Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

yirtilur), boshqa bir she’rda tutqunlik, erksizlik timsoli bo‘lib kelganligiga (Masalan, “Haqsizlik 
shahrining qon hidli yeli” misrasida) guvoh bo‘lamiz.
So‘zning qo‘shimcha ma’no ifodalari – neologizm sememalar iste’dodli shoir Faxriyor
ijodida ham salmoqli o‘ringa ega. Misolni kuzatamiz:
Gullarim qonaydi 
Alvon gullarni 
menga ravo ko‘rmish bu taqdir 
Hijronro‘y qizg‘aldoq bo‘ldi yupanchim.
Mazkur misralarda ikkita individual neologizmni kuzatish mumkin. Biri hijronro‘y so‘zi 
bo‘lsa, ikkinchisi neologizm-semema bo‘lgan qonamoq so‘zidir. Ijodkor ushbu parchada 
qonamoq so‘zini o‘z manosidan tashqari ma’noda, ya’ni lug‘atlarda izohlanmagan ma’noda 


61 
qo‘llaydi. Gullarning qizil tusga kirishini “gullarim qonaydi” birikmasi bilan ifoda etgan. Shu 
bilan birga, mazkur so‘z yaratilgan yangi ifoda (neologizm-semema) orqali shoirning alam
dardlarini to‘laqonli his qila olamiz. Shoirning “Hijronro‘y qizg‘aldoq bo‘ldi yupanchim” 
misrasida individual metafora qo‘llangan. Shuningdek, hijronro‘y so‘zi orqali kompozitsiya 
usulida yangi so‘z yasalishi ham kuzatiladi. Demak, ijodkor bir o‘rinda uch nutqiy yangilik 
yaratuvchisi hisoblanadi, ya’ni: 1) neologizm-semema (qonamoq so‘zi bilan) yaratuvchisi; 2) 
batamom yangi so‘z (hijronro‘y) muallifi; 2) yangi ko‘chim (hijronro‘y qizg‘aldoq) muallifi. Har 
uchala yangilik ham keyingi avlod lug‘atlari uchun misol bo‘la oladi.
Keyingi misolda shoir Usmon Azimning “Gʻaroyib ajdarho” dostonida lipillamoq so‘zi 
bilan yangi neologizm-semema vujudga kelganiga guvoh bo‘lamiz:
Bir ma’no uqqanday, 
Cholning so‘zidan,
 Quvonch lipillaydi
Shohning yuzida. 
Shoir “quvonch alomatlarining inson tashida yuz ko‘rsatishi”ni lipillamoq yasama fe’li orqali 
ifoda etgan. Mazkur ma’no “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘z ifodasiga ega emas[6,500]. 
Shuning o‘ziyoq bu so‘zning nutqiy ma’nosi neologizm-semema ekanligidan dalolat beradi. 
Lipillamoq so‘zi bu o‘rinda voqelikni ravshan, teran yuzaga chiqarishda, qolaversa, asar 
personajining ruhiy holati, ayni vaqtidagi vaziyati – cholga munosabatini oydinlashtirishga qo‘l 
kelgan. 
Neologizm-semema leksemaning tildagi ma’nosida (asl ma’nosida) mavjud bo‘lmagan, 
ayrim shaxs (muallif) nutqi uchun xos bo‘lgan, shu matn doirasida muayyan mavqega ega ma’no 
sanaladi. Xuddi shu holatni shoira Farida Afro‘zning quyidagi misralarida ham kuzatishimiz
mumkin: 
Endi sening bo‘yningda bilaklarim gullaydi, 
Bellarimga chirmashib gul pechaklar bo‘ylaydi. 
Kuzatishlar ko‘rsatdiki, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da gullamoq so‘zi uch lug‘aviy ma’no 
ifoda ostida izohlanadi: 1) gul ochmoq, gulga kirmoq; 2) ravnaq topmoq, rivojlanmoq, obod 
bo‘lmoq; 3) gul-gul ochilmoq, go‘zallashmoq, yashnamoq; kamolga yetmoq[6,519]. Tabiiyki, 
Farida Afro‘z o‘z she’rida qo‘llagan “bilaklarim gullaydi” nutqiy hosila ma’no izohli lug‘atda 
uchramaydi. Shuning o‘ziyoq matnda qo‘llangan gullamoq so‘zi hamda uning ma’nosining 
butunlay yangiligi (neologizm-semema ekanligi)dan dalolat beradi.
Endi sening bo‘yningda bilaklarim gullaydi” tarzidagi ifodani yor vasliga yetgan oshiq 
e’tirofi deya baholash mumkin. Ushbu misradagi gullamoq so‘zi asl (bosh) ma’nodan emas, 
balki hosila ma’no (“ravnaq topmoq, rivojlanmoq, obod bo‘lmoq”) ifodadan o‘sib chiqqan. 
Bilamizki, haqiqiy ijodkor yangi ma’nolar kashfiyotchisi, so‘z san’atkori, so‘zshunos, 
ma’noshunosdir. Tahlilga tortilgan misoldagi ma’no ifoda o‘quvchini o‘yga, xayolga soladi, ayni 
paytda fikrlar ummoniga tortadi, kashfiyotga chorlaydi. Anglashiladiki, o‘z yori visoliga 
yetishishga ko‘zi yetgan qahramon toleyidan xursand holda kuylaydi, yori bilan umrbod birga 
bo‘lishiga ishonadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘ta yangi nutqiy hosila ma’nolar (neologizm-sememalar)ni 
amaldagi izohli lug‘at qamrab ola bilmaydi. Aniqrog‘i, individual neologizm-semema lug‘atlarda 
o‘z belgisiga ega bo‘lishi uchun ma’lum bir muddat kerak bo‘ladi. Aslida, bu kabi yangilik 
bo‘yog‘iga ega ma’no ifodalar (neologizm-sememalar) biz qo‘llab yurgan uzual ma’nolardan bir 
necha bor ko‘p bo‘lib, ular badiiylik, ifodaviylikni ta’minlashda faqat muayyan bir badiiy asar 
tarkibidagina yashab kelayotgani ham ma’lum. Bu kabi yangicha ma’no ifodalar (neologizm-
sememalar)ning keyingi avllod izohli lug‘atlari tarkibidan o‘rin olish-olmasligi til ijtimoiyligi 
bilan bog‘li holda yuz beradi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling