Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
kampaniysi, ekin kampaniysi vazifalari, yengil sanoat, og‘ir sanoat, ichki bozorlarda, prasant va
boshqalar. Ko‘rinib turganidek, bulardan ayrimlari so‘zlashuv nutqidagidek talaffuz etilgan va aynan shunday qo‘llangan. Shu bilan birga, xalq nutqiga xos leksik vositalarni, so‘zlashuv nutqiga taalluqli ixcham jumlalarni, jonli so‘zlashuvga doir har xil ibora va jumla tuzilishlarini ham ko‘plab keltirish mumkin. Ammo shu bilan birga, 20-yillar gazetalari sahifalarida hozirgi o‘zbek adabiy tili grammatik qonuniyatlariga unchalik mos tushmaydigan ba’zi jumlalar va sarlavhalar ham uchraydiki, buni o‘sish davri qiyinchiliklari tarzida talqin etish lozim. Shuningdek, 20-yillardagi gazeta materiallari tili bilan hozirgi kun gazeta materiallari tilining ba’zi leksik va grammatik xususiyatlarini ayrim misollar orqali taqqoslab, quyidagi farqlarni kuzatish mumkin. Bu farqlar dastlab ayrim leksik vositalarni qo‘llashda ko‘zga tashlanadi. Ba’zi so‘zlar, asosan, ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar, xalqqa hali tanish bo‘lmaganligi sababli, og‘zaki nutqda, hatto, jonli so‘zlashuvda qanday talaffuz etilgan bo‘lsa, gazeta tilida ham shundayligicha qo‘llangan: kurs, klub so‘zlari qurs, qulub, zavod so‘zi zavud, mart so‘zi mort, stol so‘zi ustol, budka so‘zi bo‘tka, stansiya so‘zi istansa va h.k. Demak, rus tili va u orqali qabul qilingan so‘zlar o‘sha davrda fonetik jihatdan qanday o‘zgartirib talaffuz qilingan bo‘lsa, shundayligicha gazetada yozilgan. Hatto, o‘zbek tilida avvaldan qo‘llanib kelingan ba’zi so‘zlar ham jonli so‘zlashuvdagi holatida yozilgan o‘rinlarni ham kuzatish mumkin. Ba'zi qo‘shimchalarning qo‘llanishi va yozilishida ham shakliy har xilliklar bor. Masalan, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -g‘a shaklida ham, -ga shaklida ham faol qo‘llangan: olmasliklarig‘a, saylashg‘a, dehqonlarg‘a, jalb qilishg‘a, urushga qarshi turishga va boshqalar. Sifatdosh va boshqa ba’zi qo‘shimchalarning ishlatilishida ham har xillik bor: ishlab chiqarish joylari (fabrika va zavudlar) xili ko‘paygan va ishchilar bilan dehqonlar orasida anchagina yaqinlik bo‘lg‘on; ko‘p tayyorliklar bilan bo‘lg‘oni; o‘quvchilar tayyorlaydurg‘on kurslarda (1925); 5 prasant kamaytira olg‘on (1927); matlubot kapiratsiyasi to‘g‘risida chiqorilg‘on, likn shu kunda kuchini yo‘qotg‘on va bikor qiling‘on (1925). Hatto, bu qo‘shimchaning talaffuz asosidagi -kan shakli ham mavjud: “Haqiqatan, shu bahordayoq umumlashkan sektordagi ekin… (1930) Shuningdek, -lik qo‘shimchasiga nisbatan -liq qo‘shimchasi ancha faol qo‘llanganini ham kuzatish mumkin. Keltirilgan misollardan shu narsa anglashiladiki, 20-yillardagi gazeta nutqining orfografiyasi (so‘z va iboralarni, tovushlarni yozish)da, asosan, talaffuzga tayanilgan ekan. Bunga sabab imloviy mezonlarning, imlo qoidalarining yaxshi ishlab chiqilmaganligi, adabiy me’yorning qabul qilinmaganligi va yetuk mutaxassislar, olimlar, jurnalistlar hamda tarjimonlarning nihoyatda kamligi edi. Gazeta nutqining tezkorligi, ta’sirchanligini ta’minlash yo‘lidagi qiyinchiliklar asta-sekin bartaraf etila bordi. Keyinchalik ba’zi leksik vositalarning ma’lum matndagi o‘rni, vazifasi o‘zgardi. 25-30-yillardagi gazetalarda qo‘llangan yo‘l solmoq iborasi yo‘l qurmoq, bino yasamoq iborasi bino qurmoq, doklad yasamoq iborasi ma’ruza qilmoq kabi variantlar bilan almashtirildi. Ayrim maqolalarda xalqning hayoti, turmushi, hayot tarzi, turmush kechirishi, turmush sharoiti kabi ma’nolarni ifodalash uchun ro‘zg‘or so‘zi qo‘llanganini kuzatish mumkin. Hatto, bu so‘z quyidagi holatda boshqa ma’noda ham qo‘llangan: ro‘zg‘or bonkasi (1925)/ Hozir bu 82 so‘z (ro‘zg‘or) yuqoridagidek mavzularda turmushi, turmush sharoiti, iqtisodiy ahvoli, moddiy ahvoli, iqtisodiy hayoti, hayot tarzi, turmush darajasi kabi so‘z va iboralar bilan almashtirilgan. Ro‘zg‘or so‘zi faqat o‘zining dastlabki asl ma’nosida ro‘zg‘or, ro‘zg‘or tutish, ro‘zg‘or tebratish, uy-ro‘zg‘or kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Bunday holatlar, ya’ni so‘z qo‘llash va grammatik vositalardan foydalanishdagi har xilliklar, shevaviy xususiyatlarning saqlanishi, jonli so‘zlashuvdagi talaffuzga va umuman og‘zaki talaffuzga xos qo‘llanishlar 20-30- yillar gazetalari tilida hali mavjud edi. Ammo bu farqlarni gazeta tilining nuqsoni deb bo‘lmaydi. Eng muhimi: bu holatlar gazetalarning jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanganini ko‘rsatadi, chunki adabiy til me’yorlari o‘sha davrda hali to‘la ishlanmagan edi.Turli yasovchi va o‘zgartuvchi qo‘shimchalarning qo‘llanishida singarmonizmga xos holatlar ko‘zga tashlanardi. Demak, mana shu qo‘shimchalarning (ba’zan ayrim leksik vositalarning ham) qo‘llanishidagi har xillik gazetaning kamchiligi emas, balki o‘sha davr yozma adabiy tili, jumladan, gazeta tilida ham davom etib kelgan an’anaviy kitobiylikning yuqori darajada saqlanib qolganligi va dialektal holatlar taqozosidir. Shuning uchun ham biz gazeta tilidagi bunday xususiyatlarni izlanish qiyinchiliklari, rivojlanish yo‘lidagi bosqichlar, gazeta tilining evolyutsion taraqqiyoti sifatida qarashni lozim topamiz. Xullas, 20-yillar gazetalari ham qadimdan yashab kelgan xalq tili boyligiga tayandi. Xalq tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, nutq vositalarini o‘z sahifalarida takror-takror qo‘lladi, ularni keng xalq ommasiga yoyishda faollik ko‘rsatdi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling