Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Задорнова В.Я. Словесно-художественное произведение на разных языках как предмет лингвопоетического исследования. Дисс. докт. филол. наук. – М.: 1992. – C. 59. 2. Липгарт А.А. Ocновы лингвопоэтики. “КомКнига”. – М.: 2009. – С. 8, 16. 3. Ҳ.Hеъматов, О.Бозоров. Тил ва нутқ. “Ўқитувчи”. – T.: 1993. – Б. 8. 4. У.Лафасов. Абдулла Қодирий романлари лингвопоэтикаси. “ТДШУ”. – T.: 2021. – Б. 3. 5. Абдулла Қодирий. Ўткан кунлар. Меҳробдан чаён. “Адабиёт ва санъат”. – T.: 1994. – Б. 176. 6. А.Қодирий. “Ўткан кунлар”. “Шарқ”. – T.: 1995. – Б. 377. BUXORO TUMAN TOPONIMIYASINING LISONIY-ETIMOLOGIK TASNIFI LINGUISTIC-ETYMOLOGICAL CLASSIFICATION OF BUKHARA DISTRICT TOPONYMY Nodira Adizova Annotation. The linguistic-etymological classification of Bukhara district toponymy is presented in this article. The names of some microtoponms include the names of the Turkic peoples, including the tribes and tribes of the Uzbek people, and their branches and networks, and we have analyzed and commented on them. Key words : Onomastics, toponyms, microtoponym, macrotoponym, footsteps, agronym, necron, lexical basis, etymology, linguistic, morphemic. Toponimlar tilshunoslik, geografiya, tarix, geologiya kabi fanlarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ularda xalq hamda el-yurtning tarixi – taqdiri o‘z ifodasini topgan. Joy nomlari qadim tarixga ega bo‘lgan elat, millat hamda xalqlarning o‘ziga xos noyob yodgorlikliridan biri sanaladi. Sababi, ularning o‘zi bir olam tarix hamda taqdirni ifodalab turadi. Onomastika tilshunoslikning atoqli otlar haqidagi alohida bo‘limi bo‘lgani kabi, uning bir sohasi bo‘lgan toponimikada toponimlar va ular lug‘aviy asoslarining etimologik tadqiqini amalga oshirish ham sinxron, ham diaxron holatda katta nazariy, amaliy ahamiyatga ega. Maqola Buxoro tumani toponimlarining lisoniy-etimologik hamda morfemik tadqiqiga qaratilgani bo‘lsa-da, joy nomlari haqida bugungacha amalga oshirilgan tadqiqotlarga umumiy; ham lingvistik, ham geografik; tarixiy hamda lingvistik; izohli va etimologik jihatlardan tadqiq etilgan ishlar sifatida to‘xtalish o‘rinlidir. Muayyan hudud toponimiyasini tadqiq qilish, avvalo, o‘sha hududdagi toponimik materialni to‘plashdan boshlanadi. Bunday material, shubhasiz, turli tip nomlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Mana shu nomlarning mazmuni, lug‘aviy tarkibi nominativ va grammatik xususiyatlarni aniqlash uchun, o‘rganilayotgan hudud toponimik tizimi uchun ko‘proq qanday nomlar tipik ekanini belgilash, ularni muayyan guruhlar (tiplar )ga ajratish lozim bo‘ladi. Mana shu talab onomastik materialni ma’lum tamoyillar, usullar asosida tasniflashga Dotsent, Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti, nodira@mail.ru 57 olib keladi. Shu sababli, tadqiqotchilar joy nomlarini tasniflash masalasini asosiy muammolardan biri deb baholashdi: “Atoqli otlarni tavsiflash va tahlil qilish tasnifsiz to‘liq bo‘lmaydi. Tasnif nomshunoslik ishlarida bevosita qatnashadi yoki ba’zi tadqiqotlarda u muallifning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin va tasnif materialida o‘z ifodasini topgan turi mezonlar asosida amalga oshiriladi”.[6,55] Onomastik materialni tavsiflash ishi bilan, deyarli barcha nomshunoslar shug‘ullanib keladi. Chunki atoqli otlar tasnifi onomastik tizimni tahlil qilishning eng zaruriy va asosiy shartlaridan biridir. Tadqiqotning qanchalik muvaffaqiyatli olib borilishi materialni to‘g‘ri tasniflay olishga ham bog‘liqdir. Tadqiqotimiz jarayonida Buxoro tuman toponimlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling