Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

tugatishi bilan-oq oyog‘i kuygan tovuqday tipirchilab xonani tark etdi (H. Shayxov). Keyingi 
vaqtlarda uning eshigiga yaqinlashishimiz bilan-oq, ostona hatlab ichkariga kirishga yuragimiz 

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi
 


77 
betlamaydigan bo‘lib qolgan (Toshkent oqshomi gaz.). Qayumjon kabinetiga kirishi bilan-oq 
telefon qidi (S.Axmad)
Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘makchilar va ular bilan bog‘lanib kelgan vaqt ma’nosidagi asr, 
yil, oy, kun, soat, daqiqa kabi so‘zlar harakat-holatning ma’lum vaqtidagi holatda bo‘lganligini 
ko‘rsatadi. Bunday holatda biror voqeaning oldin yoki keyin o‘sha voqea, harakat-holatning ayni 
vaqtda bo‘lishi ko‘p qo‘llaniladi. 
Shu xusiyatlariga qarab vaqt ma’nosini bildiruvchi ko‘makchilarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
a) biror voqea hodisa yoki holatning oldin bo‘lishi;
b) biror voqea-hodisaning keyin bo‘lishi; 
v) biror voqea-hodisa yoki harakatning turli vaqtlarda bo‘lishi yoki davomiyligini bidiradi.
Bunday guruhlash albatta, ko‘makchilarning vazifa va ma’no xususiyatlari bilan bog‘liq 
hodisalar sifatida baholanishi kerak. Ko‘rinadiki, ko‘makchilar payt ma’nosini ifodalashda 
ma’lum leksik-grammatik vazifalarniga bajaradi.
Ma’lumki, gap leksik – grammatik talabga javob beradigan qurilma hisoblanadi. Shunday 
ekan, ko‘makchilar ham bu qurilmada alohida o‘rin egallaydi. Payt ma’nosini bildirib voqea-
hodisa yoki holatning oldin bo‘lishini ifodalovchi ko‘makchilar anchagina. Bular beri, burun, 
muqaddam, avval, oldin, ilgari kabilar bir semantikali so‘zlardir. Ular ko‘pincha uslubiy maqsad 
talabi bilan qo‘llaniladi. Shuning uchun ham ular o‘zaro sinonim bo‘la oladi. Buni quyidagi bir 
misolda ko‘rishimiz mumkin: Shunda hammasi ilgari, ming yillar burun, hatto undan ham avval 
va yoki tushida bo‘lib o‘tgandek bo‘ldi unga (H.Shayxov). Bu gapdagi sinonimlarning o‘rnini 
almashtirgan bilan ma’no o‘zgarmaydi. 
Quyidagi misolda ham voqeaning ilgari bo‘lganligi burun ko‘makchisi bilan 
ifodalanadi: Qamalmasdan burun o‘sha yerga uy qurib chiqaman, shu yerlarni bog‘ qilaman, 
derdi (T.Malik). Yigirma yillar burun u bilan san’atshunos o‘rtasida bir nizo chiqqan 
(M.Mahmudov). 
Ayrim hollarda biror predmetning oldingi turgan joyi, makoni ma’nosini bildiradi. 
Masalan: Xo‘jamurodning uyi ikki ko‘cha narida – bundan o‘n yillar muqaddam to‘xtab qolgan 
eski tegirmon yonboshida edi (X.Sultonov).
Beri ko‘makchisi harakatning bog‘lanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum payt oralig‘i 
ma’nosini ifodalaydi. Ko‘pincha bu hol aniq va noaniq qo‘llanadi. Beri ko‘makchisining aniq 
yoki noaniq qo‘llanishi o‘zidan oldingi so‘z yoki gap semantikasiga bog‘liq: Men esimni 
taniganimdan beri qo‘y boqaman (T.Malik). Men sizni ko‘pdan beri kuzatib yuraman 
(M.Xazratqulov). Shuncha vaqtdan beri topshirib kelyapmiz-ku (M.Xazratqulov). Birinchi 
gapdagi men esimni taniganimdan beri noaniq, chunki tinglovchi yoki o‘quvchi so‘zlovchining 
qachon esini tanigan vaqtini, tug‘ilgan yilini bilmaydi. Lekin so‘zlovchining qo‘y boqishi aniq 
(cho‘pon ekanligi). Ikkinchi gap tinglovchi, o‘quvchi uchun mutlaq noaniq. Uchinchi gapda esa 
tinglovchi uchun ma’lum bir vaqtni nazarda tutib gapirilgan. Xuddi shunday misollarga murojaat 
qilamiz. Masalan: U rais bo‘lganidan beri uyiga qaramay qo‘ygan (S.Ahmad). To‘g‘risini 
ayting, nega uyingizga borib, kelganingizdan beri kayfiyatingiz yaxshimas (M.Xazratqulov)? 
Men sizni bolaligimdan sevaman, Shirin (M.Mahmudov). 
Beri ko‘makchisi va kun so‘zining sonlar bilan bog‘langanda aniq bir vaqt nazarda tutiladi: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling