Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Key words: term, official documents, history of statehood, “Avesta”, Turkish language,
terms of historical state administration. Insoniyat hayotida ro‘y beradigan siyosiy, ijtimoiy hayot, madaniy jarayonlar va iqtisodiy munosabatlar davlat boshqaruvi asosida amalga oshadi. Har bir jamiyadagi rivojlanish davlat boshqaruvining mukammal ekanligini isbotlaydi. Davlat boshqaruvining mukammalligi esa bir necha asrlarga ming yilliklarga borib taqaladi. Davlat boshqaruvi bugungi kunda muhim sohalardan biri bo‘lib, bu sohga tegishli rasmiy hujjatlarni lingvistik tahlil qilish, tarixiy tarqqiyotini o‘rganish, terminologik tadqiqot olib borish fanning keyingi taraqqiyoti uchun dolzarbdir. O‘zbek tilidagi davlat boshqaruvi terminlarining shakllanishi bevosita davlatchilikning tarixi, jamiyatning shu davrga qadar qanday mezonlar asosida boshqarilganligi muhimdir. Manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, davlat ishlari, boshqaruv tizimi bilan bog‘liq qarashlar mujassamlashgan asarlarning bizga ma’lumlaridan eng qadimgilari IX -X asrlarga borib taqaldi. Abu nasr Forobiyning “Fozil shahar, johil shahar, buzuq shahar(adashgan shahar) haqida kitob”, “Fozil shahar ahlining boshlang‘ich qarashlari haqida”, “Shaharni o‘rganish haqida kitob”, “Millat (xalq) va shaharni boshqarish huquqlari to‘g‘risida so‘z”, “Askarlarni boshqarish haqida so‘z”, “Shahar jamoalari haqida kitob”, “Umumiy boshqarish (siyosat) kitobi”, “Siyosat al- madaniya” kabi asarlarni nazarda tutmoqdamiz. Forobiy adolatli hukmdor, odil boshqaruv va insonparvar jamiyat haqida o‘z qarashlarini va fikr mulohazalarini bayon etgan. Jamiyatda o‘rnatilgan qoidalar hamda yaratilgan sharoitlar negizida insonlar baxtga, tinchlikka erishadi va natijada bunday davlatda boshqaruv adolatli bo‘ladi, aksincha bo‘lsa, baxtsizlikka, urush va tartibsizlikka yo‘l ochilishini ta’kidlaydi. Shuningdek, Forobiy bobomiz fozil shahar eng adolatli va maʼrifatli donishmand tomonidan boshqarilib, bu aholining o‘zaro ko‘maklashuviga, bir- biriga yordam berishiga asoslanadi, deb hisoblaydi. Biz aynan Forobiyning asarlarida davlat boshqaruviga bag‘ishlangan masalalarning nazariy asoslari yoritilganligiga guvoh bo‘lamiz. Davlat boshqaruvi terminlarining shakllanishi va tarixiy taraqqiyotini yanada chuqurroq o‘rganish uchun tarixiy qo‘lyozmalar, hujjatlar bizga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. “So‘nggi davrlarda topilayotgan manbalar ona vatanimizda hukm surgan saltanatlarda davlat boshqaruviga tegishli hujjatlar mahalliy til va yozuvlarda olib borilganligini ko‘rsatmoqda. Chunonchi, qadimgi xitoy solnomalaridagi qaydlar, eramizdan burungi 200 yilliklarda turkiy hukmdorlrning xitoylarga yo‘llagan rasmiy yozishmalari ham qadimgi turkiy xalqlarning o‘z yozuvlari va tilida ekanini tasdiqlaydi”. Demak, aytishimiz mukinki, tarixda davlat boshqaruvi terminlarning asosiy qismini turkiy so‘zlar tashkil qilgan. Shu paytga qadar davlat boshqaruvi va qonunchiligi bilan bog‘liq terminlar tarixiy, badiiy asarlar tarkibida yetib kelgan. “Avesto”, Urxun bitiklari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgu bilig”, Nizomulmulkning “Siyar ul-muluk” asari “Temur tuzuklari” kabi bir necha manbalarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, o‘zbek davlatchiligi tarixini yoritish va tilini tahlil qilishda xitoy manbalarining ham o‘rni ahamiyatli. Aynan milodiy asrlar boshlanishiga qadar bo‘lgan davrlardagi davlat boshqaruvi xitoy manbalarida mukammal yoritilgan. “Avesto” davlat boshqaruvi terminlari shakllanish tarixini o‘rganish uchun nodir manba bo‘lib, mazkur manba miloddan avvalgi VIII – VII asrlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va diniy Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling