Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ряд1; turk; 370; 23% Ряд1; uygur; 348; 22% Ряд1; ozbek; 390; 25% Ряд1; qirgiz; 244; 15%
qamal, yurish, kechuv, ko‘rik, pistirma, qo‘shin (eski shakli: qo‘shun),
ilg‘or, soqchi, qorovul, ayg‘oqchi, to‘pchi, dengizchi, chopar, mergan, qochoq va h.k.; 2) qurol-yarog‘ va aslahalar nomini anglatuvchi to‘p, qurol- yarog‘, kema, o‘q, qo‘ndoq, qalqon, sol, kiyim, quloqchin va h.k.; 3) urush, tinchlik, g‘alaba, mag‘lubiyat, sulh, ta’qib kabi mavhum ma’noni ifodalovchi leksik birliklar oiddir. Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan o‘lchanuvchi zoologik terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma’lum sondagi so‘zlarni tizimida asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sinchkovlik bilan qilingan tahlilga muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida qo‘llangan 432 ta zoonimning 365 tasi asl turkcha, 33 tasi forscha-tojikcha, 26 tasi arabcha, 5 tasi mo‘g‘ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi aniqlangan. Ряд1; turk; 370; 23% Ряд1; uyg'ur; 348; 22% Ряд1; o'zbek; 390; 25% Ряд1; qirg'iz; 244; 15% Ряд1; qozoq; 230; 15% Ряд1; ; 0; 0% turk uyg'ur o'zbek qirg'iz qozoq 22 Sof turkiy 365 zoonimlar tub (158) hamda yasamalarga (207) taqsimlanadi. Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi sintaktik, 5 tasi esa semantik yo‘l bilan hosil qilingan. Chunonchi, to‘ng‘iz, bo‘rsiq, biya, kiyik, quyon, shunqor, g‘oz, o‘rdak, burga, qo‘ng‘iz, ot, tovuq singari talay leksik birliklar hozirgi o‘zbek zoologik terminologiyasi tarkibida faol qo‘llanmoqda ( Abdushukurov 1998; 1). VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan elchi, elchilik, elchixona, yorliq, sulh, sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat, qabul, noma, muhr, dushmanlik, nishon va boshqa asl o‘zbekcha (turkiy) hamda o‘zlashma so‘z va so‘z birikmalari zamonaviy o‘zbek diplomatik terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda ( Dadabayev 1994 ;4-13.). Ayni chog‘da, hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan turli-tumandir. Uning safida azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumturkiy terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli zamonlarda kirib kelgan o‘zlashmalar ham o‘z aksini topgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik terminlarning umum o‘zbek adabiy tilida qo‘llanish darajasi chastotasining pastligini ko‘rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug‘atdan o‘rin olgan 60.000 so‘zlarning bor-yo‘g‘i 410 tasi, yani 0,7% ini diplomatik terminlar tashkil qiladi, xolos ( Abdullayeva 2003;160). Ma’lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir makondan boshqa joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji natijasida osmon va undagi jismlar, sayyoralar ,yoritqichlar harakatini o‘rganuvchi maxsus fan, ya’ni astronomiya shakllangan. Astronomiya fanining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli terminologik mikrotizim shakllandi. Hozirgi o‘zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV asrlardan e’tiboran muomalaga kirgan nujum ilmi (astrologiya), munajjim (astrolog), yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‘a, Yetagan (Katta Ayiq), Cho‘lpon (Venera), Mushtariy (Yupiter) singari qadimiy astroponim (kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan ( Dadabayev 1994; 32-43). 23 Astronomiya va kosmonavtika fanlarining so‘nggi vaqtlarda jadal rivojlanishi,tabiiy, o‘z ifodasini hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z boyligida ham topdi. Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi, Galley kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri kabi astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda, darslik, qo‘llanma hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda ( Primov 2009). Xulllas, genetik ko‘rinishi nuqtai nazaridan o‘zbek tilida qo‘llanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida qabul qilingan so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga taqsimlanadi. Bunday ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning mahsuli, deb baholash kerak bo‘ladi. Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani ifodalashda ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi. Masalan: bek-amir, tuman-nohiya, o‘ng qo‘l-burang‘ar, mang‘lay – hiravul, yalavach-rasul-qosid va h.k. Terminologiyadagi sinonimlar o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga ega bo‘lgani bois (stilistik vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan dubletlar deb nomlanadi (Reformatskiy 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik) terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73). Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling