72
Shoir tomonidan nutq obektiga nisbatan qo‘llanilgan “masxaraboz”, “didsiz”,
“molparast”, “olchoq, “johil”, “so‘qqabosh” kabi sifatlar aslida
muallifning Martin Idenni
qurshab turgan, u yashagan zamonda va makonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga manfaat nuqtayi
nazaridan yondashuvchi kishilarga berilgan ta’rifdir. Shoir yer yuzida Martin
Idenga yomonlik
qilganlarga o‘xshash odamlarning ko‘pligidan ozor chekadi, ularning molparast, olchoq va johil
ekanligidan tashvishga tushadi. Ana shunday holatda sifatlashlardan munosabat ifodasi va badiiy
bezak sifatida foydalanish shoirga qo‘l keladi.
Keltirilgan parchada masxaraboz sifati hayot so‘zi
bilan birikib,
misradan anglashilgan
ma’noni yanada kuchaytirib, bo‘rttirib tasvirlashga xizmat qilgan. Albatta,
tilimizda narsalarga
nisbatan qo‘llaniladigan sifatlarning insonga ko‘chirilishi orqali poetik matnlarda obrazlilik,
ta’sirchanlik kuchayadi. Anvar Obidjon turli poetik tasvirlarni berishda sifatlashlarning ana shu
imkoniyatlaridan mohirona foydalanadi.
Ma’lumki, har bir ijodkor she’riyatining ma’lum qismini yor tasviri egallaydi. Uni
tasvirlashda shoir ma’no ummonidan so‘z
gavharlarini izlaydi, ularni dur kabi teradi. Shoir
ijodida qo‘llanilgan ma’za-ta’m bildiruvchi shirin sifati bir qator so‘zlar bilan birikib, poetik
tasvirni kuchaytiruvchi sifatlashga aylangan:
O falak,
rahm aylabon
ko‘nglimni bog‘ esang netar,
Barq urgan olam ichra
so‘lg‘in tururman tokay?
Tund dilim
shirinsuxan
dilbar dan topmay nishon,
Do'stlaringiz bilan baham: