soch oqarmoq/soqoliga oq tushmoq → tish tushmoq → yoshuli → oqsoqol → keksa → faxriya
→ otaxon/onaxon → bobo/buvi [Omonturdiyev, 2006: 96-98] sinonimik qatorida keksa birligi
oraliq mavqeni egallaydi. Yoki mana shunday evfemik sinonim qatorlardagi so‘zlar orasida
kishining keksayish jarayoni bilan bog‘liq har bir so‘z ma’nolari orasida ma’lum graduonimik
munosabat mavjudligini, insonning taxminan oltmish yosh atrofidagi yillar oralig‘idagi yoshi va
jismoniy holatiga nisbatan qo‘llaniladigan evfemik vositalarning darajalanib qo‘llanilayotganlini
sezish mumkin. Bunday vaziyatda leksik birliklar anglatgan ma’noda belgining darajalanishi
yuzaga kelmoqda. Buning natijasida evfemik ma’nodosh qatorning boshlang‘ich a’zolari va
keyingi ma’nodosh variantlari o‘rtasida belgi darajasiga ko‘ra mazmunda qarilik holatining
ortishi yuzaga kelishini anglash mumkin. Bu esa evfemik graduonim leksemalarda farqlilik
xususiyatidan darak beradi.
O‘zbek tilidagi bu tarzda qo‘llaniladigan evfemik ma’noli leksemalar nutqimizda
muomala madaniyatining, keksalarimizni ardoqlashimizning, ularni e’zozlashimizning bir
ko‘rinishidan, qolaversa, milliyligimizning yuksak ko‘rinishidan darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ҳакимова М. Ўзбек тили семасиологияси – Тошкент, 2008. –101-б.
2. Қўзиев У. Ўзбек тилидаги изоҳли луғатларда ўзлашма сўзлар: фил. фан. бўйича
фалс. док. (PhD) дисс... aвтореф. – Фарғона, 2018. – 48-б.
3. Турдимуродов С. Ўзбек тилининг изоҳли луғатида эвфемик маънолар талқини.
ф.ф.ф.д. ...дисс. Термиз, 2022. –139 б.
4. Омонтурдиев А.Ж. Эвфемик воситаларнинг функционал хусусиятлари: Филол.
фан. номз... дисс. – Тошкент, 1997. – 176-б.
5. Омонтурдиев А.Ж. Ўзбек тилининг қисқача эвфемик луғати. – Тошкент, 2006. –
134-б.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |