  qavatlarda  va  bezlar 

yuzasida  avval  katta  bo`lmagan  qalin  qoramtir-kulrang  karash  xosil  bo`ladi, 

keyinchalik  bu  karashlar  bez  yuzasidan  tashqariga  tanglay  yoylari,  kichik  til  va 

halqumni  orqa  devorlariga  xam  tarqaladi.  Bez  yuzasidagi  bu  karashlar  qiyin 

ko`chadi  va  ko`chirish  vaqtida  bez  yuzasida  qonab  turuvchi  yara  xosil  bo`ladi. 

Bo`yin lifatik tugunlari kattalashgan, og’ir xolatlarda buyin yumshoq to`qimalarini 

shishi kuzatiladi.  

 

Rasm 8. Halqum bo`g’masi 

Halqum  bo`g’masini  lakunar  anginadan  farqi  agar  follikulyar  anginada 

jarayon  doimo  ikki  tomonlama  bo`lsa,  bo`g’mada  ayrim  xollarda  jarayon  bir 

tomonlama bo`lishi mumkin. Lakunar anginada bez yuzasidagi qoplama ok-sargish 

rangda,  engil  ko`chuvchi  va  to`qimalar  yuzasi  o`zgarmagan  bo`ladi.  Bo`g’madagi 

karash  tog’ay  singari  qattiq  bo`ladi,  to`qimalardan  qiyin  ajraladi.  .  Kasallikni 

kechishida  difteriyaga  gumon  qilinsa  darxol  bez  yuzasidan  surtma  olinib 

bakteriologik  tekshirish  o`tkaziladi.  Agar  surtmada  Klebsa-Lefflera  tayoqchalari 

aniqlansa,  bemor  darxol  yuqumli  kasalliklar  bo`limini  aloxida  ajratilgan  xonasiga 



yotqizilab  davolanadi.  Davolashda  difteriyaga  qarshi  zardob  Bezredka  usulida 

kiritiladi, bundan tashqari simptomatik davolar qo`llaniladi.  



Skarlatinada  (kizilcha)  angina.  O`tkir  yuqumli  kasallik  bo`lib,  chaqiruvchisi 

streptokokklar  xisoblanadi.  Qizilcha  bilan  asosan  yosh  bolalar  (2-10  yosh) 

kasallanadi.  Kasallik  bemorlardan  xavo-tomchi  yo`l  bilan  tarqaladi.  Boshlanishida 

tomokda  angina  singari  o`zgarish  bilan  kechadi.  Klinik  kechishi  bo`yicha  engil, 

o`rtacha og’ir va og’ir turlari mavjud. Tomoqdagi o`zgarish kasallikni klinik turlari 

mos ravishda kataral yallig’lanishdan boshlanib nekrotik o`zgarishlargacha bo`lishi 

mumkin.  

Kasallikni  belgilari  -Kasallik  o`tkir  boshlanadi,  bemorlarda  tana  xarorati 

keskin  ko`tariladi,  ko`gil  aynib  qayt  qiladi,  ichi  tez  o`tadi  va  umumiy  axvoli 

og’irlashadi.  Bemorlar  tomoqni  quruqshab  qolishi  va  kuchayib  boruvchi  og’riqga 

shikoyat qiladi. Intoksikatsiya kuchayib borishi natijasida, tana xarorati ko`tariladi, 

tomir  urish  va  nafas  olish  tezlashadi  bemorlarda  vaxima  va  qo`rqinch  xissiyotlari 

paydo bo`ladi, loxas bo`lib, uyqu va ishtaxa buziladi.  



 Bemor ko`rilganda lunjlari qizargan (arterial to`laqonlik xisobiga), yanoqlari 

to`q  qizil,  ammo  burun-lab  uchburchagi  oq  rangda  bo`ladi,  bunday  xolatni 

“skarlatinaga  xos  niqob”  deyiladi  (birinchi  marotaba  bu  belgilar  N.  F.  Filatov 

tomonidan yozilgan).  

 Kasallikni  boshlanishida  qattiq  tanglayda,  tanglay  yoylari,  kichik  til,  bezlar 

yuzasida,  atrof  to`qimalardan  keskin  chegaralangan,  qizarib  shishga  skarlatinaga 

xos  toshmalar  kuzatiladi,  bunday  toshmalarni  “skarlatina  enantemasi”  deb 

yuritiladi (toshmalarni shunday to`q qizil rangdaligi uchun kasallikni skarlatina deb 

nomlangan yoki italiyan tilida skarlatum - to`q qizil degan so`z). Bodomcha bezlari 

kattalashgan va to`laqonlik xisobiga qizargan. Til qalin oq karash bilan qoplangan, 

qirg’oqlari esa qizargan bo`ladi. Kasallikni yorqin namoyon bo`lgan davrida, bo`yin 

terisida,  tanada  va  oyoq-qo`llarda  mayda,  qizil  rangli  bo`rtmali  toshmalar  paydo 

bo`ladi. Bo`yin va jag’ osti lifatik tugunlar kattalashgan, ushlab ko`rilganda org’iqli 

bo`ladi.  Kasallikni  keyingi  kunlarida  bunday  o`zgarishlar  boshqa  joylarda  yo`qolib 

faqat bezlarda qoladi. Bodomcha bezlaridagi o`zgarishlar kasllikni og’ir kechishida 

kataral  xolatdan  yarali-nekrotik  xolatgacha  o`tishi  mumkin.  Bemorga  tashxis 

qo`yilgandan  so`ng  darxol  atrofdagilardan  ajratiladi  va  yuqumli  kasalliklar 

klinikasiga  yotkizilib  davolanadi.  Davolashda  keng  ta`sir  doirasiga  ega  bo`lgan 

antibiotiklar, sul`fanilamid preparatlari va antigistamin dorilar qo`llaniladi.  


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling