Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


EVFEMIZMLARDA GRADUONIMIK MUNOSABATNING IFODALANISHI


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

EVFEMIZMLARDA GRADUONIMIK MUNOSABATNING IFODALANISHI 
EXPRESSION OF GRADUONYMIC RELATIONSHIP IN EUPHEMISMS 
Sirojiddin Turdimurodov 

 
 
Annotation. In this article, the first views on whether or not the rule of graduonymic 
(grading) is followed among the lexemes with euphemistic meaning in the explanatory 
dictionaries of the Uzbek language are expressed. In the explanatory dictionaries of the Uzbek 
language, the graduonymic approach in the dictionary article of lexemes with euphemistic 
meaning is important in distinguishing the facets of word meaning and in correctly 
understanding their use. 
Key words: euphemism, euphemistic graduonymy, euphemistic lexemes, synonymous 
series, graduonymic approach
Ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (1981) nashr etilganda keyin o‘tgan davr 
mobaynida respublikamiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar, 
xususan, mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi, til siyosatidagi katta yutuqlar, “Davlat tili 
haqida”gi qonunning qabul qilinishi, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi natijasida 
uning to‘laqonli rivojlanishga keng yo‘l ochishi, qolaversa, yangicha iqtisodiy munosabatlar, 
jahonning ko‘plab ilg‘or mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar o‘zbek tili va 
uning leksikasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi bunday jiddiy 
o‘zgarishlar davr talabiga javob beradigan yangi izohli lug‘atlar yaratish zaruratini keltirib 
chiqaradi. Natijada 2006-2008, 2020-yillarda nashr etilgan 5 tomli “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati” da birinchi navbatda hozirgi tilimizda iste’molda bo‘lgan, keng qo‘llanilayotgan 80 
mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmalari izoh va illyustratsiyalar bilan ta’minlangan, so‘z va so‘z 
birikmalari (sheva so‘zlari va terminlar qisman), frazeologizmlar hamda ularning barcha 
ma’nolarini mumkin qadar kengroq ko‘rsatishga ahamiyat berilgan; lug‘atning xronologik 
chegarasi XX asrning boshidan XXI asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab olsa-da, unda 
hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlariga mos keladigan, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari 
asarlarida uchraydigan, lekin hozirgacha o‘z shakl va ma’nolarini saqlab qolgan lug‘aviy 

Dotsent. v.b., Termiz davlat universiteti, 
turdimurodovsirojiddin42@gmail.com
 


74 
birliklar ham aks ettirilgan. Shuningdek, respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi 
yillarda iste’molga kirgan turli fan sohalariga oid asosiy so‘z-terminlar, neologizmlar sheva va 
folklorga xos ayrim so‘z va iboralar, o‘tmish madaniy yodgorliklarimizda uchraydigan diniy-
falsafiy atamalar ham alohida o‘rin egallagan. 
Yangi izohli lug‘atda lug‘atchilikning tavsifiy, sinonimik, qomusiy, havola kabi izoh 
usullaridan, uzviy (komponent) tahlil usulidan, jahon lug‘atchiligi tajribalaridan keng va unumli 
foydalanilgan. 
Lug‘at tuzishda asosiy e’tibor lug‘at maqolasini to‘g‘ri shakllantirishga qaratiladi, chunki 
izohli lug‘at aynan lug‘at maqolalaridan tashkil topadi. Bosh so‘z va uning ma’nosi 
(ma’nolari)ga beriladigan izoh lug‘at maqolasining doimiy komponentlari hisoblanadi, ya’ni, har 
bir lug‘at maqolasida shu komponentlar ,albatta, bo‘ladi. Qolgan komponentlar esa lug‘at 
maqolasida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Chunki ularning ayrimlari tilda bo‘lmasligi yoki 
ularni lug‘at maqolasida qayd etishga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin.
Leksik ma’no leksik semantikaning asosiy kategoriyasi, markaziy tushunchasidir. Har 
qanday leksik birlik ikki jihatning – nom (shakl) va leksik ma’noning barqaror birikuvidan 
tashkil topadi [Hakimova, 2008: 10]. So‘zning semantik strukturasi o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lganligi tufayli uning leksikografik talqini ham har doim nazariy va amaliy tilshunoslikning 
dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bugungi kunda o‘zbek leksikografiyasi so‘zlarning 
ma’noviy talqini masalasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 
o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi. Lug‘atning asosiy vazifasi 
o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorlarini 
belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so‘z 
yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi. [Qo‘ziyev, 2018: 5].
O‘zbek tilining izohli lug‘atida so‘zliklarning evfemik darajalanish ma’nolarida 
qo‘llanilishi haqidagi qaydlarni berish shu so‘zning anglatgan ma’nolarini tog‘ri anglashda, 
undan nutqda o‘rinli foydalanishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbek semasiolog, leksikograf 
olimlari tomonidan bu mashaqqatli ish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Tadqiqimiz 
davomida bir qancha so‘zlarning evfemik ma’nolarda qo‘llanilishi bilan bog‘liq ma’nolari 
berilmaganligini kuzatdik. Shuningdek, evfemik ma’noli leksemalarning lug‘at maqolasida 
graduonimik yondashuv tamoyiliga so‘zlikning lug‘at maqolasida qat’iy amal qilinmaganligini 
kuzatishimiz mumkin. Shuni aytishimiz kerakki, so‘zning ma’no noziklik darajalanishlarini 
farqlashda izohli lug‘atlarnng o‘rni beqiyos deb aytishimiz mumkin. 
O‘zbek tili juda boy leksik qatlamga, tarkib jihatdan xilma-xil va o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Xususan, har bir so‘zning ma’nolari mavjud. Milliy-ma’naviy nutq 
madaniyatimizni o‘zida aks ettiruvchi ko‘chma va evfemik ma’nolarga ega lug‘aviy birliklar 
lug‘at boyligimizning salmoqli qismini tashkil etadi. 
Tilda nutq egasi tomonidan hosil qilingan evfemik ma’nolar darajasini, nutqiy madaniyat 
saviyasini, shuningdek, izohli lug‘atlarning sermazmunligini ko‘rsatuvchi muhim vositalardan 
biri evfemik ma’noli leksemalardir. Bu kabi tushuncha va birliklarning leksikografik tarzda aks 
etishi har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini anglashda muhim ahamiyatga ega. Zero xalq 
ma’naviyati va madaniy nutqi unsurlaridan biri hisoblangan, ya’ni shaxs va jamiyat 
munosabatlarida axloqiy va madaniy jihatdan qo‘llanilishi noo‘rin, qo‘pol birliklar o‘rnida 
ishlatiladigan evfemizmlarni leksikogrfik tadqiq etish ularga tilshunoslik nuqtayi nazardan 
yondashuv va yangi ilmiy-nazariy xulosalash dolzarblik kasb etadi. 
O‘zbek tilining izohli lug‘atlari (1981, 2006-2008, 2020)da lingvistik, leksikografik 
tamoyillar nazariy asoslangan lug‘at sifatida umumxalq tili va adabiy tilimizga mansub bir talay 
leksemalarni aks ettirishga erishildi. Аmmo bu davrda o‘zbek tili evfemizmlarini tadqiq etgan 
olimlar N.Ismatullayev, A.Omonturdiyev, H.Shamsiddinov, X.Qodirova, Sh.G‘ulomova, 
D.Rustamova, N.G‘aybullayevalar uni asosan uslubshunoslikning obʼekti sifatida qarab, bu 
borada bir talay ishlar amalga oshirildi [Turdimurodov, 2022: 77]. Ushbu ishlarda 
evfemizmlarning leksik-semantik, tematik xususiyatlari ilmiy, nazariy tomondan asoslanishga 
harakat qilingan. Shuni aytish kerakki, yuqoridagi ishlarda izohli lug‘atlarda evfemik maʼnolar 


75 
tadqiqi doirasida hech qanday fikr aytilmagan. Faqatgina evfemist А.Omonturdiev lisoniy 
evfemalarni lug‘atlashtirish mumkinligini taʼkidlagan holda [Omonturdiyev, 1997: 176], 
shuningdek, N.G‘aybullayevalar o‘z lug‘atlarini tuzdi. Yaratilgan lug‘atlar o‘zbek tilining 
alohida 
sohasiga 
aylanib 
borayotgan 
o‘zbek 
evfemiologiyasining 
taraqqiyotidir. 
Evfemiologiyaning taraqqiyoti izohli lug‘at tuzish tamoyillarini, ular orasidagi maʼlum 
nomuvofiqliklarga oydinlik kiritishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki evfemik vositalar 
nafaqat tilimizning, balki nutq madaniyatimizning boyligini oshirishga xizmat qilib 
kelayotganligi hech kimga sir emas. Shunga qaramasdan evfemik graduonimlarning 
leksikografik tadqiqi doirasida izohli lug‘atlarimizda va uning “So‘z boshi”, “Lug‘at tuzilishi va 
undan foydalanish tartibi” kabi qismlarida tilshunos lug‘atshunoslar tomonidan hech qanday 
munosabat va fikr mulohazalar bildirilmagan [Turdimurodov, 2022: 77]. (Xuddi shu asosga ega 
bo‘lgan ta’kidni avvalgi ishlarimizda evfemik ma’noli leksemalarga nisbatan ham qo‘llaganmiz). 
Evfemik ma’no mezoni real voqelik, ya’ni, tabulashtirilgan denotata ushunchaga nisbatan 
aniqlanadi. Bunda evfema deyilayotgan vosita (konnotat)ning denotatga nisbatan yumshoqlik 
darajasi nazarda tutiladi. Evfemalashtirish hodisasi aytilishi mutloq man etilgan (tabu) 
tushunchalardan tortib, aytilishi (so‘zlovchining nutqiy madaniyati, sub’ektiv qarashi bilan 
bog‘liq) mumkin yoki fakultativ xarakterga ega bo‘lgan nutqiy jarayonini o‘z ichiga oladi.
Evfemik ma’no mezoni tushunchasi keng va murakkab bo‘lib, u o‘z doirasida, tabu 
tushunchalarni yumshatish nuqtayi nazaridan denotat bilan bog‘liq holda, darajalanadi – pog‘ona 
(ierarxiya)lanadi, tizim – semantik struktura hosil qiladi [Omonturdiyev, 1997: 64]. Evfemist 
olimning ushbu fikriga tayangan holda tadqiqimiz davomida xuddi shunday evfemik sinonimlar 
qatorida ham oraliq holatning mavjud bo‘lishi farqlilikni yuzaga keltirishiga amin bo‘ldik. 
Haqiqatan, masalan, qari (qo‘llanilishi o‘zaro hurmatsizlik bilan bog‘liq) so‘zi o‘rnida uning 
yumshoq ifodasi sifatida qo‘llaniladigan bolaligi ortda qolmoq belidan quvvati ketmoq → 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling