Halqumning o`tkir va surunkali kasalliklari o`tkir va surunkali faringitlar
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - мавзу 5d859023fcb32383a497288d282562c5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarali-pardali (Simanovskiy-Vensen anginasi) angina.
- Kasallikni belgilari
- Faringoskopik o`zgarishlar
- Zamburugli angina (Kandidoz).
- Anginalarni asoratlari.
- Paratonzillyar abstsess
- Laterofaringial abstsess
- Halqum orti abstsessi (Retrofaringial abstsess).
Faringoskopiyada yallig’lanish jarayoni kuchli bo`lganligi natijasida bemorlarda chaynash mushaklarini qisman trizmi rivojlanganligi uchun og’izni to`liq ochish chegaralangan. Yalig’langan bezlar atrof to`qimasi bilan keskin qizarib shishganligi va tilcha tomonga surilganligi sababli Halqumga kirish qismi to`silib qolgan. Yumshoq tanglayni xarakati keskin chegaralangan, shuning uchun xam bemorlarda ochiq pinqilik va ichilgan suyuq ovqat burundan oqib chiqishi kuzatiladi. . Regionar limfa bezlari kattalashgan va og’riqli bo`ladi. Bo`yinni xarakati tomoqdagi og’riqni kuchaytirganligi sababli bemorlar boshini burish uchun butun gavdasini burishadi.
Davolash: Abstsess to`liq shakillangan bo`lsa, avval bezni shishgan joyidan Kulikov ignasi shpritsga kiydirilib punktsiya qilib yiring so`rib olinadi, so`ngra punktsiya qilingan joydan abstsess uchi o`tkir zajim bilan kengaytirilib barcha yiring chiqarib tashlanadi. Keyingi davolash boshqa anginalarni dovolagandak (antibiotiklar, isitma tushiruvchi, og’riq qoldiruvchi va antigistamin dorilar) olib boriladi. Agar yallig’lanish jarayoni qaytalanib, abstsess xosil bo`lishi davom etsa, unday xolda davolashni bir tomonlama tonzillektomiya qilishdan boshlanadi. Bunday usulda olib borilgan abstsess tongzilektomiya yalig’lanish jarayonini tez bartaraf qilib, bemorni axvolini yaxshilashga olib keladi. Ammo ba`zan qon ketishi kabi asoratlarni xisobga olish zarur. Xaqiqiy bezoldi abstsessini, epiteliy ostida xosil bo`ladigan sarg’imtir rangli retentsion kistalardan farq qilish kerak. Bunday kistalarda yallig’lanish jarayoni o`tkir kechmaydi, bemorni umumiy axvoli qoniqarli va tana xarorati doimo mo`tadil bo`ladi. Gerpetik angina: Bu anginani qo`zg’atuvchisi adenovirus Koksaki A xisoblanadi. Kasallikni klinik kechishi qish va baxorda sporadik ko`rinishda, yoz va kuzda esa epidemik ko`rinishga bo`ladi. Gerpetik angina ko`pincha bolalarda asosan kichik yoshdagilarda uchraydi. Inkubatsion davri 2-5 kun ba`zan 2 xaftagacha davom etadi. Kasallik kontakt yo`l bilan tarqalishiga moyil. Boshlanishi o`tkir bo`lib, tana xarorat 38-40 S darajag’a ko`tariladi, yutinganda tomoqda kuchayadi, ishtaxa va uyqu buziladi, bemor loxas bo`lib, bosh og’riydi, qorin muskullarida og’riq paydo bo`ladi, qayt qilish va ich ketishi kuzatiladi, umumiy axvoli og’irlashadi. Qonda biroz leykotsitoz, ko`pincha ozgina leykopeniya va SOE tezlashadi. Ayrim xollarda bolalarda kasallik seroz meningit kabi asorat beradi. Faringoskopiyada kasallikning birinchi soatlarida halqum shilliq pardasida diffuz qizarish ko`zga tashlanadi. Yumshoq tanglay, til yoychalarida va qisman bezlarda va halqumning orqa devorida uncha katta bo`lmagan qizg’ich pufakchalar ko`rinadi, 3-4 kundan so`ng pufakchalar yoriladi va oz miqdorda shilimshiq ajralmalar chiqadi. Ayrim xollarda pufakchalar yorilmasdan qayta so`riladi va shilliq parda odatdagi xolatiga keladi. Davolash boshqa anginalarni davolangandek olib boriladi.
qo`zg’atuvchisi tuksimon tayoqcha va og’iz bo`shlig’idagi saprofit spiraxeta
simbiozi xisoblanadi. Bu tayoqchalar ko`pincha sog’lom kishilarning og’iz bo`shlig’ida saprofit xolatda uchraydi. Simanovskiy-Vensen anginasi nisbatan kam, sporadik xolda uchraydi. Biroq urush va ta`biy ofatlar yuz bergan yillarda kasallik ko`p uchragan va og’ir kechgan, buning sababi ijtimoiy xayot tarzi yomonlashib insonlarda ximoya quvvatlari pasayishi xisobiga kasallikni avj olishidir. Bundan tashqari kasallik asosan ikkilamchi yo`ldosh kasalliklari bor, kam quvvat, ozg’in, vitaminlar etishmovchiligi bor va immunologik qobilyati pasaygan odamlarda xam ko`proq uchraydi.
borligiga o`xshash sezgidan, og’izdan sassik xid kelishidan, ko`p so`lak ajralishidan shikoyat qiladilar. Tana xarorati odatda mo`tadil bo`ladi, uning ko`tarilishi esa asoratlar paydo bo`lganidan darak beradi. Yallig’langan murtak tomonidagi regionar limfatik tugunlar kattalashadi, paypaslaganda og’riq seziladi. Kasallikni klinik belgilarini keskin namoyon bo`lmasligiga qaramay, bemorlarda umumiy intoksikatsiya belgilari yaqqol ko`zga tashlanadi. Yutinishda odatda og’riq bo`lmaydi. Kasallik bir xaftadan uch xaftagacha davom etadi. Ayrim xollarda esa bir oygacha cho`zilishi mumkin. Kasallikni klinik belgilari keskin namoyon bo`lmasligi sababli, ayrim xollarda bemorlar deyarli vrachlarga murojat etishmaydi va davolanmaydilar. Ko`pincha bunday bemorlarni umuiy tibiy ko`riklar o`tkazilayotganda tasodifan aniqlanadi. Faringoskopik o`zgarishlar: jarayon ko`pincha bir tomonlama bo`lib, bez yuzasida chuqur bo`lmagan, qirg’oqlari notekis, nekrozli yara ko`rinadi, yara yuzi esa sarg’imtir, engil ko`chuvchi yiringli parda bilan qoplangan bo`ladi. Tashxisni klinik belgilariga va qoplamadan olingan surtmada spiroxetani bo`lishligiga asosan qo`yiladi. Qonda engil leykotsitoz va SOE tezlashgan bo`ladi.
yarani antiseptik dorilar shimdirilgan tampon orqali extiyotlik bilan nekrozdan tozalanadi, og’iz bo`shlig’ini kuniga 5-6 maxal furatsilin eritmasi (1:5000 ) yoki shalfey va romashka damlamasi bilan chayiladi. Yara yod yoki kumush nitrat (5% yoki 10%) eritmasi bilan surtiladi, bundan tashqari yara yuzasiga neosal’varsan, novarsenol surtish yoki sepish bir muncha yaxshi foyda beradi. Kasallik og’ir kechganda venaga novarsenol yuboriladi (0, 3-0, 4 g) xamda spiroxetalarga qarshi ta`sir ko`rsatadigan penitsillin ishlatiladi. Zamburugli angina (Kandidoz). Asosan kichik yoshdagi bolalarda, ko`p antibiotiklar, kortikostenroidlar, tsitostatiklar qo`llanilganda va immunologik quvvatlari past odamlarda uchraydi. Kasallik o`tkir boshlanadi, tana xarorati 37, 5- 37, 9S gacha ko`tarilishi bilan kechadi. Klinik ko`rinishi boshqa anginalarga qaraganda kam namoyon bo`lishi bilan davom etadi. Bemorlarni tomoqda og’riq, yutinishni qiyinligi, umumiy quvvatsizlik bezovta qiladi. Bez yuzalarida kandidozga xos karashlar xosil bo`lganligi uchun xam bemorlarni tomoqda yot jism borligi xissiyoti bezovta qiladi. Oddiy anginalardan farqli, kandidozli anginadagi yiringli ajralmalar oq rangda, tvorog qoldiqlarini eslatadi. O`z vaqtida va oxirigacha olib borilmagan davolash kasallikni tez kunlarda yana qaytalanishiga sabab bo`ladi.
mayda va tiniq, tvorogsimon ko`rinishidagi, engil ko`chuvchi, nuqtasimon ajralmalar ko`rinadi. Bunday koplamalar sekin-asta kattalashib qo`shilib qoplamalar xosil qiladi. Agar davolashni o`z vaqtida o`tkazilsa kasallikning 5-7 kunida boshlab bunday ajralmalar yo`qolib bez tozalanadi. Kasallik avj olganda regionar limfatik tugunlar kattalashadi, tana xarorati ko`tariladi, bemorni axvoli og’irlashadi. Tashxisda bez yuzasidan olingan surtmani bo`yalmagan xolda, mikroskop ostida ko`rilsa, kandida blastosporlarini faol bo`linayotganligi ko`zga tashlanadi.
disbakterioz rivojlanish xisobiga paydo bo`ladi. Shuning uchun davolashni bu dorilarni qo`llashni to`xtatishdan boshlanadi. So`ngra organizmning umumiy ximoya qarshiligini kuchaytirish, vitaminlar gruppasidan V, S, K qo`llash, kuniga 500000 TB dan nistatinni 3-4 marta 2 xafta davomida ichirshga buyuriladi. Jaroxatlangan bez yuzalari anilinli bo`yoqlar – metilbinafsha va genntsian binafshaning 2% li suvdagi yoki spirtagi eritmasi maxaliy surtiladi va bundan tashqari, 5-10% li kumush nitrat eritmasi yoki 2-5% li natriy gidrokarbonat yoki Lyugol’ eritmasi surtiladi. Tomoqni ni kuniga 5-6 marotaba 1:10000 nisbatdagi xinazol eritmasi bilan chayiladi.
vaqtida yoki kasllikdan bir necha kun o`tgandan so`ng namoyon bo`lishi mumukin. Asoratlar maxalliy va umumiy ko`rinishga ega bo`ladi, maxalliy asoratlari
paratonzillit, paratonzillyar abstsess, laterofaringial abstsess, tonzillogen mediastenit va tonzillogen sepsis, bo`yin flegmonasi sifatida ko`rinishga ega bo`ladi. Umumiy asoratlardan revmatizm, revmatik poliarterit, nefrit, xoletsistit va meningitlar uchraydi. Oxirgi keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda inson tanasida anginalar bilan bog’liq bo`lgan 100 dan ortiq kasalliklar mavjudligi aniqlangan. Asoratlarni eng ko`p uchraydigan turi bu paratonzillitdir. Paratonzillit va paratonzillyar abstsesslar anginani ko`p uchraydigan asoratlari qatoriga kirib, Lor kasalliklarini 12, 5% salmog’ini tashkil qiladi. Paratonzillit so`zi kasallikning moxiyatini to`liq aks ettiradi, chunki bunda bezdagi yallig’lanish jarayoni bez oldi to`qimalariga tarqalishi va bu joyda yallig’lanish infil’trati xosil bo`lishi bilan kechadi. Angina vaqtida makroorganizmini ximoya faoliyati pasayishi yoki mikroorganizmni virulentligi yuqori bo`lganda, infektsiyani bez oldi to`qimalariga o`tishi natijasida paratonzillit rivojlanadi. Ba`zan paratonzillitni rivojlanishi bezni yuqori qismida, kapsulasidan tashqarida joylashgan shilishshiq ishlab chiqaruvchi Veber bezlarini yalig’lanishidan, yoki shu joydagi qo`shimcha bezni yallig’lanishi natijasida rivojlanishi mumkin. Ayrim xollarda partonzillit odontogen –yallig’langan tishlardan infektsiyani tarqalishini xisobiga paydo bo`ladi. Anginadan so`ng xosil bo`lgan bunday infil’tratlar o`z vaqtida o`tkazilgan davolash natijasida sekin-asta qayta so`rilib ketishi yoki jarayon kuchayib paratonzilyar abstsessga o`tishi mumkin. Kasallik askariyat yoshlarda( 15- 30 yosh) ko`p uchraydi. Klinik-morfologik nuqtai nazardan paratonzillitni rivojlanishi ketma-ket kechadigan uch bosqichdan iborat bo`ladi:ya`niy shish, infil’tratsiya va abstsess xosil bo`lish.
Yallig’lanish jarayonni joylashishi bo`yicha oldingi (oldingi tanglay yoyi va bez orasida), orqangi (orqa tanglay yoyi va bez orasida), yuqorgi (tanglay yoylarini yuqorgi birlashgan -supratonzillyar qismida) va pastki (bezni pastki qismi bilan halqumni yon devori orasida) turlari tafovut qilinadi. Klinikada asosan 70% xolda oldingi va yuqorgi turlari, ikkinchi o`rinda 20% orqangi va qolgan xollarda pastki 7%, lateral 3% ko`rinishi uchraydi. Klinik kechishi bo`yicha eng kam uchraydigon lateral turi og’ir xisoblanadi, chunki boshqa turlariga qaraganda, abstsessni o`z- o`zidan yorilib yiringni chiqishi deyarli kuzatilmaydi. Tonzilogen paratonzillitlar odatda tonzillitning navbatdagi xuruji tugagandan so`ng, bir necha kundan keyin yoki yallig’lanish jarayoni davrida rivojlanadi. Kasallikni boshlanishiek o`tkir bo`lib, anginaga xos yallig’lanish belgilari pasayib bemorni axvoli bir oz yaxshilanib turganda, birdaniga bemorni xarorati keskin ko`tariladi (39-40 S), tomoqda og’riq kuchayadi, jag’ mushaklarini trizmi paydo bo`lib, yutinish qiyinlashadi, og’izdan so`lak oqadi, umumiy axvoli og’irlashadi. Mushaklarni trizimi paratonzillitni infil’trativ ko`rinishidan, abstsess xoli bo`lish davriga o`tganligidan darak beradi. Og’riqni kuchli bo`lishi xisobiga bo`yin yallig’langan tomonga qiyshayib qoladi, bemor biror tomonga qarash uchun butun gavda bilan burilishga majbur, og’izdan noxush xid keladi. Yallig’lanish xisobiga kichik til falajlanib ovoz ping’illab chiqadi, ichayotgan suyuqlikni bir qismi burun orqali qaytib chiqadi. Bemorni rangi oqarib, sovuq, yopishqoq ter bilan qoplanadi. Mushaklar trizmi xisobiga og’izni ochish qiyin va og’riqli bo`ladi, shuning uchun xam faringoskopiya o`tkazish qiyin bo`ladi. Ko`rilganda bezni bir tomoni, bez oldi to`qimalari bilan keskin qizarib shishigan bo`ladi va oldinga bo`rtib kichik tilni sog’ tomonga surib qo`yadi. Abstsess to`liq shakillanganda, bo`rtgan joyni markazi oqarib qoladi. Til sarg’imtir karash bilan qoplanadi, og’iz bo`shlig’i so`lak bilan to`lgan bo`ladi. Jag’ osti va bo`yin limfatik tugunlari kattalashgan va og’riqli bo`ladi. Qonda leykotsitoz va SOE tezlashgan . Agar davolash muolijalari o`z vaqtida boshlansa infil’trat qayta so`rilib, bemorni axvoli yaxshilanadi. Agar o`tkazilgan dovolardan naf bo`lmasa yallig’lanish jarayoni kuchayib paratozillyar, parafarengial abstsesslar, tonzillagaen mediastenit va tonzillogan sepssis kabi og’ir asoratlar paydo bo`ladi. Kasallikni davolash keng doirada ta`sir etuvchi antibiotiklar, isitma tushiruvchi, antigistamin va degidrotatsiya qiluvchi dori moddalari qo`llash bilan olib boriladi. Paratonzillyar to`qimaga antibiotklarni in`ektsiya qilib yuborish yaxshi natija beradi. Maxalliy davolashda antibakterial va og’riq qoldirish xususiyatiga ega bo`lgan loroben preparati kuniga 5-6 maxal sepish uchun tavsiya qilinadi, so`rish uchun tarkibi dorivor o`simliklardan iborat tonzipret preparati, tomoqni antibikterial dorilar bilan chayish va bo`yinga spirtli kormpresslar qo`llash davolashni samarasini oshiradi.
to`qimalari atrofida xosil bo`lgan infil’tratni yiringli yallig’lanishga aylanishi bilan davom etadi. Yuqorida keltirilgan klinik belgilarni kuchayishi - tomoqda og’riq, keyinchalik bu og’riq kuchayadi va doimiy bo`ladi. So`lakni yutishga xarakat qilinganda og’riq zo`rayadi shunging uchun xam bemorlar iloji boricha
yutinmaslikka xarakat qiladi natijada og’izdagi so`lak lablarni bir chetdan oqib turadi, ovqat yutish qiyinlashadi, og’izdan noxush xid keladi. Bosh og’rig’i paydo bo`ladi, butun tana zirqirab og’riydi, tana xarorati yuqoriga ko`tariladi. chaynov mushaklarini tirizmi paydo bo`ladi, natijada og’izni to`la ochishni iloji bo`lmaydi, yallig’lanish natijasida kichik tilni xarakati chegaralanib qoladi, shuning uchun xam tovush pingillab qoladi va ichilgan suyuq ovqatni bir qismi burunda qaytib chiqadi. Halqum mushaklarini yallig’lanishi va bo`yin limfadeniti xisobiga boshni burganda bo`yinda va tomoqdagi og’riq kuchayadi shuning uchun bemor boshini yallig’langan tomonga egilgan xolda ushlaydi va kerak bo`lganda boshini burishi uchun butun gavdasi bilan buriladi.
Rasm 6. Paratonzillyar abstsessni yorish Faringoskopiyada: chaynash mushaklarini tirizmi tufayli og’izni ochish keskin chegaralangan va og’riqli shuning uchun xam ogiz 1-1, 5 sm ochiladi. Yumshoq tanglayning yallig’langan tomoni, bodomcha bezni va tanglay yoylarining yuqorisi bilan birga sharsimon ko`rinishida shishigan, uning satxi qizargan va taranglashgan ko`rinishda. Shishgan tanglay yoylari bezni to`liq berkitib qo`yadi, kichik tilcha qarama-qarshi tomonga siljigan. Til qalin karash bilan qoplangan, ajralayotgan so`lak yopishqoq bo`lib qoladi. Ko`proq bo`rtib chiqqan soxada flyuktuatsiya aniqlanadi, shishni markazi yiring to`planganligi xisobiga oqarishib qoladi. Agar abstsessni o`z vaqtida yorib
yiringini chiqarilmasa, keyinchalik yiring supratonzillyar chuqurchadan yoki oldingi tanglay yoyidan yorib chiqadi. Abstsess etarli darajada ochilib yiringni to`liq chiqishini ta`minlash xisobiga kasallikning xamma klinik belgilari keskin pasayib, bemorni axvoli yaxshilanadi. Konda leykotsitlar soni 1 mkl da 10x10 3 -15x10
3 gacha
ko`tariladi va qon formulasi chapga siljiydi, eritrotsitlarning cho`kish tezligi ortadi. Kasallikni qiyosiy tashxisida bodamcha bezini raki, sarkomasi va boshqa bir qator o`sma kasalliklarni istisno qilish kerak, bu kasalliklar odatda o`tkir klinik belgilar (tana xaroratining ko`tarilishi, tomoqda qattiq og’riq) bilan boshlanmaydi. Davolash: Bemorlar kasalxonga yotqizilib davolanadi. Ularga suyuq iliq ovqatlar va ko`p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Maxalliy issiq muolijalari qo`llaniladi, buning uchun bo`yinga spirtli bog’lovlar (xar 3 soatda yangilinishi zarur) qilinadi, tomoqni iliq moychechak yoki shalfey damlamasi bilan kuniga 5-6 maxaldan chayiladi. Isitma tushiruvchi, og’riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dorilar tavsiya qilinadi. Yallig’lanish jarayoni kuchayib, og’riq zo`raysa bo`yin terisi orasiga regionar yoki vagosimpatik novokainli blokada qilinadi. Paratonzillyar abstsessni barcha bosqichlarida antibakterial dorilar qo`llaniladi. Agar bemorda yutinish jarayoni engil bo`lsa, sul’fanilamidlar va antibiotiklarni ichishga buyuriladi. Og’ir xollarda antibiotiklar muskul orasiga yoki tomir ichiga yuboriladi. Paratonzillyar abstsess to`liq etilgandan so`ng (3-6 kun ichida) o`zini yorilishini kutmasdan yiringni yorib chiqarish lozim. Aksincha agar abstsess o`zicha yorilsa xosil bo`lgan kichik teshikdan yiring tez ajralib chiqishini iloji bo`lmaydi. Abstsessni yorish ba`zan og’riqsizlantirmasdan yoki halqumga 5-10 % li kokain eritmasi yoki 2% dikain eritmasidan sepilgandan so`ng eng bo`rtib turgan joyidan kesiladi va uchi o`tmas zajim bilan (bu yo`l og’riqli bo`lishiga qaramay) yara kengaytiriladi. Abstsessni skalpel’ bilan yorishda, kesish chuqurlini 1-1, 5 sm. dan oshmaslik zarur, ask xolda bo`yindagi yirik qon tomilari (uyqu arteriyasi) jaroxatlanishi mumkin. Ayrim klinikalarda paratonzillitning infil’trativ yoki abstsessli ko`rinishiga tashxis qo`yilgandan so`ng, agar bemorni kasallik tarixida surunkali tonzillit shakillangan bo`lib, yilda bir necha marotaba angina shaklida qaytalinib, ba`zan paratonzillit bilan asoratlanib turadigan bo`lsa, bemorga tonzilektomiya qilish maslaxat beriladi. Ba`zan bemorlar anamnezida angina bo`lmasa-da, ammo paratonzillyar abstsess paydo bo`lib, jarayon yon tomonda joylashib va uni yorib yiringni chiqarishni iloji bo`lmasa, kasallik uzoq davom etib turli xayot uchun xafli asoratlarga (tonzillogen sepsis, halqum orti abstsessi, bo`yin flegmonasi, mediastint) gumon qilinsa, bunday xollarda xam tonzilektomiya qilish tavsiya etiladi. Bu usulni afzalligi shundaki, yiringli o`choqning qaerda joylashishidan qat`iy nazar faqat, paratonzillitdan emas, balki surunkali tonzillitdan xam tez sog’ayishni ta`minlaydi. Bunday muolijalarni bemorlar yaxshi o`tkazadilar. Laterofaringial abstsess paratonzillyar abstsessni bir ko`rinishi bo`lib kam uchraydigan turiga kiradi, bunda yiring bez oldi to`qimasini yon qismida joylashib, klinik kechishi va davolashi paratonzillyar abstsess kabi davom etadi. Kasallikni o`z vaqtida tashxis qo`yish ancha mushkil, chunki klinik belgilari ko`proq tish va milk kaslliklariga o`xshasha bo`ladi. Shuning uchun xam bu bemorlar uzoq vaqt, turli tashxislar bilan stomatologlarda davolanadilar. Kasallikni ikkinchi muxim tomoni kamdan-kam xollarda abstsess o`z-o`zidan yoriladi.
asosan 3-4 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi va bunga sabab bu yoshdagi bolalarda halqumni yutqin muskullari fastsiyasi va umurtqa oldi fastsiyasi oralig’ida yumshoq qo`shuvchi va limfoid to`qima bo`ladi, shu to`qimalarning yiringli yallig’lanishi halqum orti abstsessiga olib keladi. Yosh o`tgan sari bu yumshoq to`qimalar so`rilib o`rniga qo`shuvchi to`qima egallaydi, shuning uchun xam katta yoshdagilarda bu kasallik uchramaydi. Infektsiya asosan burun, burun yondosh bo`shliqlari va halqumni surunkali kasalliklarida limfa yo`llari orqali o`tadi yoki jaroxatdan so`ng itkkilamchi yallig’lanishi shaklida namoyon bo`ladi. Yoshi katta odamlarda uchraydigan halqum orti «sovuq» abstsessi, asosan bo`yin umurtqasini sili yoki zaxmida kuzatiladi. Bu kasalliklarda to`qimalarni yallig’lanishi uzoq vaqt davom etib, joylarda abstsesslar shakillanadi. Bunday abstsess atrofida o`tkir yallig’lanish jarayoni kechmaydi, bemorni axvoli keskin yomonlashib, tana xaroratini ko`tarilishi kuzatilmaydi, shuning uchun xam uni sovuq abstsess deb yuritiladi. Kasallikni dastlabki belgilari xosil bo`lgan abstsessni joylashgan o`rniga va xajmiga bog’liq bo`ladi. : odatda bemor yutinganda tomoqda qattiq og’riq paydo bo`ladi, nafas olish va ovqat luqmasini o`tishi qiyinlashadi. Bola ovqat eyishni istamaydi va uyqusi buziladi, notinch va ko`p yig’laydigan bo`lib qoladi. Tana xarorati 38-39 S gacha ko`tariladi, ba`zan subfebril bo`ladi. Abstsess burun- halqumga yaqinroq joylashgan bo`lsa, burundan nafas olish qiyinlashadi, bemor ping’illab gapiradi va tovushning jarangdorligi pasayadi. Yiringli jarayon halqumning o`rta qismida joylashgan bo`lsa, tovush bo`g’ik, nafas olish shovqinli bo`ladi va bemor uxlaganda xurrak tortadi. . Abstsess halqumning pastki halqumni xiqildoq qismiga tarqalgan bo`lsa, bemor bo`g’iladi va nafas etishmasligi natijasida ko`karish xurujlari kuzatiladi. Bu esa xiqildoqqa kirish qismining torayishi, qizilo`ngach va kekirdak qisilishiga olib kelishi mumkin. Regionar limfatik tugunlarning reaktsiyasi odatda, unchalik kuchli bo`lmaydi, ayrim og’ir xollatlarda infektsiya limfatik tugunlar o`tib yallig’lanish keltirib chiqarganda, ular shishib og’rishi paydo bo`ladi, natijada bemor boshini majburiy xolatda bir tomonga egilgan xolda tutib turishga majbur bo`ladi.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling