Hamda feodal
Download 22.91 Kb.
|
Microsoft Word Document (15)
Adam Smit iqtisodchi va faylasuf, ingliz buijua klassik siyosiy iqtisodi namoyandasidir. 1759- yilda A. Smitning «Ma’naviy tuyg'ular nazariyasi» kitobi, 1776- yilda esa uning asosiy asari — «Xalqlar boyligining kelib 103 chiqishi va sabablari xususidagi tadqiqot» kitobi nashr etildi. A. Smitning ushbu asari jahon ilm-u fani xazinasidan munosib o‘rin egalladi. A. Smitning shaxsiyati va uning dunyoqarashlari butun xo‘jalik faoliyatini (ustaxonaning joylashuvi, ishchi va shogirdlar soni, ishlab chiqarish va sotish ruxsat etilgan mahsulot hajmi) qat’iy reglamentlashtirish xos bo‘lgan, tobora kuchsizlanib va yo'qolib borayotgan feodal ishlab chiqarish bilan har qanday tashqi (hamda feodal) cheklovlardan holi bo'lgan istalgan ishlab chiqarishning erkinlikka intilishi xos bo‘lgan burjua tovar ishlab chiqarish o'rtasidagi kurash avjiga chiqqan davrda shakllandi. U jamiyatning olg‘a siljishini kafolatlaydigan ilg‘or harakat bo‘lib, shu paytda industrial (mashinalar yordamida) ishlab chiqarish dunyoga kelayotgan edi. Moddiy ne’matlar fuqarolar, aholining eng oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun ham kifoya qilmas, nomoddiy ishlab chiqarish (ta’lim, madaniyat, san’at, xizmat ko‘rsatish) esa jamiyat miqyosida hali jiddiy o‘rin egallamagan edi. A. Smit XVIII asr sanoat buijuaziyasi ilg‘or rol o‘ynagan davrda uning mafkuraviy yetakchisi bo‘ldi va uning tadqiqotlari tufayli siyosiy iqtisod iqtisodiy bilimlar tizimigina bo‘lib qolmay, iqtisod to‘g‘risidagi nisbatan tekis ishlangan iqtisodiyot faniga aylandi. A. Smit kapitalistik tovar ishlab chiqarish yo'lida to‘g‘anoq bo'layotgan merkantilizm nazariyasi va amaliyotini, feodal tuzum va sarqitlarini keskin tanqid qildi A. Smit (ingliz siyosiy iqtisodning boshqa klassiklari —D. Rikardo, U. Petti singari) boylik moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida barpo etilib, uning manbayi mehnatdir deb hisoblagan. U bu bilan fransuz fiziokratlarining mamlakat boyligi qishloq xo‘jaligida yaratiladi va uning manbayi- tabiatdir degan birmuncha cheklangan fikriga qarshi chiqdi. Fiziokratlarning «Tabiat-boylikning onasidir» degan shiorini biroz o‘zgartirib, uni «Tabiat- boylikning onasi, mejinat uning otasidir» degan shiorga aylantirdilar. A. Smit shaxs xususiy manfaatini xo‘jalik faoliyatining negizi hisoblanib, erkin raqobat, xususiy mulk ustuvorligi, har qanday yakkahokimlikni cheklash, savdo erkinligi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi kabilami iqtisodiy turmush sohasidagi tabiiy hoi deb qarab, klassik kapitalizmning mashhur shiorini o‘rtaga tashladi: “laissez faire - tadbirkorlikka yo‘l bering!” A. Smitning xizmatlaridan yana biri qiymatning mehnat nazariyasini, uning qoida va toifalarini ishlab chiqqanligidadir. U mehnatni qiymatning substansiyasi deb e’tirof etgan, pulning tovardan kelib chiqish xususidagi fikrni qat’iy turib himoya qilgan, ayirboshlash va iste’mol qiymatlarini farqlagan, tovarda o‘z aksini topgan mehnatning ikki xilliligi ta’rifmi anglashga yaqin kelgan edi. A. Smit ta’limotining markaziy g'oyasi shundan iborat ediki, iqtisodiyot davlatdan xalos qilinsa, yaxshiroq amal qiladi. Bunday sharoitda iqtisodiy xudbinlik korxonani haridorlarga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarishga va bu ishni eng arzon narxda qilishiga majbur etadi. Ular jamiyat farovonligini o‘ylab emas, balki o‘z raqiblaridan o‘zib ketish va eng ko‘p foyda olish maqsadida shunday qiladilar. Lekin bu xudbinlik eng yaxshi, sifatli va arzonroq tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlab, butun jamiyatga foyda keltiradi. Iqtisodiyot davlat boshqaruvidan holis bo‘lsa, butun jamiyat yutib chiqishning sabablarini tushuntirish uchun Smit «ko‘rinmas qo‘l» ifodasidan foydalandi. «Har bir alohida odam o‘z kapitalini uning mahsuloti eng ko‘p qiymatga ega bo‘ladigan tarzda ishlatishga intiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga yordam berishni ko'zda tutmaydi, balki faqat o‘z manfaatini ko'zlaydi... Ammo bunda, ko‘p hollarda bo‘lganidek, u ko'rinmas qo‘l bilan uning mo'ljali doirasiga mutlaqo kirmaydigan maqsad tomonga yo‘naltiriladi. U o‘z manfaatlariga eng yaxshi xizmat qiladigan harakatlami, albatta, afzal ko‘radi. Biz hozir talab va taklif deb ataydigan iqtisodiy dastaklami Smit «ko'rmmas qo‘l» deb atagan edi. U «qulay savdo balansi»ga erishish maqsadida iqtisodiyotni yo‘naltirib turishga da’vat etgan merkantilistlar fikriga mutlaqo qo‘shilmagan edi. A. Smit buijuajamiyatining joriy tizimining uchta sinfini ajratgan holatda ta’rifladi: yollanma ishchilar, kapitaiistiar va yer egalari. Bunda u yollanma ishchilami so'nggi sinfga qarama-qarshi qo‘ygan. U daromad foizlar va rentaning ishchi mehnati mahsulidan ajratmasidan o‘zga narsa emasligini ham e’tirof etgan. Shu bilan birga, u daromad tadbirkoming tavakkal qilganligi va sarmoya sarflagani uchun olgan qarzi deb hisoblagan. Shuningdek, ish haqi toifalarining tahlili, differensial renta, kapitalizm sharoitida samarali mehnatning qo‘shilgan qiymatini bunyod etadigan mehnat sifatidagi rolini kashf etish ham A. Smitning xizmatidir. A. Smit siyosiy iqtisod fanida yo‘l boshlovchilardan bo‘lganligi tufayli qator tushunchalarga izoh berishda noaniqliklarga yo‘l qo'yishi muqarrar edi va ularga keyinchalik K. Marks izoh berib o‘tdi. Misol uchun, u ishchining ish haqiga mehnat uchun to'langan xaq sifatida ta’rif bergan (biroq mehnat-yaratuvchilik faoliyati jarayonidir), rentani tabiat faoliyatining natijasi deb tasawur qilgan, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatnigina moddiy boylik yaratadigan mehnat deb hisoblab, bu bilan yurist, shifokor pedagog ruxoniy va boshqalar mehnatining ishlab chiqarish ko'rinishiga ega ekanligini tan olmagan. A. Smit tovarlar qiymati daromadlarga bo'linadi: foyda ish haqi va yer rentasiga qo‘shiladi va ajraladi deb hisoblagan. U asosiy va oborot kapitalning zamonaviy ta’rifiga ancha yaqin keldi, ishlab chiqarish sohasida kapital jamg'arish omillarini aniqlashga harakat qildi, biroq kapitalistik jamg‘arishning ichki mohiyatini va tarixiy moyilligini ochib bera olmadi. Shu bilan birga, narxlar ayirboshlash tenghgining obyektiv mohiyatini topishga birinchi bo‘lib qiymatning mehnat nazariyasi asoschisi, ingliz iqtisodchisi U. Petti harakat qildi. U ushbu nisbat asosida qiyoslashtirilayotgan tovarlarga sarflangan mehnat, ish vaqtining tengligi yotganligini aniqlab, o‘z kashfiyotining mohiyatini quyidagicha izohladi: «Agar birorbir kimsa Peru konlaridan bir unsiya kumushni uning o‘zi bir bushel non ishlab chiqara oladigan vaqt mobaynida qazib olib, Londonga yetkazib kela olsa, u holda birinchi hodisa ikkinchisinig tabiiy narxini (qiymatini) tashkil qiladi...» U. Pettining g'oyalarini chuqurlashtira borib, A. Smit uning fikrini kengroq umumlashtirdi: «Mehnat -qiymatining yagona umumiy, shu bilan birga, yagona aniq o‘lchovi, yoki uning vositasida har qanday zamon va makonda turli tovarlaming qiymatini o‘zaro qiyoslashimiz mumkin bo‘lgan yagona o'lchovdir». Shunday qilib, tovar ishlab chiqarishning mohiyatiga oid eng muhim savolga qiymatning mehnat nazariyasi javob berdi. Ushbu nazariya tarkibiga o‘zaro bog‘liq uchta asosiy qoidani oladi: 1) ayirboshlash nisbatidagi tenglik qiyoslanayotgan tovarlar bir xil qiymatga ega ekanligi bilan izohlanadi; 2) qiymat ishlab chiqaruvchining tovarga qo‘shilgan ijtimoiy mehnatidan iborat (o‘zga odamlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mehnat); 3) mehnat sarfi, demak qiymat ham ish vaqtining davomiyligi bilan o‘lchanadi. Ushbu nazariyadan kelib chiqib xulosa qilish mumkin: ayirboshlash qiymati-qiymatni ifodalaydigan shakldir. Kirish
Adam Smit iqtisodchi va faylasuf, ingliz buijua klassik siyosiy iqtisodi namoyandasidir. 1759- yilda A. Smitning «Ma’naviy tuyg'ular nazariyasi» kitobi, 1776- yilda esa uning asosiy asari — «Xalqlar boyligining kelib 103 chiqishi va sabablari xususidagi tadqiqot» kitobi nashr etildi. A. Smitning ushbu asari jahon ilm-u fani xazinasidan munosib o‘rin egalladi. A. Smitning shaxsiyati va uning dunyoqarashlari butun xo‘jalik faoliyatini (ustaxonaning joylashuvi, ishchi va shogirdlar soni, ishlab chiqarish va sotish ruxsat etilgan mahsulot hajmi) qat’iy reglamentlashtirish xos bo‘lgan, tobora kuchsizlanib va yo'qolib borayotgan feodal ishlab chiqarish bilan har qanday tashqi (hamda feodal) cheklovlardan holi bo'lgan istalgan ishlab chiqarishning erkinlikka intilishi xos bo‘lgan burjua tovar ishlab chiqarish o'rtasidagi kurash avjiga chiqqan davrda shakllandi. Xulosa
Download 22.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling