Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. – Т.: 
Фан, 1984. 
2. Античные теории языка и стиля. – М.-Л:ОГИЗ, 1936. 
3. Асқарова М. Ўзбек тилида боғловчи-юкламалар ҳақида / Ўзбек тили ва адабиёти, 
1962, 5-сон;
4. Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув 
қўлланмаси. – Самарқанд: СамДУ нашриёти. 1994. 
5. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент: «Ўқитувчи», 1978. 
6. Турсунов У., Мухторов А., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – 
Тошкент: «Ўзбекистон», 1992.
7. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги 
ўзбек адабий тили, 1-қисм. – Тошкент: «Ўқитувчи», 1980. 
8. Ўзбек тили грамматикаси, I том. Морфология. – Тошкент: «Фан», 1975.
9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдли, биринчи жилд. – Тошкент: «Oʻzbekiston 
nashriyoti», 2020. 
10. Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. – Тошкент: «Фан», 1977. 
11. Ҳозирги ўзбек адабий тили, икки томлик, I том. – Т.: Фан, 1966.
 
 
SINTAGMA TUSHUNCHASI VA UNING SO‘Z BIRIKMASIGA MUNOSABATI 
HAQIDA 
ABOUT THE CONCEPT OF SYNTAGMA AND ITS RELATION TO WORD 
COMBINATIONS 
Abduvali Berdialiyev 

 
Annotation. The article deals with one of the structural components of the utterance, 
which is called the syntagma and is bilaterally distinguished by a pause in the syntactic structure 
of the sentence, in certain cases it coincides with the phrase according to the “definition-
defined” model; it is determined that the scope of the functioning of the syntagma is wider than 
the functioning of the members of the sentence and phrases of the structure of the statement. 
Key words: syntagma, phonetic-syntactic whole, verbal activity, word combination. 
Gap sintaktik qurilishida, garchi uning gap bo‘laklari kabi funksional unsuri sanalmasa-da, 
sintagma deb ataluvchi hodisa ham mavjudki, u lisoniy mavqeyi jihatidan ayrim hollarda so‘z 
birikmalariga o‘xshaydi va ularga teng keladi. Bu o‘xshashlik tilshunoslikda ikki hodisani bir 
lisoniy tushuncha doirasida talqin etilishiga asos bo‘lgan. 
Sintagma haqidagi dastlabki ta’limot shvetsar va fransuz tilshunosi F. de Sossyur faoliyati 
bilan bog‘lanadi [1]. Rus tilshunosi S.I.Karsevskiy Sossyurning sintagma haqidagi qarashlarini 
davom ettiradi. Har ikki tilshunos ham sintagma tushunchasini keng doirada talqin etadi: tilning 

F.f.d., professor (akademik B.G‘afurov nomidagi Xujand davlat universiteti, Tojikiston R.) +992 901 100 339. 
berdialiev39@mail.ru
 


19 
ayni bir sathiga xos ikki hodisaning birikuvi sintagma deb qaraladi. Masalan, so‘z tarkibida 
tovushlarning, bo‘g‘inlarning, morfemalarning birikuvi sintagma tarzida qaralavergan.
Sintagma ikki turga ajratilib, uycha, ayiqcha (ayiq-cha) singari so‘zlar tarkibiga xos birikuvlar 
ichki sintagma, yangi uy, kichik uy, kichik ayiq singari so‘z birikmalarining qismlariaro
birikuvlar tashqi sintagma deb qaralgan [2]. Ko‘rinadiki, tashqi sintagma deb qaraluvchi 
hodisalar keng ma’nodagi «aniqlovchi-aniqlanmish» modeliga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 
sintagma tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabati moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqalariga 
ko‘ra ham farqlanib, aniqlovchili, to‘ldiruvchili va holli sintagmalarga ajratilgan [3]. 
A.A.Reformatskiy sintagmaning lisoniy ko‘lamini yana ham kengaytirib, uning doirasiga 
morfema va so‘zlarning birikuvini ham, murakkab gap bo‘laklari birikuvini ham kiritadi. 
Chet el tilshunosligida sintagma hodisasiga alohida e’tibor qaratilib, o‘ziga xos murakkab 
lisoniy hodisa maqomida qaraladi. Masalan, F.Mikush (yugoslav tilshunosi) sintagmani til 
qurilishining asosiy mezoni deb ataydi. Uni ikki lisoniy qismning shunchaki birikuvi emas, balki 
ana shu birikuvning hosilasi tarzida ham tushunadi[4]. Sintagmaning qismlaridan biri o‘xshatish, 
boshqasi farqlash vazifalarini bajaradi deb, sintagma tarkibiy unsurlarining lisoniy 
xarakteristikasini beradi. Rus tilidagi “Стол стоит” qo‘shilmasidagi «стол» unsurini 
o‘xshatuvchi, «стоит»ni farqlovchi qismlar sifatida talqin etadi. Jeneva lingvistik maktabi 
vakillaridan biri A.Frey esa sintagmaning amaliy ko‘lamiga yanada kengroq yondashadi: 
tenglanish aloqasi yordamida shakllanuvchi so‘z tizmalarini ham sintagmaga kiritadi. Shu asosda 
sintagmaning tobelanuvchi va tenglashuvchi ikki turini ajratadi [5]. 
Sobiq sho‘rolar davri yetuk tilshunoslaridan biri – akademik L.V. Shcherba ham sintagma 
masalasida qimmatli fikr bildirgan. U sintagmani nutqiy jarayonda so‘z, so‘z birikmasi, hatto 
so‘z birikmalarining qo‘shilishidan tashkil topuvchi fonetik butunlik sifatida izohlaydi[6].
Sintagmaning o‘ziga xos ma’no anglatishi ham e’tirof etilib, u nutq faoliyati bilan bog‘liq 
hodisa tarzida talqin etiladi. 
Sintagma masalalari bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘zbek tilshunosligida dastlab o‘quv 
qo‘llanmalarida berilgan [7]. Keyinchalik sintagma mavzusida maxsus maqola e’lon qilinib, 
uning o‘ziga xos barcha lisoniy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi [8]. 
O‘zbek tilshunosligida ham sintagmaning talqini bir xil emas. Uning xususiyatlari 
«gapning struktura va mazmun jihatidan bir butun bo‘lgan gruppalari, parchalari, jonli tilda – 
og‘zaki nutqda tovush jihatidan ham ajralib turadi. Bunday gruppalar sintagma sanaladi» tarzida 
izohlanib, uning bir nafas kuchi bilan aytilishi, gapda qisqa pauza bilan ajralib turishi, 
“aniqlovchi-aniqlanmish” modelidagi tobe va hokim komponentlardan tashkil topishi, muayyan 
lisoniy shart-sharoitlar (qonunlar) asosida paydo bo‘lishi kabi tomonlari tilga olinadi. Sintagma 
hodisasini bunday tushunish uni so‘z birikmasi bilan bir xil hodisa sifatida qarashga olib keladi. 
Bunday talqin so‘z birikmasini sintagmadan lisoniy farqlashda qiyinchilik tug‘diradi. 
Sintagma, darhaqiqat, gap tarkibining ikki pauza orasidagi fonetik-sintaktik butunlik, 
nutqiy parchadir. Sintagmani xarakterlovchi asosiy omil ham gap qismlariga xos va ularni o‘zaro 
farqlovchi fonetik xususiyat sanaladi. Lekin shunisi ham borki, gap tarkibiy qismlarining 
fonetik jihatdan shakllanishi va uning amalini nazarda tutganda, s i n t a g m a tushunchasini
qismlarning “aniqlovchi-aniqlanmish” ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, tarkibi funksional yoki 
taksonomik qismlarga ajrala olmaydigan hodisalar doirasida ham ko‘rish mumkin. Sintagma
gap tarkibining ikki pauza oralig‘idagi fonetik butunlik tarzida tasavvur etilar ekan, bu 
hodisaning lisoniy qiyofasi har xil bo‘lishi, “aniqlovchi-aniqlanmish” ko‘rinishida ham, bunday 
ko‘rinishga ega bo‘lmasligi ham mumkin bo‘laveradi. Shu jihatdan sintagma, xususan, o‘zbek 
nutqiga xos sintagma. Quyidagi ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi. 
1. Bir so‘z sintagmaga teng keladi. Nutq oqimida sintagmaga teng keluvchi yakka so‘zlar 
gapda muayyan bir lisoniy vazifa bajarishi yoki uning taksonomik birligi sifatida tegishli lisoniy 
(o‘shanday) vazifa bajarmasligi ham mumkin. Chunonchi, mustaqil ma’noli so‘zlarning 
sintagmaga teng kelish hollarida ham ular funksional birlik xarakteriga ega bo‘ladi va gap 
bo‘lagi vazifasini bajaradi: sintagma gap bo‘lagiga teng keladi. Ayrim hollarda sintagma gap 
sintaktik qurilishining taksonomik birligi sifatida gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydi. 


20 
Alohida so‘z turkumi tizimiga mansub undov so‘zlar ham ana shunday xususiyatga ega, 
ya’ni gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi, lekin gap tarkibida fonetik jihatdan shakllanib, alohida 
sintagmaga teng kela oladi. 
Bog‘lovchilarsiz uyushgan gap bo‘laklarining har bir qismi ham mustaqil sintagmaga teng 
keladi. Masalan, Mana endi Damin buva erta-yu kech qo‘ylar bilan ovora: yem beradi, sug‘oradi, 
o‘t soladi (R.Rahmon. “Kelin”). 
Sintagmaga tenglashuvchi uyushiq bo‘laklar bog‘lovchilar yordamida birikkanda, bir qator 
xususiyatlar kasb etadi: 
a) teng bog‘lovchilar yordamida uyushgan bo‘laklar yig‘indisi bir sintagmaga teng keladi, 
to‘g‘rirog‘i, sintagma so‘z tizmasini o‘z ichiga oladi: Jamila va Lola sahnaga bir dastadan gul 
ko‘tarib chiqishdi; 
b) ayiruv, inkor bog‘lovchilari bilan uyushganda, uyushgan qismlarning ham, takrorlangan 
bog‘lovchilarning ham har biri bir sintagmaga teng keladi: Xotinlarning rahmi kelib, yo Jamol 
xola, yo Toshxon qarashvoradi. Murodjon tergamoqchi bo‘ldi, xotini bo‘yin bermadi. Bir kuni 
masalani ko‘ndalang qo‘ydi: yo u yoqqa, yo bu yoqqa! (O‘sha asardan); 
v) ham yordamchi so‘zi (yuklamasi) bog‘lovchi vazifasida kelib, uyushiq bo‘laklar bilan 
takrorlanganda, ham so‘zi tirkalgan uyushiq bo‘lakning har biri sintagmaga teng keladi: 
Toshxon ham, Murodjon ham xayolga berilib uzoq o‘tirishdi (O‘sha asar); 
g) bog‘lovchi so‘zlar qo‘shma gaplarning funksional qismlarini biriktirganda, bog‘lovchi 
so‘zning o‘zi ham alohida sintagmaga teng keladi: Ilinjim-ku yo‘g‘-a, ammo u joylarda chet tili 
o‘qitilmay qoladi-da. 
Ha, yo‘q, mayli, xo‘p, bo‘ladi, xayr, salom, alvido kabi so‘z-gaplar; shubhasiz, albatta, 
birinchidan, ikkinchidan, menimcha, sizningcha; chamasi, shubhasiz singari kirish so‘zlar; 
undalmalar ham nutqning fonetik jihatdan shakllangan yaxlit parchalari hisoblanib, alohida-
alohida sintagmalarga teng keladi. Misollar: Ha, biron yoqqa shoshayapsizmi? – xavotir olib 
so‘radi xotini. Ishqilib, sen to‘polon qilmadingmi? – jiddiy so‘radi oyisi. Xayriyat, bularning 
peshonasiga ham uy bitdi. Qani, turaturing-chi, biron chorasini qilarmiz (R.Rahmonov. Kelin). 
Bog‘lama ishtirok etmagan ikki bosh bo‘lakli ot kesimli gaplarning ega tarkibi ham, kesim 
tarkibi ham alohida-alohida sintagmalarga teng keladi: Suvi – ana, mo‘rchasi – mana. Toshkent 
– poytaxt. Men – talaba. 
2. So‘z birikmalari sintagmaga teng keladi: Nariroqda Zulxumor bilan Komil bularga qarab 
turishardi. Tabiatan halol odam(1) tasodifan uchragan xotin bilan(2) uzoq yashab ketishi qiyin(3) 
(O‘sha asar). 
So‘z birikmalariga teng keluvchi sintagmalarning tarkibida ikki yoki undan ortiq mustaqil 
ma’noli so‘zlar ishtirok etadi. Sintagma so‘z birikmalariga teng kelgan holatlarda, qismlar 
hokim-tobelik munosabatida bo‘ladi. Bizningcha, butunlik qismlarining bu xususiyatlari 
sintagmaga tegishli bo‘lmasdan, balki ular so‘z birikmalariga tegishli xususiyatdir. Shuning 
uchun «ko‘p so‘zli sintagmalarda tobe unsurning o‘zi boshqa bir so‘zni o‘ziga qaratgan bo‘lishi 
ham mumkin, demak, bu o‘rinda u ham hokim unsur xususiyatiga ega bo‘ladi. Lekin shunda ham 
u avvalgidek, sintagmaning yetakchi so‘ziga tobe bo‘ladi, shu sintagmaning doirasidan 
chiqmaydi: boshqa sintagmaning unsurlari bilan aloqaga kirishmaydi. Bunday ikki tomonlama 
aloqa natijasida bu so‘z nisbiy unsur xarakterida bo‘ladi: ham hokimlik, ham tobelik 
xususiyatiga ega bo‘lgan element» kabi fikrlarni sintagmaga emas, balki so‘z birikmalariga
nisbatlash to‘g‘riroqqa o‘xshaydi. 
Sintagmalar so‘z birikmalariga teng kelganda, ularning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
a) aniqlovchi – aniqlanmish munosabatida: Halimaning baqirgan tovushi qo‘ni-qo‘shnilar 
qulogiga yetdi (O‘sha asar); 
b) hol – hollanmish munosabatida: Xayri ularni kuzatib turdi-da, shoshib uyga chiqib ketdi 
(Usha asar): 
v) to‘ldiruvchi – to‘ldirilmish munosabatida: Halima… hamon uning qaytishiga ishonardi. 
Nusratning do‘stiga rahmi keldi (Ӯsha asar); 


21 
3. Gaplar sintagmaga teng keladi. Yig‘iq hamda grammatik asosi aniqlovchi olib 
kengaygan bir bosh bo‘lakli gaplar hamma vaqt bir sintagmaga tenglashadi: Erta ko‘klam. Ekin-
tikin ishlari boshlangan. Tun. Qorong‘u. Ikki bosh bo‘lakli yig‘iq va ayrim yoyiq gaplar ham 
ko‘pincha bir sintagmaga teng keladi. Bunday gaplarning kesimlari fe’llar orqali ifodalanadi. Ot-
kesim bo‘lsa, bog‘lamali bo‘ladi: Ikkovlon ochib ko‘rishdi. Bir kiyimlik krepdeshin ekan (O‘sha 
asar). Feruza o‘qidi. Qizil bayroq hilpiramoqda. Sharif student bo‘ldi. 
Bir bosh bo‘lakli gaplar «hol–hollanmish» va «to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish» shakllarida 
ifodalanganda, ular bir sintagmani emas, balki ikki sintagmani tashkil etadi – har bir gap bo‘lagi 
alohida-alohida sintagma xarakterida bo‘ladi. Noiloj oldi. Beixtiyor kulib yubordi. Ruchkani 
tutqazdi. Yulduzlarni sanadi. Buning sababi shuki, mazkur gaplar intonatsiya yordamida 
shakllanadi. Shuning uchun har bir bo‘lak maxsus pauzalar bilan ajratilib o‘qiladi. 
Sintagmalar gapda qo‘llanish xususiyati va boshqa talablarga qarab, erkin ravishda 
ko‘chadi. Bir sintagma tarkibiy unsurlari orasiga (sintagma so‘z birikmalariga teng kelganda) 
boshqa sintagma tarkibining unsurlari ajralib kirmaydi [12]. Masalan. Keksa odam uchun yoz 
tuni ham uzoq bo‘lib tuyuladi (O‘sha asar) gapida keksa odam uchun, yoz tuni ham, uzoq bo‘lib 
tuyuladi singari uch sintagma mavjud. Shu sintagmalarning gapdagi o‘rnini uslub talabiga mos 
yo‘sinda o‘zgartirilaversa, gapning pragmatik jabhasida o‘zgarish kuzatilsa ham, fikr mazmuniga 
putur yetmaydi. Qiyoslang. Yoz tuni ham keksa odam uchun uzoq bo‘lib tuyuladi – Uzoq bo‘lib 
tuyuladi keksa odam uchun yoz tuni ham – Uzoq bo‘lib tuyuladi yoz tuni ham keksa odam 
uchun. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqadiki, sintagma nutqda, xususan, gap 
qurilishida o‘ziga xos murakkab lisoniy-pragmatik hodisalardan biridir. Chunki bu hodisaning 
lisoniy tabiati tilning bir necha sathga xos qonuniyatlari bilan izohlanadi. U fonetikaga aloqador 
bo‘lib, nafas organlarining funksional faoliyati tufayli sodir bo‘ladi. Chunki sintagmaning 
tarkibini alohida nafas o‘lchovi bilan fonetik qismlarga (pauzalarga ajratib) bo‘lmaydi.
Shuningdek, sintagmaning oxirgi bo‘g‘inlarida urg‘u kuchaygan bo‘ladi va bu xususiyat ham 
uning fonetika bilan aloqasini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sintagmaga nutqning, gap 
tarkibining fonetik bo‘linish natijasida ajraluvchi tarkibiy qismi deb qarash nisbatan to‘g‘riroq 
bo‘ladi. Sintagmaga xos bo‘lgan bunday lisoniy xususiyatlar uni so‘z birikmalaridan farqlash 
uchun asos bo‘ladi. 
Xullas, so‘z birikmalari va sintagmalar quyidagi jihatlariga ko‘ra, o‘zaro farq qiladi: 
1. So‘z birikmasi sintaktik qonuniyatlar bilan xarakterlanadi, sintagma esa, sintaksisdan 
tashqari, xususan, fonetik qonuniyatlar bilan ham xarakterlanadi. 
2. So‘z birikmasi tarkibida ikki qismning bo‘lishi, albatta, shart: qismlardan biri 
boshqasini izohlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Sintagmaning tarkibida ba’zan biri boshqasini 
izohlash xarakteridagi qismlar bo‘lishi mumkin, lekin bu narsa sintagmani lisoniy jihatdan 
tavsiflovchi yetakchi moya bo‘lolmaydi. 
3. So‘z birikmalari tarkibiy qismlarining har biri gapda uning alohida va mustaqil 
bo‘laklari vazifasini bajaradi; sintagma vazifasini bajargan qism gap bo‘lagi bo‘la olishi ham 
mumkin, shuningdek, gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanmaydigan hodisalar ham gapda mustaqil 
sintagma tarzida ajratilaveradi. 
4. So‘z birikmalari va ularning tarkibiy qismlari gapda tartibsiz, noizchil joylashadi; 
sintagmalarning gapdagi tartibi doimo izchil bo‘ladi, shuningdek, sintagma tarkibiga kiruvchi 
qismlar ham shunday izchillikka ega bo‘ladi. 
5. So‘z birikmalarining ayrim olingan qismlari mustaqil sintagmaga teng kelishi mumkin, 
lekin bu xususiyat sintagma qismlari uchun xarakterli emas. 
6. So‘z birikmalari qismlarining tartibini o‘zgartirish gap mazmuniga putur yetkazadi, 
sintagmalar tartibining o‘zgarishi gapdagi asosiy fikrning o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. 
7. So‘zning analitik shakllari, ko‘chma so‘zlar so‘z birikmalari bo‘la olmaydi, lekin ular 
gapda sintagma xarakterida ajrala oladi. 
8. Uyushiq bo‘laklar so‘z birikmalari bo‘la olmaydi, lekin ular ba’zan bir butunlikda, 
ba’zan har bir qismi alohida-alohida sintagma tarzida ajrala oladi. 


22 
Sintagma va sintagmalanishning o‘ziga xos ba’zi lisoniy tomonlari ham yo‘q emas. 
Ularning har xil sintagmalanishi gap mazmuni bilan bog‘liq pragmatik planini o‘zgartiradi. 
Masalan. 
Endi bildim, onamiz bag‘ri go‘zal bo‘ston ekan, 
O‘g‘li kun, qizi qamar, ko‘ksi esa osmon ekan (Y.Mirzo). 
Shu gapning onamiz bag‘ri go‘zal bo‘ston ekan qismini onamiz, onamiz bag‘ri kabi ikki xil 
sintagmalash mumkin. Shuningdek, Rais ro‘parasida turgan Jo‘ra batrakka o‘shqirdi (H.Shams) 
gapi qurilishini ham rais, rais ro‘parasida turgan, rais ro‘parasida turgan Jo‘ra, Jo‘ra batrak 
qismlarini navbatma-navbat har xil sintagmalash mumkin. Bunda gap mazmunida har xil 
pragmatik o‘zgarishlar yuz beradi. Gap mazmunidagi o‘zgarishlar, natijada ularning har xil
tushunilishi amfiboliya deb ataladi. 
Sintagma nutqning hamma uslublariga xos bo‘la oladi. Y. Pinxasov va N.Shukrullayevlar 
sintagmani nasriy nutqqagina xos bo‘lgan hodisa sifatida qarab, uning ogzaki nutqning barcha 
ko‘rinishlaridagi amalini inkor etganday bo‘ladilar. 
Xullas, sintagma nutqning alohida jiddiy tadqiqotga muhtoj bo‘lgan murakkab 
hodisalardan biri hisoblanadi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling