Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

qolish. M.: To‘rbasini yo‘qotqan gadoydek qushbegining chap yonig‘a, Kumushning yuqorisig‘a 
borib o‘lturdi (102-bet). Mazkur frazeologizm aybiga iqror bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmagan, 
tushkun ahvoldagi shaxsning holatini berish uchun qo‘llangan. Keyinchalik to‘rba so‘zida 
tovush o‘zgarishi yuz berib to‘rva shakliga kelgan, sifatdosh qo‘shimchasida tovush moslashishi 
bor. 


55 
III. Sintaktik vositalar. Adib o‘z romanlarida undalmalardan qo‘shimcha modal 
mazmunlarni ifodalash hamda tasvirda o‘zbekona muomala qirralarini ochib berish maqsadida 
foydalangan: 1) o‘zbekona murojaat. M: – Men senga aytib qo‘yay, Kumush, – turar ekan 
qutidor Oftoboyimg‘a,... (33-bet). O‘zbeklarda onani qiz farzandning, otani esa o‘g‘il 
farzandning ismi bilan aytib chaqirish odati bor. 2) bepisandlik. M: Ey-y, Sodiqcha, san hali 
nimani ko‘rding-ku,... (243-bet). Undalma tarkibidagi -cha qo‘shimchasi kichraytirish mazmuni 
bilan birga modal ma'nolarni ifodalashga xizmat qilgan. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” 
romanida qarshilantirish lingvopoetik unsuridan mohirona foydalana olgan. Bu holat asarning 
muqaddimasidan boshlangan, shu joyda adib moziy (o‘tgan zamon) va yangi zamon 
voqyeliklarini qiyoslab tahlil qilayotganini ta'kidlaydi. Saroydagi hujralar tasvirida ham buni 
ko‘rish mumkin: Oddiy hujraga kigiz, bekning hujrasiga gilam to‘shalgan, oddiy hujralarda 
bo‘z ko‘rpalar bo‘lsa, bekning hujrasida ipak va adras ko‘rpalar bor. Oddiy hujrada qora 
chiroq yonayotgan bo‘lsa, bekning hujrasida sham’ yonadi. Oddiy hujra egalari yengil tabi'atlik 
kishilar bo‘lsa, bek og‘ir tabi'atlik insondir. Abdulla Qodiriy izofali birikmalarni qo‘llashda o‘z 
mahoratini ko‘rsatgan: 1. Harorati g‘ariza(tabiiy harorat, isitma). M.: – O‘sha harorati 
g‘arizaniki hammasi – dedi qutidor (33-bet). Mazkur gapda izofali birikma badiiylikni oshirgan 
va qahramonning madaniy sa'viyasini ko‘rsatishga xizmat qilgan. 2. Padari arus(qaynota). M.: – 
Janobi padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir zamoni adolatlarida ham, – dedi Homid 
(67-bet). Ushbu so‘zlar qo‘shilmasidagi izofali birikma nafislikni yuksak darajaga ko‘tarib, 
davlat boshliqlarining qarindoshligiga urg‘u bergan. 
IV. Uslubiy vositalar. Adib asarlarida ushbu vositalarni ko‘p qo‘llagan. 1. O‘xshatish 
orqali voqealarning hayotiylik darajasini yanada yorqinlashtirib bera olgan: 1) afsonaga ishora
M.: Xotin ham kechagi kaltakni zarbini unutkan, kina o‘rnig‘a sadoqat, go‘yo aytarsizkim, Yusuf 
Zulayholarmi deb (393-bet); 2) holat-ko‘rinishga ishora. M.: ...ayniqsa so‘ridagi qora husayni 
uzumlaridan go‘yo bollar tomib yotar edi (398-bet). 2. Kinoya tasvir vositasidan juda unumli 
foydalangan: 1) “doimiy kiyim” ma'nosida. M.: Mahalla kishilari maxdumning bu chomonig‘a 
“moltopar” deb ism berganlar... (389-bet); 2) “eskirmaydigan” ma'nosida. M.: … guppi kiyilib 
chiqilg‘an kun maxdumga sezdirmay “moltopar savdodan qaytibdi… hali baquvvat, ishqilib 
yamoqqa charchamasang yana o‘n yilingmi, Mamaroyim!” deb kulishadilar (389-bet); 3) “kam 
kiyiladigan” ma'nosida. M.: Mahalla kishilari banoras to‘nini “zarurat” deb atag‘an bo‘lsalar 
ham, adras guppiga hali nom qo‘yg‘uncha yo‘qlar (389-bet).
Romanlarda asar qahramonlarining qiyofalariga tegishli badiiy tasvirlar milliylik va xalq 
og‘zaki ijodi bilan uyg‘un holda aks etgan: 1. Otabeknig tasviri: “Og‘ir tabi'atlik, ulug‘ gavdalik, 
ko‘rkam va oq yuzlik, kelishkan qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq…”(7-bet). Yozuvchi bu 
o‘rinda sifat, sifatdosh hamda ravishdosh yordamida badiiy ifodalar yaratgan va orttirma daraja 
shaklidan ham foydalangan. Jumla tuzishda aniqlovchilar aniqlanmishga mos tushgan, fikrlar 
mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan. 2. Yusufbek hojining xatdagi tasvir: “Huvalbori(ul 
tangri)… ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimiz mevasi…” (35-bet). Adib bu joyda 
otlar orqali folklorga xos saj badiiy ifodasini yaratgan. Qaratqich bilan qaralmish bir-biriga mos 
kelgan, gapda metafora san'ati aks etgan. Abdulla Qodiriy salbiy qahramonlarning qiyofasini 
ham o‘xshatish, mubolag‘a va kinoya tasviriy san'atlari orqali tasvirlagan. M.: Uning yonida bo‘z 
yaxtak bog‘ichini osiltirib, handalakdek bo‘qog‘i bilan o‘ng tomoni ziynatlangan o‘rta yana bir 
“husni Yusuf” ko‘rinar edi. Uning qatorida oshlovdek cho‘zuq yuzlik, oq bo‘z ko‘ylagi yerdan 
to‘rt ellik ko‘tarilib, bo‘z sallasi gardani aralash o‘ralg‘an uchunchi nozanin o‘lturar edi (435-
bet). Yozuvchi har bir qahramonining ruhiy portretini o‘zgacha yaratishga harakat qilgan va 
badiiy ifodalarni oliy darajaga olib chiqqan. Birovlarga yomonlikni ravo ko‘radigan va buni 
ongli ravishda amalga oshiradigan ayol, Jannat opa timsolining tashqi qiyofasi, uning ichki 
dunyosiga juda mosdir: “... Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar 
deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘i bilan qoshiq solishar 
darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq qirq besh yoshlar chamasida bir 
xotin edi...” (169-bet). Turkiy xalqlarning hayotiy tajribalardan shunday xulosa kelib chiqadiki, 
pakana bo‘yli, burni manqa, og‘zi katta, sap-sariq insonlardan ko‘pincha yomonlik kutiladi. 


56 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy o‘z romanlarida o‘zbek 
millatining asl ma'naviy qiyofasini yaratgan. Adib faqat o‘zbeklarga xos ulug‘ ma'naviy 
fazilatlarni ustalik bilan asar voqyealariga singdirgan. U kishi milliy adabiyotimizda badiiy 
tasvirning betakror namunalarini ijod qilgan. Abdulla Qodiriy so‘z ustasi sifatida milliy tilimizga 
tegishli bo‘lgan o‘zgacha badiiylikni izlab topgan. Asarlarida ona tilimizning ayricha badiiy 
jozibasini yorqin, bo‘rttirilgan shakllarda yuzaga chiqara bilgan. Natijada uning asarlari 
adabiyotshunoslar va kitobxonlar tomonidan ohoriy o‘zbek romanlari deb tan olindi. Badiiy 
matndagi lingvopoetik vositalarni tahlil qilishda ularning estetik ta’siri muhim mezon 
hisoblanadi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling