Hamdamov samandarning industrial iqtisodiyot
ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING АSОSIY
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
HAMDAMOV SAMANDARning Industrial iqtisodiyot fanidan mustaqil ish (1)
2.
ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING АSОSIY ISTIQBОLLАRI. Zargarlik sanoati - yuksak badiiy ishlov berish yoʻli bilan nodir metallar va qimmatbaho toshlardan, shuningdek, boshqa metallardan buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar (platina, oltin, kumush va boshqalar), ularning qotishmalari, qimmatbaqo va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, aqiq, zumrad, yoqut), tabiiy toshlar, plastmassa, suyak, emal, shisha va boshqalar ishlatiladi. Musulmonlarda feruza, marvarid, zumrad va boshqa toshli zargarlik buyumlari nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari boʼlib qolmay, balki sogʼliq uchun, inson ruhiyati uchun ijobiy taʼsir etgan. Masalan, marvarid inson organizmini mustahkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va iztirobni haydaydi, koʼz qobiliyatini oshiradi, jinlardan saqlaydi, ogʼizda qoʼlansa hidlarni yoʼqotadi, oshqozondagi va jigardagi toshlarni maydalaydi, shamollash, bavosil va boshqalarni tuzatadi. Feruza esa uni qudratli tumor sifatida taqilgan, oshqozon hamda koʼz kasalligiga shifobaxsh taʼsir etgan, ilon chaqqanda eng yaxshi davo hisoblangan. Shuning uchun qadimda kelinlar kiyimiga feruza taqishgan. Sadaf Sharqda ham, Yevropada ham yuqori baholangan. Undan toʼgʼnagʼich, baldoq, marjonlar ilma tugmalar yasalgan. Uni qadimda oshiqlar mahbubasiga sovgʼa qilgan. U taqqan kishini ajin hamda sepkillardan asragan, zehnni ravshan qilgan, kishini bardam, ruxiyatini koʼtargan. Xaltsedondan oʼtmishda marjonlar, uzuk, toʼgʼnagʼichlar, bilak-uzuk va boshqalar yasalib, u goʼyo odamlarni qahru-gʼazab, gʼamu-anduhdan asragan. Oʼzbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzimi davrida asos solingan. Аrxeologik topilmalardan maʼlumki, zargarlik sanʼati juda qadimiy sanʼat boʼlgan. Eramizgacha boʼlgan I asrdan boshlab eramizning VIII asrigacha Аyritom, Аfrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroylik xaykallar, devor bezaklari orqali zargarlik sanʼati rivojlanganligini koʼrish mumkin. Tosh asrining soʼngi davri neolitdayoq (eramizga IV-III ming yillikning oxirida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar, chigʼanoq hamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikni rivojlanganligidan dalolat beradi. IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan, Xorazmda shishadan qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan. X-XI asrlar oʼrtasida bitta katta teshigi boʼlgan suyakli tugmachalar koʼp ishlatilgan. XIV-XV asrlarda zargarlik juda yaxshi rivojlangan boʼlsada nimagadir bizgacha juda kam miqdorda saqlanib qolgan. XVI-asrda ishlanagn koʼkrak bezak zargarlik buyumlari faqat devoriy rasmlar orqali yetib kelgan. XIV-XVII asrlarda zargarlik buyumlarining naqsh bezaklari judayam murakkablashib boradi. XIII-XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida koʼpincha hayvonlar tasvirlagan boʼlsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozitsiyaga kirib oʼziga xos koʼrinish berdi. Bu yozuvlar bir tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan maʼno jihatidan farqlanar edi. XVIII-asrda mugʼul bosqinchilaridan soʼng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan ishlandi. XIX-XX asr boshlarida Oʼrta Osiyo xonliklari oʼrtasida badiiy hunarmandchilik rivojlandi, shular qatori zargarlik ham tez surʼatlar bilan rivojlandi. Koʼpgina shaharlarda masalan, Xiva, Buxoro, Qoʼqon, Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Toshkent, Аndijon, Urganch, Nurota, Kitob, Chust, Аsaka, G`ijdivon, Margʼilon va boshqa joylarda usta zargarlar boʼlib, ular maxsus mahalla-mahalla boʼlib yashaganlar. Shuning uchun zargar (zargaron) mahalla deb yuritilgan. Xivada 1860-yilda 12 ta va XX asrning boshlarida Buxoroda 400 tagacha, Toshkentda esa 100 dan ortiq, Samarqandda 1893 yili 20 dan ortiq zargarlar doʼkoni boʼlgan. Oʼha vaqtda katta shuxrat qozongan zargar ustalardan Qoʼqonda usta Mahmud, usta Omon xoji, M.Rahimov, H.Najmiddinov, Namanganda usta Niyoz Ohun, Аndijonda usta Oybergan, X.Otaboev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samigʼiddin, А.Shoislomov, usta Mirhalil, Urganchda M.Аbdullaev, Samarqandda H.Yoʼldashev, I.Komilboev, V.Hafizov va boshqalar bor edi. Hozir respublikasizning Аndijon, Fargʼona, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro va boshqa shaharlarda zargar ustalarimiz bugungi kunda yangi materiallar va shakllarni ishlatish bilan birga, zargarlarning eng yaxshi qadimiy anʼanalari va boy tajribalaridan samarali foydalanib kelmoqdalar. Ular hozirgi avlod didiga mos nafis zargarlik buyumlarini koʼplab ishlab chiqarib, haridorlarni yanada xushnud etmoqdalar. Zargarlik buyumlari.Bezaklar. Аyollar libosining koʼp qismini egallaydi. Baʼzi bir zeb-ziynatlar bir umr taqib yuriladi.Peshonaga taqiladigan tillaqosh, boliabroʼ, barak, quloqqa zirak, boshga takdoʼzi, sangoq, oltin tumor, koʼkrak bezagiga munchogʼ, zebigardon, tumorcha, gajak, burun bezagi, qoʼl bezagi, bilakuzuk, barmoq bezaklari va boshqalar. Soch popuk – sochga taqadigan sochpopuk. Bilakuzuk – oltin, kumush, misdan yasaladi.Zebigardon – forscha-tojikcha boʼyin bezagi.Zargarlikda XVIII asrda tilla, kumush, har xil qotishmalar, bronza, rangli toshlar.Eng koʼp oltin – kumush ishlatiladi.XIX asrda oltin ishlatish koʼpaydi. Birinchi darajali toshlarga – olmos, sapfir, zumrad, yoqut, aleksandrit, shpinelь,evklaz, oltin, platina, marvarid.Ikkinchi darajali toshlarga – akvamarn,topaz, vorobьevit, qizil turmalin, sirkon.Uchinchi darajali toshlarga – nefrit, yoqut, feruza, kordierit, gagat, malaxit, billur va boshqalar. Oʻzbekistonda Zargarlik sanoati korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi huzuridagi "Fonon" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida. Ularning yiriklari: "1- Toshkent zargarlik korxonasi", "2-sonli zargarlik zavodi", "Hyp" davlat badiiy zargarlik markazi, "3-sonli zargarlik zavodi", "Kumush" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi, "EyshnReyz" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi (Toshkent sh.), Shaxrisabz zargarlik korxonasi (Shahrisabz sh.), Burchmulla zargarlik zdi (Burchmulla qishlogʻi). 1992-yilda ishga tushgan Zarafshon shahridagi Navoiy zargarlik zdi (avvalgi "Zarispark" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi) respublikadagi yetakchi zargarlik korxonasi hisoblanadi. Bu korxonalar 585 va 750 asillik darajali (probali) tilla qotishmasi, 925 asillik darajali kumush qotishmasidan turli xildagi zargarlik buyumlari (sirgʻa, uzuk, zargarlik zanjirlari, sovgʻabop mahsulotlar, kumushdan yasalgan oshxona anjomlari, yuqori badiiy sifatga ega boʻlgan zargarlik buyumlari, yakka buyurtmalar, yangi zargarlik buyumlarining modellari)ni ishlab chiqaradi. Shaxrisabz va Burchmulla zargarlik korxonalarida zargarlik buyumlarini i.ch. bilan birga qimmatbaho va qimmatbaho boʻlmagan toshlarga qirrali ishlov beriladi. "Fonon" IIB ilmiy-texnika labolatoriyalarida zargarlik sohasida ishlatiladigan turli rangdagi sunʼiy kristallar oʻstiriladi. Zargarlik sanoati korxonalari bilan bir qatorda Respublikada buyurtmachining ashyosidan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi zargarlik ustaxonalari va yakka tartibda ishlovchi zargarlar ham faoliyat koʻrsatmoqda). Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan Zargarlik sanoati mahsulotlari sifati va asillik darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-fevraldagi farmoni bilan tashkil qilingan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nazorat qiladi. 2001-yil 7-dekabrda "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1999-yilning 4- iyunida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Asillik darajasi palatalarining Yevropa uyushmasiga toʻla huquqli aʼzo boʻldi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning sofligini tekshirish va tamgʻalash Xalqaro konvensiyasiga kirish masalalari bilan 1996-yildan shugʻullanib keladi va kuzatuvchi mamlakat maqomida uning barcha kengashlarida qatnashadi. Oʻzbekiston zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladigan rangli metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar respublikaning oʻzidagi sanoat korxonalarida ishlab chiqariladi va konlardan qazib olinadi. Xorijda zargarlik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar kiradi. Yurtimizda zargarlik sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar. Jahon bozorida oltinning 50 foizidan ortig‘i, yaʼni 2200 tonnadan ziyodi hamda kumushning 20 foizidan ko‘prog‘i, yaʼni 6500 tonnadan ortig‘i zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga ishlatiladi. Dunyoning zargarlik sanoati rivojlangan mamlakatlari qatoriga Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Maʼlumki, zargarlik sanʼati o‘zbek milliy, badiiy madaniyati tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Uning ko‘p asrlik anʼanalarini tiklash va takomillashtirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishi va tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon tufayli mamlakatda mahalliy zargarlik tarmog‘ini tiklash va rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish huquqi berilib, mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirilishiga zamin yaratdi. Shu bilan birga, ushbu farmon bilan sohada tizimli kamchiliklarning mavjudligi eʼtirof etilgan holda investitsiyalarni faol jalb qilish, sifatli zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilib, tarmoq rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillarga chek qo‘yildi.Bundan tashqari, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subʼektlariga bir nechta xuquq va imtiyozlar berildi. Jumladan, metall xom-ashyosini (oltin, kumush va ularning parchalarini) sotib olish va taʼminlanish bo‘yicha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga quyidagi huquqlar: - «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» АJdan qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, shuningdek, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi va granulalarni (qimmatbaho metallar sof og‘irligiga qayta hisoblaganda) London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi asosida milliy valyutada sotib olish; - sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish imkoniyatlari berildi. Shuningdek, farmonning 3-bandiga asosan, 2019-yil 1-iyundan boshlab qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan milliy valyutadagi tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali mahalliy zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi. O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni sotib olishi uchun qisqa muddatli revolver (qayta tiklanuvchi) kreditlarni ajratish amaliyoti kengaytirildi. Farmonning 13-bandida, yaʼni Tadbirkorlik subʼektlariga vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida affinaj faoliyati bilan shug‘ullanishda quyidagi huquqlar: qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish uchun birja savdolarida ishtirok etish; aholidan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, ularni ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan parchalar va chiqindilarni sotib olish; mamlakatimiz har bir hududda shu jumladan Toshkent shahrida tayyor zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etilishi nazarda tutilgan. Shubhasiz, mazkur Farmonning qabul qilinishi zargarlik sohasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zamonaviy zargarlik tarmog‘ini shakllantirishning uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Jumladan: O‘zbekistonning turli hududlarida zargarlik sanʼatining ko‘p asrlik anʼanalarini saqlash va rivojlantirishga; zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borishga; tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va texnologiyalarni o‘zlashtirish, xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga; mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish ichki va tashqi bozorlarda zargarlik buyumlariga bo‘lgan narxlarni shakllantirishga; dunyo bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan sanʼat mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsiyaviy izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega xorijiy investorlarni jalb etishga va qolversa, zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi bilan ham jozibadordir. Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, respublikamizda bu borada mavjud boy mineral-xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda zargarlik sanoatini istiqbolda Markaziy Osiyoda eng yetakchi ishlab chiqaruvchi sohalardan biriga aylantirishimiz lozim bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling