Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Арутюнова Н.Д. Лингвистический энциклопедический словарь. – М.,1990. 2. Бабенко Л.Г. Филологический анализ текста. – М., 2004. 3. Маслова В.А. Лингвокультурология. – М., 2001. 4. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Т., 2008. 5. Gee J. P. An introduction to discourse analysis. Theory and practice. – Routledge, 2005. – 209 p. 6. Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология: Курс лекций. – М.: Гнозис, 2002. – С. 200. 7. Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. – Волгоград: Перемена, 2002. – С. 280. 8. Стародумова Е.А. Синтаксис современного русского языка. Владивосток, Изд. Дальневосточного университета, 2005. – С. 33. 9. Нурмонов А. Танланган асарлар. Уч жилдлик. III жилд. – Т.: Академнашр, 2012. – Б. 76. SIFATLASHLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. (ANVAR OBIDJON SHE’RLARI MISOLIDA) LINGUPOETIC FEATURES OF ADJECTIVES. (ON THE EXAMPLE OF ANVAR OBIDJAN'S POEMS) Nigina Sadinova Anvar Obidjon ijodida lingvopoetik vositalar tizimida sifatlash ham fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Epitet (sifatlash). Grekcha –epiteton so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, izohlovchi degan ma’noni beradi. Ammo u doimiy aniqlovchilardan o‘zining ekspressivligi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi. Epitet –poetik aniqlovchi. U narsa yoki hodisaning biror tomoni, biror xususiyati yoki belgisini alohida ta’riflab ko‘rsatish, alohida baholash uchun predmet, voqea nomini bildiruvchi so‘z oldidan qo‘shimcha ravishda keltiriladigan so‘zdir. [ Қўнғуров Р., 1977:27].Tilshunoslikka doir adabiyotlarda epitetning an’anaviy, individual, poetik tasviriy, lirik, liro-epik, doimiy (an’anaviy), metaforik, baholovchi, bezak, kuchaytiruv kabi turlari mavjudligi qayd etiladi. [Каримов С.А., 1994:27]. Individual epitetlarni badiiy matnlarda qo‘llash zamirida ehtiyoj yotadi .. [Томашевский Б.В.., 1959:200-208]. Badiiy matnlarda sifatlashdan foydalanishda muallif ma’lum bir maqsadni – matndagi badiiy estetik ta’sirchanlikni oshirishni ko‘zda tutadi. Sifatlash poetik matnlarda muallif yoki asar ishtirokchisi tomonidan tasvirlayotgan shaxslar, narsa yoki hodisaning o‘zi muhim deb Samarqand davlat universiteti katta o‘qituvchisi 71 hisoblagan sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali kitobxon e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi. Sifatlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u muallif tasvirga olgan belgini ta’riflash orqali nutq obektining o‘zi bilan ham tanishtiradi, uning poetik ta’rifini beradi hamda shu orqali kitobxonda ular to‘g‘risida muayyan tasavvur uyg‘otadi.“ Poetik matnlarda qo‘llanilgan belgi bildiruvchi hamma birliklarni sifatlash sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. “Badiiy nutqda uchraydigan barcha sifatlashlar emotsional obrazlilikning ta’minlash ko‘lami jihatidan bir xil emas. Chunki badiiy nutqda qora tun, qizil gul, yashil vodiy, metin iroda, kuchli qo‘l, oppoq yuz, qora ko‘z kabi umumnutq sifatlashlari ham uchrab, nutqning badiiy ta’sirchanligini kuchaytirishga yordamlashadi. Badiiy nutqda uchraydigan individual sifatlashlar esa kuchli nutqiy obrazlilikni ifodalashi hamda publististik va ilmiy nutqda uchramasligi bilan ajralib turadi. Shunday ekan sifatlashning bu nutqiy turi, badiiy nutqning obrazli - ta’sirchanligini oshiruvchi nutqiy omillardan biri hisoblanadi”. [Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Умурқулов Б.., 1988:96]. Anvar Obidjon ijodida qo‘llanilgan har bir sifatlash o‘ziga xos xususiyatlarga va ma’no nozikliklariga ega. Masalan, quyidagi parchada sifatlash muallif munosabati, nutq qaratilgan shaxsga berilgan baho sifatida ko‘zga tashlanadi: «Xayr» deding, demak qaytishing mumkin. Keyin yana o‘sha gaplar: aldoqchi yangiliklar, bachkana orzular, tutruqsiz xotiralar... Kel, har ehtimolga qarshi vidolashaylik. “Xayr deding” She’rda qo‘llanilgan “aldoqchi”, “bachkana”, “tutruqsiz” so‘zlari vositasida tinglovchining qanday kishi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Anvar Obidjonning nutq obektini ta’riflashda “aldoqchi”, “bachkana”, “tutruqsiz” kabi epitetlarni birin-ketin joylashtirishi uning tinglovchiga xos xususiyatlarini atroflicha yoritib berishiga imkoniyat yaratgan. Keltirilgan misollar sifatlashning munosabat ifodalashda she’riy asarlar tilida muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.“Sifatlashlarning poetik nutqdagi vazifasi nutqning aniqligi, rang-barangligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, odatda narsa va hodisaning biror xususiyatini, belgisini ajratib ajratib ko‘rsatish maqsadida narsa va hodisa nomini bildiruvchi so‘zdan oldin qo‘llaniladi. Darhaqiqat, sifatlashlar predmet narsa yoki hodisaning belgisini konkretlashtiradi, shu jarayonda fikrning emotsional bo‘yoqdorligini oshiradi. Sifatlash tasvir etilayotgan voqea-hodisaning xarakterli tomonlarini, boshqa voqea-hodisadan ajralib turuvchi belgilarini konkretlashtirib, ta’kidlab ko‘rsatadi.” [Умурқулов Б.., 1990:66-67]. Shoirning “Martin Iden” she’rida sifatlashlar vositasida ifoda mazmuni kuchaytirilgan. Matndagi “dalli”, “alamkor” sifatlashlari inson ichki olami tasvirini bersa, keyingi misralarda qo‘llanilgan “masxaraboz”, “didsiz”, “molparast”, “olchoq, “johil”, “so‘qqabosh” so‘zlari nutq obektini ta’riflash vazifasini bajargan: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling