Hamid Olimjonning "O'zbekiston"


Download 57.8 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi57.8 Kb.
#1124838
Bog'liq
Sher taxlili Kurbanova Nigora 1911

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bunda

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Hamid Olimjonning "O'zbekiston"


she'rini taxlili
1911 – guruh talabasi
Kurbanova Nigora
Toshkent 2022
H amid Olimjon – XX asr o'zbek adabiyotining yorqin namoyondasi, saodat kuychisi va adabiyotshunos olim sifatida gavdalanadi. Bor – y'o'g'i 35 yil umr ko'rgan bo'lsa ham, o'zidan juda ko'p adabiy meros qildirgan. Shoir 1909 – yil Jizzaxda tug'ilgan. U davrining yetuk ijodkorlari Uyg'un, Oydin, Mirtemir, Jalol Ikromiy kabilar bilan 1930-yillarda Samarqanddagi pedakademiyada oqigan. Ushbu muhit uni 1929 – yilda "Ko'klam" nomli ilk she’rlar to'plamni bosib chiqarishiga zamin yaratgan (Karimov, 2016). Shoirining har bir asari moxirona yozilgan bo'lib, oquvchidini birincih misralaridanoq oziga rom qila oladi. SHoirning she'rlar ichida “O 'zbekiston” she’rini vatanimizni tarannum qilgan eng g'o'zal san'at asari deb hisoblanadi.
O‘ZBEKISTON1
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda…
Chappor urib gullagan bog‘in,
O‘par edim vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo,
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston, –
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin;
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofda yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv
******************
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qorning taglarida qish.
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
****************************
Bu shundayin ajib diyordir.
Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.

Vodiylarni yayov kezganda,


Bir ajib his bor edi menda…

Hamid Olimjon ushbu she'rida "O'zbekiston" (1929)2 ga shunday chiroyli ta'rif berganki, uni peyzaj lirikasining eng yorqin namunasi deyish mumkin. Shoir o'ta moxirlik bilan aniq detallar, turli tasvir vositalar yordamida O'zbekistonning yaxlit poetik obrazini yaratgan. (vodiydan boshlab to cho'llargacha jonlantirgan). Shoir she'rning ta'sirchanligini oshirish uchun muayyan vazn va qofiya bo‘lishining o'zi etarli emas o'ylagan. Aksincha, har bir so‘z o‘zining semantik funktsiyasi bilangina emas, balki fonetik, ritmik va boshqa qator xususiyatlari bilan ham muayyan poetik qoidalarga boysunib she'r bitilgan(Karimov, 1964).


She'r O'zbek o‘lkasining go‘zal va shoirona bo‘yoqlar bilan chizilgan obrazini vujudga keltirish bilan boshlanadi. So'ngra unga o'xshash biror bir joyning yoqligini va shoir nazdigadi eng chiroyli predmet bilan o'xshtiladi. – " Chiroylidir go‘yo yosh kelin,…". Yani shoir O'zbekiston tabilatini huddi yangi kelin bolib sepini kiyib yal- yal yonishi bilan taqqoslaydi. Keyinchalik ushbu kelinchak obrazini vatanning boshqa go'shalari bilan tariflash orqali obrazini gavdalantiradi – " Ikki daryo yuvar kokilin; Qorli tog‘lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida." Shoir yana istiora san'atidan ham mohirona foydalangan. Bundan tashqari shoir anafora usulini ham qo'llagan:
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qorning taglarida qish.
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Hamid Olimjonning aksariyat poetik asarlari kabi O'zbekiston she'ri ham 9 hijolik barmoq vaznida yozilgan (Karimov, 1964: 118) va masnaviy shaklida bitligan (aa, bb, cc …). Ushbu qo‘llanilgan forma shoirning poemadagi «o‘ziga xos poetik libosi» sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari shoir qofiyali so'zlarni ham moxirona qo'llagan, bo'lib ular bilan umumiy g'oyaviy mundarijani rivojlantirishga erishgan:
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston, –
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Qofiyaning bunday tabiiyligi, fonetik ohangdoshligi va leksik boylikning bunday uyushib kelishi shoirning katta mahoratidan darak beradi.
Hamid Olimjon ijodi meni o'zining xalqchilligi, soddaligi va lirik tasvirlarga boyligi bilan oziga rom qiladi. Shoirning she'rlarini yodlashga qiyinchilik sezmayman. Shoir Ozbekiston sherida vatanimizni huddi meni tasavvurimdagidek chiroyli tasvirlagan .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Karimov N., (1964), "Hamid Olimjonning poetic mahorati", Fan nashriyoti, elektron kitob: < https://www.google.com/search?q=naim+karimov+hamid+olimjon&oq=karimov+naim+ham&aqs=chrome.1.69i57j0i22i30j69i60l2.6833j0j4&sourceid=chrome&ie=UTF-8 >

Karimov O., (2016), YANGI O ZBEK ADABIYOTI TARIXI: SAVOL- JAVOBLAR (uslubiy c|o‘Ilanina), «Namangan» nashriyoti. Elektron kitob: < https://e-library.namdu.uz/83%20%D0%90%D0%B4%D0%B0%D0%B1%D0%B8%D1%91%D1%82%D1%88%D1%83%D0%BD%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B8%D0%BA/Yangi%20o'zbek%20adabiyoti%20tarixi.%20Karimov%20O.pdf >



1 https://kknews.uz/oz/9068.html

2 KArimov (1964) 88 bet

Download 57.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling