Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
PAYT MA’NOSIDAGI KO‘MAKCHILARNING SEMANTIK – FUNKSIONAL
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
PAYT MA’NOSIDAGI KO‘MAKCHILARNING SEMANTIK – FUNKSIONAL
XUSUSIYATLARI SEMANTIC-FUNCTIONAL CHARACTERISTICS OF AUXILIARIES IN THE SENSE OF TIME Davlatyor Jumashov Annotation. This article covers theoretical issues related to the semantic-functional characteristics of the prepositions in the meaning of the moment. The article focuses on the semantics of the moment preposition. Key words: preposition, semantics, cause preposition, comparative, pasens, lexical meaning, language unity. Payt tushunchasi falsafada materiyaning borliq shakli (yoki atributi) bo‘lib, bu barcha obyektlar mavjudligining davomiyligini holatlar almashinuvining izchilligini xarakterlaydi. Hozirgi o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning vaqt ma’nosini ifodalashi keng kuzatiladi. O‘zbek tilida payt ma’nosi ifodalanishi, analitik formalar (ya’ni ko‘makchilar ishtirokida) orqali yasalishi keng kuzatiladi. Bunday shakllarni yasovchi ko‘makchilar semantikasida payt ma’nosi anglashilib turadi. Aniqrog‘i, o‘zidan oldingi kelgan so‘z payt ma’nosidagi so‘zlardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilidagi payt ma’nosidagi ko‘makchilar anchagina: bilan, sayin, bo‘yi, tomon, so‘ng, keyin, beri, buyon, muqaddam, burun, ilgari, boshlab kabilar. Mazkur ko‘makchilarning ma’no xususiyati analitik shakl orqali hosil bo‘ladi. Bu xaqda X. Axmatovaning maxsus maqolasi ham e’lon qilingan [Axmatova X., 1986 47-51-bet]. Ushbu maqolada payt munosabatini ifodalovchi ko‘makchili birikmalar haqida batafsil so‘z yuritiladi. Xususan, bilan ko‘makchisining to‘rt holatda payt munosabatini, qadar ko‘makchisining uch xolatda, sayin ko‘makchisining to‘rt holatda ish-harakatning bajarilishi, davomiyligi kabi munosabatlarini ko‘rsatadi. Shunday qilib, o‘zbek tilidan olingan faktik materiallar asosida ko‘makchilarining payt ma’nosi ifodalashini ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlanganidek, payt munosabati turli ko‘makchilar orqali ifodalanadi. Shunga muvofiq har bir ko‘makchining ma’no munosabatlarini funksional jihatlari haqida to‘xtalamiz. Bilan ko‘makchili analitik birikma payt munosabatini ifodalaydi: 1) fe’ldan anglashilgan ish-harakat, holat, voqea-hodisalarning bajarilish, davom etish paytini bildiradi: Er xotin kechasi bilan uxlamay uf tortib chiqdi (M.Xazratqulov). Qayumjon kechasi bilan o‘y o‘ylab chiqdi (S.Ahmad). Bunday hollarda bilan ko‘makchisi odatda kechasi, kunduzi, ertasi kabi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga keladi; 2) harakat nomlari bilan birikib, subyektning bir harakatidan keyin ikkinchisining boshlanganligini bildiradi. Birinchi harakat keyingi harakatning bajarilish paytini bildiradi. Masalan: Navbatdagi trolleybusning oldingi eshigi shundoqqina ro‘parasiga to‘g‘ri keladi va u sharaqlab ochilishi bilan feruza tushdi (M.Xazratqulov). Xalidan beri xayolida aylanayotgan nomni eshitishi bilan Sa’dullaning yuragi jizillab ketdi (M.Xazratqulov). Tili chiqib, biyron bo‘lib qolgan do‘boqchasini yerga qo‘yishi bilan u yugurib borib, buvisining yoniga yotib oldida, akalarining yomonligidan arz qildi (T.Malik); 3) payt-natija ma’no munosabatini ifodalaganda ko‘makchi harakat nomi bilan birikadi va harakatning bajarilish paytini ifodalaydi. Masalan: Ertaga ishga kelishi bilan gazetalarni bir-bir ko‘zdan kechirib, bexafsala dalaga chiqib ketardi (S.Axmad). Shu bois u qo‘liga piyolani olishi bilan Feruza ichkari xonaga, bir narsani bahonalab, kirib ketdi (M.Xazratqulov). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘makchilar harakat nomi bilan birikib, o‘zi –oq qo‘shimchasini olsa, harakatning qisqa muddatda bo‘lganligi anglashiladi: Bekrov Fokis gapini Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling