Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

oddiy ifodadan estetik zavq beruvchi lingvopoetik unsurga aylanib, kitobxonning idrok etishi 
natijasida estetik ahamiyat kasb etadi. 
Abdulla Qodiriy romanlarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilar ekanmiz, adibning fonetik, 
leksik, sintaktik va uslubiy vositalardan unumli foydalanganiga guvoh bo‘ldik. 
I. Fonetik vositalar. Adib unli va undosh tovushlarga qo‘shimcha ma'no yuklagan: 1) 
ma'nodor ta’kid ma’nosi lablangan, o‘rta qator, til orqa unlisini cho‘zish orqali aks etgan. M.: 
Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor?
[Abdulla Qodiriy, 
1994: 176]; 2) e’tiroz ma'nosi lablanmagan, o‘rta qator, til oldi unlisini cho‘zish vositasida 
ifodalangan. M.: Be-e-e, go‘rnimi, taqsir, – dedi Safar bo‘zchi, – u gapni qo‘ying, nafsilamr gap 
yaxshi. (462-bet); 3) sarxushlik ma'nosi lab-lab, portlovchi, jarangli, sonor (burun) tovushini 
cho‘zish vositasida o‘z aksini topgan. M.: – M-m-menga zarurati bo‘lmasa k-kimga bor?!  (206-
bet); 4) g‘am ifodasi til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni cho‘zish orqali 
ko‘ringan. M.: Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni zirr etdirib va xasta 
yuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi (215-bet). Yozuvchi bu joyda xalq dostonlarida uchraydigan 
saj’ usulidan foydalangan. “O‘tkan kunlar” romanida kuzatilgan tovush tovlanishlar rang-barang 
bo‘lib, ularning har biri muayyan voqyelikka mos shaklda namoyon bo‘lgan: 1) Otabekning 
uyqusirashi tasviri: – Oy kabi (yu)yuzlar, kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar Ushbu yashirin 
muhabbat nishonasini yana ham aniqlashtirmoqni istagan ma'naviy padar Hasanali ota qarama-
qarshi hujum yo‘lini tanlagan; 2) maktubidagi muqaddima tasviri:… ko‘zimizning nuri, 
belimizning quvvati, hayotimizning myevasi o‘g‘limiz mulla Otabekka…(35-bet). Yakka-yu 
yagona o‘g‘li Otabekni yaxshi ko‘rgan, uni e'zozlagan otasi Yusufbek hoji butun mehr-
muhabbatini maktubiga ko‘chirgan.
II. Lug‘aviy vositalar. Adib romanlaridagi lug‘aviy birliklar lingvopoetik vosita sifatida 
kishini hayratga soladi. Abdulla Qodiriy turkiy tillar tarixini juda yaxshi bilgan va o‘zining 
“O‘tkan kunlar” romanida qora so‘zidan butun voqyealarini ochuvchi va yopuvchi kalit sifatida 
foydalangan. Ya’ni roman ana shu so‘z ifodasi bilan boshlanadi va mazkur so‘z ifodasi bilan 
poyoniga yetgan. Yozuvchi asarning boshlanish qismida: “... Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, 
deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, 
qora kunlari bo‘lg‘an keyingi “xon zamonlari”dan belguladim” – deb izoh berganlar. Adib 
romanini shunday yakunlagan: “Yusufbek hoji xatmi qur'on qilib yurtga osh berdi, O‘zbek oyim 
qora kiyib ta’ziya ochdi” [Abdulla Qodiriy, 1995: 377]; So‘z ustasi antonimlarning asosiga turli 
nozik ifodalarni singdirib yuborgan: 1) yashash tarzidagi zidlik. M.: Balki muhabbat, baxtlik 
kishilar uchun yaxshidir, lekin tajribamcha, baxtsiz kishi uchun badbaxtlikdir. Masalan siz agar 
chindan xotiningizga muhabbatsiz bo‘lsangiz, o‘zingiz ham iqror qilasiz: uyga kirsangiz 
xotiningiz bordek, ko‘chaga chiqsangiz yo‘qdek, bas, sizga xotinning og‘irlik va yengilligi birdak 
(191-bet). 2) harakatga xos zidlik. M.: – Siz, qochqoqsiz, – dedi ... – Siz, quvloqsiz, – dedi (322-
bet). Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida frazeologizmlar lingvopoetik vosita sifatida 
qo‘llanib, quyidagi mazmunlarni ifodalagan: 1) behad sevinganlik. M.: Bu maxtovlar bilan 
terisiga sig‘may ketkan Hasanali javob berdi ... (236-bet). Ushbu iborani boshqa sinonimi bilan 
almashtirib bo‘lmaydi, unda tarixiylik o‘z aksini topgan, bu variant asli chorvadorlar hayoti bilan 
aloqador holda shakllangandir. Sifatdosh qo‘shimchasida tovush moslashishi bor. 2) bo‘shashib 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling