Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Chandirrabot-tumandagi aholi punkti nomi. Tarkibi: chandir+rabot. Chandir - turkman 
xalqi tarkibidagi qadimiy urugʻ, qabila nomi. Rabot – “karvon va yoʻlovchilar qoʻnib oʻtadigan 
manzilgoh”, “yoʻl ustidagi karvonsaroy” ma’nosini bildiradi. Chandirrabot – “chandirlarning 
raboti”, “chandirlar joylashgan maskan”. 
1.1.2. Mahallalar nomlari. Buxoro tumanida quyidagi mahallalar mavjud: Arabxona
Lo‘blozor, Past mahalla, Rost mahalla, Chandirabot, Archazor mahallasi va boshqalar. 
1.1.3. Yo‘llar, ko‘chalar nomi. Atoqli otlarning ushbu guruhi nomshunoslikda
gadonimlar, dronimlar deb yuritiladi. Buxoro tumanidagi yo‘l nomlarining aksariyati qadimiy. 
Tumanda quyidagi yo‘l nomlari uchraydi. Afg‘on yo‘li, Kattamozor yo‘li, Lo‘blozor yo‘li, 
Qayroqtosh yo‘li, Xaros yo‘l, Rayi Dabiyon va boshqalar. 
1.1.4. Agronimlar. Yer maydonlari, uchastkalar, ekin maydonlari, dala va adirlarning 
ham o‘z atoqli otlari mavjud bo‘lib, ularni nomshunoslikda agronimlar (grekcha, agros-dala, 
haydalgan yer, ekin maydoni) deb yuritiladi. [5, 27] O‘zbekiston hududida agronimlarni 
o‘rgangan olimlar sifatida N.Oxunov, [6] J.Latipovlar [2] alohida e’tirof etiladi. Buxoro tuman 
hududida 450 ga yaqin agronimlar mavjud. Quyida ulardan namunalar keltiramiz: 
Yerlar- Alafpoya yeri, Almoq yeri, Baratak yeri, Botiriy yer, Bibidur yeri, Gatti yeri, 
Ho‘ngi yer, Laylakuya yeri, Ko‘lmak yeri, Sangzor yeri va boshqalar. 
Tepaliklar- Badosiyo tepa, Bibi Maxsumai pok, Bibixonim tepa, Devon tepa, Do‘rman 
tepa, Hazratibibi tepa, Hazrati eshon tepa, Kangav tepa, Ko‘rik tepa, Saron tepa, Shanbi tepa va 
boshqalar.  
Buxoro tumani toponimiyasining yuzaga kelishi va rivoji ushbu hududda yashovchi 
aholining uzoq tarixiy o‘tmishi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy 
hayoti etnik turmushi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nafaqat tilshunoslik (nomshunoslik) sohasi 
uchun, balki tarix, geografiya, etnografiya, madaniyat va ma’naviyat tarixi uchun ham qimmatli 
materiallar bera oladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling