Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Abulg‘oziy Bahodirxon “Shajarayi turk”. T.: Cho‘lpon.1992. 
2. Mamatov A “Zamonaviy lingvistika” “Tafakkur avlodi” – T.: 2020. 167 S. 
3. Jo‘rayev M. “Sehrli raqamlar siri” – T.: 1991.
4. Jo‘raqo‘ziyev N. I. Fil.fan.bo‘y. PhD.avtofef. “Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda 
kosmogonogik mifologiya” – 2018. 
5. O‘zbek xalq maqollari T.:2005.
6. Бородин А. И. Число и мистика , Д.:1975. 
7. Кисляков Н. А. Очерки по истории семьи и брака у народов Средный Азии и 
Казахстана, Л.:1969 
 
BADIIY TIL IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISHDA FOLKLOR 
AN’ANALARINING O‘RNI 
THE ROLE OF FOLKLORE TRADITIONS IN EXPANDING THE 
POSSIBILITIES OF ARTISTIC LANGUAGE
 
Yulduz Eshmatova 

 
Annotation. This article analyzes modern prose language. Reflection factors of folklore 
traditions in modern Uzbek prose are explained on the basis of the works of Bahadir Kabul. The 
prose works provide information on the role of folklore traditions in expanding the possibilities 
of the artistic language. 
Key words: story, short story, legend, irony, spirituality. 
Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida kayvoni onaxonlar, kampirlar, o‘zbekning g‘amgin, 
mushfiq, mehribon ayol obrazi Nazar Eshonqulning “Urush odamlari”, Shoyim Bo‘tayevning 

PhD, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi, munis_76@mail.ru


305 
“Kayvonining mangu makoni”, “Yulduzlarga eltar yo‘l”, Sobir O‘narning “Chambilbelning 
oydalasi”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Chayongul”, Bahodir Qobulning “Enashamol” 
qissalarida uchraydi.
Shoyim Bo‘tayevning Kampirlar obrazini yaratishdagi tajribalari “Sho‘rodan qolgan 
odamlar”, “Kunbotardagi bog‘”, “Kayvonining mangu makoni”, “Yulduzlarga eltar yo‘l” 
qissalarida ko‘rinish bergan edi. Yozuvchining “Kayvonining mangu makoni” ertak-qissasida 
ham kampir obrazi uchraydi. Bu qissada tasvirlangan kampir va kayvoni erkak kinoyaviy nigoh 
bilan yaratilgan. Adib “Kayvoni” nomiga teskari ma’no yuklaydi. Bu elning oldi bo‘lgan 
kayvoni og‘zi tinmay qarg‘aydigan, kuchugini qarg‘ab, uyidan quvib solgan, so‘ngra ko‘ziga 
Oqtosh (kuchugining oti) ko‘rinib, uyiga qaytarib kelishga jahd qilgan ajabtovur fe’lli, fikrlashi, 
dunyoqarashi nihoyatda haminqadar bir kishi hisoblanadi. “Kayvonining mangu makoni”da ham 
folklor stilizatsiyasi, afsonalarga ramziy badiiy-shartli ma’nolar yuklash kuzatiladi. Yozuvchi 
qissa janrini “ertak-qissa” deb belgilagan. Asarga Rumiydan quyidagi misra epigraf sifatida 
olingan: “Tez oching zindonnikim, zulmat bosibdur beomon!”. (Bo‘tayev Sh., 2011:1) Qissada 
Rumiy misrasidan ifodalangan johillik, johilona munosabatlar Beshkapa nomli qishloq va u 
yerda yashovchi odamlar hayotidan hikoya etiladi. Qissa xalq ertaklari singari zachin bilan 
(ammo bu zachin Shoyim Bo‘tayevga xos adabiy zachin - boshlanma) bilan boshlanadi: 
“Yumaloq yer ustida, osmon gumbazi ustida bir qishloq bo‘lgan ekan. 
Tog‘ning shundoqqina etagida ekan. 
Ko‘chki xafvi ostida qolgan ekan. 
Qadimda bu qishloqda besh tom bo‘lgan ekan, shundan uning Beshkapa nomi qolgan ekan. 
Ko‘chki xafvi tug‘ilganida tomlar ko‘paygan ekan. 
Odamlarning fe’li o‘sha-o‘sha ekan: qadimgidek. 
Qayerdan bir katta chiqsa o‘shaning tomirini o‘zlariga olib kelib bog‘lashar ekan: 
qadimgidek. 
Haminqadar qarindoshni tan olgilari kelmay, ko‘rib ko‘rmaslikka olib o‘tishar ekan: 
qadimgidek. 
Qadimda undoq edi. Qadimda bundoq edi deb, o‘z kemtiklarini xaspo‘shlab qo‘yishar 
ekan”. (Bo‘tayev Sh., 2011:1) 
Kayvonining qissaga olib kirilishidayoq Shoyim Bo‘tayevga xos kinoya, o‘tkir satira, 
kesatiq, istehzolar ko‘zga tashlanadi: “Shu qishloqda bir kayvoni bor ekan. 
Tovuqning kataginiyam buzib bo‘lmaydi, deb aytib yurguvchi ekan. 
Suygan matali shu ekan. 
Ana shu kayvoniyam... o‘pkasi to‘lganicha uy tomiga chiqib sardevorga ketmon uripti”. 
(Bo‘tayev Sh., 2011:2)
Ko‘chki xavfi tug‘ilib, Besh kapaliklar boshqa joyga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishadi. 
Kayvonining o‘y-xayollari, o‘zini tutishi, yuz ifodasi adibning kinoyaviy nigohi orqali chiziladi: 
“Kayvoni ancha fursat mutafakkirona o‘y suripti.
Ikki qoshi o‘rtasini bodomchaday tugun qilipti. 
U yoq-bu yoqqa qadam tashlapti. 
Xayol bilan bo‘lib, yupqa lablarini chapillatib ham qo‘yipti. Aslida, uning bundaychangi 
odati yo‘q ekan. Yana u yoqqa-bu yoqqa qadam tashlapti-da, bir yerda to‘xtab, barcha 
jumboqlarni bir himo bilan yechib yuboradigandek, ha-a, deya xitop qilipti. So‘ngra dunyoda 
tovuqning ham katagini buzib bo‘lmasligi haqida shunaqa dono gaplarni aytiptiki, bunday 
gaplarni uloqib ketgan matal to‘qigich ham harchand aytolmaskan; juda qoyil-maqom hikmatlar 
ekan, ularni eshitgandan keyin dunyodagi barcha xumboshlarning tovuqboqar bo‘lganiga hech 
qanday shubha qolmaskan”. Qissa matnida og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos uslub saqlanib 
qolgan. Nazarimizda, bu yozuvchining ertak stilizatsiyasini to‘la ifodalash uchun qilgan ijodiy 
tajribasi mahsulidir. Yozuvchi ataylab, adabiy til me’yorlariga amal qilmaydi. 
Shoyim Bo‘tayevning Kayvoni obrazini yaratishdagi kinoyasi hatto bora-bora 
masxaraomuz darajaga chiqadi. Shu paytgacha boshqa qissalarida qo‘llamagan masxaraomuz 
kinoya “Kayvonining mangu makoni”da kuzatiladi. Hatto kayvoni oldiniga erkalab, so‘ngra esa 


306 
qarg‘ab yurgan iti haqidagi lavhalarda kinoyaviy nigoh bilan satirik uslub qorishib ketadi.
Qissada kayvoni obrazidan tashqari Maston kampir obrazi ham bor. Maston kampir o‘lgudek 
xasis, ziqna bir ayol. Och qolib ketgan mardikorlar uning shaparagini yegach, battar ichlari 
siyrilib ketardi. Adib Maston buvi qiyofasida birovga xayri tegmaydigan ayollar timsolini 
mujassamlashtiradi. Bu qissada shunday ifodalanadi: “Maston buvi deganlari kuvda ayron 
pishirgan, bir tuyur yog‘ni chalpakka o‘rab tushirgan, tishdan qolsa ham gapdan qolmagan
ko‘zdan qolsa ham gapdan qolmagan, yetti mahallani kezib gap izlagan bir kampir ekan. 
U non so‘rab borgan quruvchilarga bitta qotgan shaparak beripti. Keyin u yoqqa o‘tsa ham 
shuni gapiripti, bu yoqqa o‘tsa ham shuni gapiripti.
- Hammaning ham non yeydigan tishi bor, - derkan u gapni uzoqdan boshlab. – O‘l qo‘y-
da! Biz bechoralardan non so‘rab kepti. O‘zi qishga g‘amlab
qo‘yganim ikki qop bug‘doy bo‘lsa, uni tishimning kavagida asrab, yesammi-yemasammi, deb 
yurgan bo‘lsam-u, yana mendan non so‘rab kelsa-ya! Mol-hollarimiz o‘tlaydigan joylarni egallab 
olib, qavat-qavat imoratlar solib yotishipti-yu, yana yeyishga nonlari yo‘q emish. Imoratga pul 
topishar emish-u, non yeyishga kelganda... bir g‘arib kampirga kunlari qopti! 
Maston buvi o‘zini g‘arib deb atapti. 
Keyin ko‘ngli to‘liqib yig‘lab ham yuboribdi”. (Bo‘tayev Sh., 2011:3) 
Yozuvchi qissada Maston kampirning dardi holini berish orqali ikki yoqlama kinoyaviy 
munosabat hosil qiladi. Birinchidan, yozuvchining Maston kampirga kinoyasi, ikkinchi 
tomondan esa, qahramon, Maston kampirning dachalar qurib, ustalarining qornini to‘ydira 
olmaydigan zamonaviy “yangi boylar”ga kinoyasi anglashiladi. “Kayvonining mangu makoni” 
qissasida o‘tish davri odamlarining qiyinchiliklari, pulsizlik, ishsizlik, kamdaromadlilik kabi 
qator ijtimoiy, maishiy muammolar qalamga olingan. Ochlikdan sillasi qurigan Quruvchilar 
kayvonining kuchugini so‘yib yeyishadi. Kayvoni qish kunida, qor gupillab yog‘ib turgan 
pallada kuchugi Oqtoshni izlab, topib beringlar, deb akasi Avaz podachining uyiga boradi. Avaz 
podachi kuchukni izlab yurib, uning to‘kilib yotgan junini, qon tomchilarini topadi. Kayvoni 
Avaz podachi bilan ukasini kuta-kuta o‘zi yo‘lga tushadi. Bu qissada shunday tasvirlanadi: 
“Kayvoni yo‘lga tushipti.
Kayvoni qiyamalik ostiga yetgach, tepaga qarapti: hammayoqni qor bosgan, bilmagan odam 
qayoqdan yurishga ham hayron bo‘lar ekan. Kayvoniga bo‘lsa... bu yerlar qadrdon joylar ekan, 
qanchalik qalin qor ostida qolgan esa-da, yo‘lni iskab bo‘lsayam topa olar ekan – o‘ziga-o‘zi 
shunday depti; bundan tashqari daraxatlar, na’mataklar bor ekan, kayvoniga yo‘l ko‘rsatib 
turishar ekan...” (Bo‘tayev Sh., 2011:4) Qissa kayvonining fojiasi bilan yakunlanadi. Yo‘qolgan 
kuchugini izlab, yo‘lga chiqqan kayvoni qor ko‘chib, chuqurlikda oyoqlari sinib halok bo‘ladi. 
Uni aka-ukalari topib olib ketishadi. “Kayvoni” so‘zi odatda, Ayollarga nisbatan ishlatiladi. 
Shoyim Bo‘tayev bu qissada elning kayvonisi bo‘lgan kishi (musofir odam) haqida ertaknamo 
asar bitadi. Qissa yakunidagina Kayvonining ayol emas, erkak ekanini anglab yetasiz. Qissaga 
asosiy syujet sifatida tanlangan voqea, kayvonining kuchugini quvib solishi, so‘ngra uni izlab 
yo‘lga chiqishi, aka-ukalaridan yordam so‘rashi, o‘zi ham Oqtoshni izlab, chuqurga tushib ketib 
halok bo‘lishi satirik va tragik lavhalar yaratilishga asos bo‘lgan. Kayvoni o‘zini juda aqlli qilib 
ko‘rsatishga urinadi. Og‘zi tinmay yig‘laydigan o‘g‘lini kelajakda buyuk shaxs chiqadi, deb 
bashorat qiladi. U o‘zini salkam bir bashoratgo‘y, avliyo odamdek tutadi. Yozuvchi ayollar 
ruhiyatining nihoyatda nozikligiga urg‘u berib, ular hayotidagi dramatizm va tragik holatlar 
sababini ochishga harakat qiladi. Jumladan, Buvish kampir, nazoratchining ayoli farzand 
dog‘ida kuyib vafot etgan ona taqdiri sabablari aslida ularni qurshab turgan yaqinlari, 
hamkasblarining loqaydligi, yordamga muhtoj odamlarga beparvo kuzatuvchi bo‘lib 
yashaganliklari oqibati ekanini haqqoniy yoritadi. 
Inson ruhiyatining chuqur tahlili, uning ong osti, yashirin sir-sinoatlarini yanada 
mukammal tushunish va tasvirlash doimo, eng qadimgi davrlardan boshlab adabiyotning eng 
asosiy muammosi bo‘lib kelgan. Shu bois badiiy asarda inson ruhiyatining chuqur va batafsil 
tahlilini adabiyotning sifat belgisini ko‘rsatuvchi xususiyat deyish mumkin. Ruhiyat tasviri 


307 
muammosi jahon ilm-fanidagi kabi o‘zbek adabiyotshunosligida ham doimo muhim va dolzarb 
tadqiqot muammosiga aylanib kelgan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling