Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

BM (Birleşmiş Milletler), dünyanın hemen hemen bütün ülkelerinin yer aldığı en büyük 
uluslararası kuruluştur. 193 ülkenin temsil edildiği devasa bir örgüttür.
BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti) dunyoning deyarli barcha o‘lkalarini qamrab olgan 
eng buyuk xalqaro tashkilotdir. 193 o‘lkani tamsil etuvchi yirik tashkilotdir.
Bu gapda qisqartma ot ega vazifasini bajargan. 
Turk tilshunoslarining so‘z guruhlari haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish natijasidan 
kuzatiladiki, asosiy umumiylik qo‘yidagilarda kuzatiladi: 
• Turk tilshunoslari tobe so‘zi ot yoki sifat bilan ifodalangan, bosh so‘zi ot bilan 
ifodalangan so‘z birikmalarini so‘z guruhi deb ajratishadi. 
• Yordamchi so‘zlardan bog‘lovchi, ko‘makchi, undov so‘z ishtirokida kelgan birikuvlar 
turg‘un sintaktik konstruksiya deb beriladi. 


285 
• Qo‘shma so‘zlar – qo‘shma ot, qo‘shma sifat, qo‘shma feʼllar so‘z guruhi mavqeiga 
egadir. 
• Uslubiy maqsadlarga xizmat qiluvchi so‘zshakllari, turg‘unlashgan birikmalar so‘z 
guruhi sifatida beriladi.
• Kelishik qo‘shimchalari, feʼllarning vazifadosh shakllari, egalik qo‘shimchalari so‘z 
guruhi turini ajratish uchun asos hisoblanadi. 
So‘z guruhlari, demak, umuman, ikki so‘zning ohang yoki turli grammatik vositalar 
yordamida birikishidan hosil bo‘lgan birliklarni qamrab oladi hamda sintaksisning o‘rganish 
obʼekti hisoblanadi. Holbuki, qo‘shma ot va qo‘shma feʼl, so‘zlarning takroriy hamda juft 
shakllari morfologik sathda o‘rganilishi zarur, ko‘makchili so‘z guruhi gapdagina reallashuvchi 
sintaktik hodisa bo‘lib, uni alohida so‘z guruhi turi sifatida ajratish talab qilinmaydi va hokazo. 
Yuqorida keltirilgan tasnifdan ayon bo‘ladiki, o‘zbek tilidagi so‘z birikmalariga mos keladigan 
so‘z guruhlari ikkita – ot birikma va sifat birikmadir. Bu birikmalarning turini aniqlashda har 
ikki tilda bir-biriga zid mezonga asoslanadi. O‘zbek tilida maʼnosi izohlanayotgan so‘z – hokim 
so‘z birikmaning turini belgilab beradi, turk tilida esa, aksincha, izohlayotgan so‘z – tobe so‘zga 
qarab birikmaning turi aniqlanadi. Masalan, go‘zal qiz – güzel kız birikmasi o‘zbek 
tilshunosligida otli birikma hisoblansa, turk tilshunosligi nuqtai nazaridan sifat birikmadir.
A.N.Baskakov asosli taʼkidlaganidek, turk tilidagi so‘z guruhlari yoki birikmalari 
tasniflarida, morfologik va sintaktik kategoriyalarni qorishtirib yuborish holatlari ko‘zga 
tashlanadi. Tasniflarning muayyan meʼyorlarga asoslanmaganligi sababli birikmalar yoki so‘z 
guruhlari tasnifi turli sintaktik konstruksiyalar va morfologik shakllarning yig‘indisidan iborat 
bo‘lib qolgan [Baskakov, 1974 : 9-10]. Demak, turk tilshunosligida tilga olingan so‘z 
guruhlarining gapda bir sintaktik vazifani bajarishi eʼtirof etilgan. Natijada so‘zga atributiv 
munosabat bilan bog‘langan so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ajratilmagan. 
Gap bo‘laklarining ifoda materiallari bo‘yicha tadqiqot olib borish natijasida bir masala 
alohida eʼtiborni jalb etadi. Bu, turli tilshunoslar tomonidan polupredikativlik, qo‘shimcha 
predikatsiya, ikkilamchi predikatsiya yoki tobe predikatsiya deb nomlanuvchi til hodisasidir. 
Zero, feʼlli o‘ramlar (ravishdoshlar, sifatdoshlar, harakat nomlari, shart feʼlli oborotlar), 
substantiv va adʼektiv xarakterdagi o‘ramlar, ajratilgan bo‘laklarda polupredikativlikning 
mavjudligi masalasi o‘zbek tilshunoslari tomonidan eʼtirof etiladi [Abduraxmanov, 1971 : 139; 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1966]. A.N. Nurmonov predikativlik hamda polupredikativlik 
masalasining tilshunoslikda o‘rganilishi masalasini tadqiq etar ekan, ikkinchi darajali 
predikativlik, yarim predikativlik haqidagi fikrlarni inkor etadi. Tilshunos, predikativlik gapning 
asosiy konstruktuv belgisi ekan, bu belgining mavjudligini eʼtirof etish har qanday 
konstruksiyani gapga aylantiradi, degan xulosaga keladi. Zero, ikkinchi darajali predikativ 
konstruksiya deb nomlangan konstruksiyalar nominalizatsiyalashgan tuzilmalar sifatida qabul 
qilinadi [Nurmonov, 1982 : 77-80]. Binobarin, N.Mahmudovning fikricha, nominalizatsiyaga 
uchragan konstruksiyalar nominalizatsiyadan so‘ng ham predikativlik funksiyalarini, garchi, 
ikkinchi planda bo‘lsa ham saqlaydi [Maxmudov, 1995:98].
Turk tilshunosligidagi kengaytirilgan sifatdosh o‘ramlarini nisbiy konstruksiyalar sifatida 
o‘rganish hollari kuzatiladi [Dede, 1976; Hankamer, Knecht, 1976]. Ichki predikatsiyaga ega 
ushbu til birliklari har ikki tilda ham bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga xoslangandir. Ajralmas 
sintaktik konstruksiyalar J.Malder tarafidan kiritma gaplar deb ham atalgan [Mulder, 1976]. 
Ayni kiritma gaplarning nominalizatsiya hodisasiga uchraganligi eʼtirof etiladi.
Masalan:
Bu adam bana Ayşe kitabı o adama verdiğini söyledi. — Bu odam menga Oysha kitobni 
o‘sha odamga berganini aytdi.
Bu gapda ajratib ko‘rsatilgan birlik, tilshunosning fikriga qaraganda, nominalizatsiyaga 
uchragan kiritma gap bo‘lib, gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. Demak, har ikki 
tilda ham polupredikativ birliklar (qanday atalishidan qatʼi nazar) gapda bir gap bo‘lagi 
vazifasini ado etishi taʼkidlanadi. 


286 
Xulosa qilib aytganda, turk tilidagi so‘z guruhi atamalari bo‘yicha bildirilgan fikr-
mulohazalar tahlilidan maʼlum bo‘ladiki, o‘zbek tilshunosligidagi so‘z birikmasi va turk 
tilshunosligidagi so‘z guruhi tushunchalari sintaksisning o‘rganish obʼekti sifatida vazifasi, 
ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra ayni muvofiqlikka (tenglikka) ega, ammo ushbu til birliklariga 
yondashuvlarda, ularning turlarida, ifoda plani xususidagi fikrlarda anchagina farqlar mavjud. 
Turk tilshunoslarining fikrlariga qaraganda, keltirilgan so‘z guruhlari gap tarkibida bir 
gap bo‘lagi vazifasini bajarishga mo‘ljallangan. Lekin yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, ajratilgan 
so‘z guruhlarining hammasi shaklan so‘z birikmasi talablariga javob bermaydi, zero, juft, 
takroriy, qo‘shma so‘zlar birikuv usullariga ko‘ra so‘z birikmasining alohida turi bo‘la olmaydi. 
Chunonchi, so‘z birikmasi sifatida farqlanishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalarni gapda har doim 
bir gap bo‘lagi vazifasida keladi, deb bo‘lmaydi. So‘z birikmalarining ajralmas sintaktik 
konstruksiyaga aylanganlarigina bir gap bo‘lagiga teng keladi. Shu bilan birga, turk 
tilshunosligida qayd etilgan ushbu vaziyat boshqa gap bo‘laklarining tavsifiga ham taʼsir qilgan, 
natijada so‘z guruhlarining ega, kesim, ikkinchi darajali gap bo‘laklari vazifasida kelishi qayd 
etilgan.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling