Chandirrabot-tumandagi aholi punkti nomi. Tarkibi: chandir+rabot. Chandir - turkman
xalqi tarkibidagi qadimiy urugʻ, qabila nomi. Rabot – “karvon va yoʻlovchilar qoʻnib oʻtadigan
manzilgoh”, “yoʻl ustidagi karvonsaroy” ma’nosini bildiradi. Chandirrabot – “chandirlarning
raboti”, “chandirlar joylashgan maskan”.
1.1.2. Mahallalar nomlari. Buxoro tumanida quyidagi mahallalar mavjud: Arabxona,
Lo‘blozor, Past mahalla, Rost mahalla, Chandirabot, Archazor mahallasi va boshqalar.
1.1.3. Yo‘llar, ko‘chalar nomi. Atoqli otlarning ushbu guruhi nomshunoslikda
gadonimlar, dronimlar deb yuritiladi. Buxoro tumanidagi yo‘l nomlarining aksariyati qadimiy.
Tumanda quyidagi yo‘l nomlari uchraydi. Afg‘on yo‘li, Kattamozor yo‘li, Lo‘blozor yo‘li,
Qayroqtosh yo‘li, Xaros yo‘l, Rayi Dabiyon va boshqalar.
1.1.4. Agronimlar. Yer maydonlari, uchastkalar, ekin maydonlari, dala va adirlarning
ham o‘z atoqli otlari mavjud bo‘lib, ularni nomshunoslikda agronimlar (grekcha, agros-dala,
haydalgan yer, ekin maydoni) deb yuritiladi. [5, 27] O‘zbekiston hududida agronimlarni
o‘rgangan olimlar sifatida N.Oxunov, [6] J.Latipovlar [2] alohida e’tirof etiladi. Buxoro tuman
hududida 450 ga yaqin agronimlar mavjud. Quyida ulardan namunalar keltiramiz:
Yerlar- Alafpoya yeri, Almoq yeri, Baratak yeri, Botiriy yer, Bibidur yeri, Gatti yeri,
Ho‘ngi yer, Laylakuya yeri, Ko‘lmak yeri, Sangzor yeri va boshqalar.
Tepaliklar- Badosiyo tepa, Bibi Maxsumai pok, Bibixonim tepa, Devon tepa, Do‘rman
tepa, Hazratibibi tepa, Hazrati eshon tepa, Kangav tepa, Ko‘rik tepa, Saron tepa, Shanbi tepa va
boshqalar.
Buxoro tumani toponimiyasining yuzaga kelishi va rivoji ushbu hududda yashovchi
aholining uzoq tarixiy o‘tmishi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy
hayoti etnik turmushi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nafaqat tilshunoslik (nomshunoslik) sohasi
uchun, balki tarix, geografiya, etnografiya, madaniyat va ma’naviyat tarixi uchun ham qimmatli
materiallar bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |