Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Азизов О. Тилшуносликка кириш. –Т.: “Ўқитувчи”, 1996.
2.Миртожиев М. Ўзбек тили семасиoлогияси. –Т.: “Мумтоз сўз”, 2010.


62 
3.Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. –Т.:“Ўқитувчи”, 
1995. 
4.Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т.: “Fan va texnologiyalar”, 2010.
5.Tурсунов У., Ражабов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –T.: 
“Ўқитувчи”, 1965.
6.Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 
2006-2008. 
O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATIDA QO‘LLANGAN FONOGRAFIK VOSITALAR 
PHONOGRAPHIC TOOLS USED IN UZBEK CHILDREN'S POETRY 
Dilafruz Sobirova

 
 
Annotation: The article shows that the possibilities of using graphic means in works of art 
are limitless, that there are various and extraordinary manifestations of the use of this method in 
children's literature, which are divided into a number of groups. Examples of poetic works 
addressed to phonographic means are given. 
Key words: children's poetry, phonetic cytology, graphic means, graphopoetism. 
Yozuv – bolalar hayotida eng muhim o‘rin tutuvchi hodisalardan biridir. Amaldagi 
alfavitni o‘zlashtirmasdan turib, ularning ijtimoiylashuvini tashkil etib bo‘lmaydi. Bolaga 
harflarni his qildirish, har bir harf ostida sirli olam yotganligini tushuntirish, harflarning 
shaklidan tortib to ularning so‘z ma’nosini hosil qilishdagi ishtirokigacha anglatish, pirovard 
natijada bolaga harflarni o‘rgatish, uni yozish va o‘qishga odatlantirish ta’limning oliy 
maqsadlaridan biridir. Buni juda yaxshi bilgan bolalar ijodkorlari o‘z asarlarida grafik 
vositalarning aktuallashuvini ta’minlashga, grafik obrazlilik va matnning grafik ifodaviyligini 
yuzaga chiqarishga astoydil harakat qilganlar.
Fonetik sitilistika bo‘yicha e’tiborga molik tadqiqot ishlarini amalga oshirgan professor 
S.Karimovning fikricha: “Garchi til material sifatida umumga tegishli bo‘lsa-da, nutqda undan 
foydalanishning cheksiz imkoniyatlari mavjud. So‘zlovchi shaxsi, uning jamiyatdagi mavqeyi 
hamda nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ravishda til materiallaridan me’yorlar doirasida istagancha 
foydalanish mumkin” [2. B. 9]. Ammo “…yozma matnda tilning butun tovush tizimiga xos 
barcha xususiyatlarni, ayniqsa, intonatsiya va estetik ta’kidlarning hammasini to‘laligicha 
ifodalash imkoni yo‘q. Shuning uchun ham yozma badiiy matnda xilma-xil grafik vositalarga 
murojaat qilinadi” [1. B. 274- 295].
Bizningcha, badiiy asarlarda grafik vositalardan foydalanishning imkoniyati chegarasiz. 
Ayniqsa, bolalar adabiyotida bu usuldan foydalanishning xilma-xil va favqulodda ko‘rinishlari 
uchraydi. To‘plagan materiallarimiz asosida o‘zbek bolalar she’riyatida qo‘llangan grafik 
vositalarni quyidagi guruhlarga ajratdik. 
1. Alohida olingan harfni matn ichida katta harf bilan yozish va shu orqali grafik poetizmni 
hosil qilish. Bu usul yordamida o‘quvchilar yozuvida uchraydigan xatoliklarning chiroyli 
yechimini topishga intilish kuzatiladi. Masalan, T.Adashboyevning ushbu she’riga diqqatimizni
qarataylik:
Balki sizlar tanimassiz,
O‘yinqaroq Parpini.
Ilgari hech aytolmasdi,
So‘rasang “R” harfini.
Hozir esa do‘stlari hech,
Mazax qilmas Parpini.

PhD, Andijon davlat universiteti 


63 
Ko‘p mashq qilib, o‘rgandi u, 
Oxiri “R” harfini. (T.Adashboyev. “R” harfi”, 21-22 betlar);
Ba’zi bir she’rlarda bosh harf ostiga yashiringan so‘zni, ma’noni topishga undash, da’vat 
yashiringan bo‘ladi. Bu orqali o‘quvchi topqirlik, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
nazarda tutiladi. Masalan:
Suzar edi ummonlarda K.
I. kezardi qalin o‘rmonda. 
T. ikkita tosh orasiga
Kirib uxlar edi yobonda. (Abdurahmon Akbar. “G‘aroyib avtobus”, 42bet) 
Shoir bu yerda “K” harfi orqali “kit”, “I” harfi orqali “it”, “T” harfi orqali “toshbaqa” 
timsollarini yashirgan. She’rda okean so‘zi “kit”ga, o‘rmon so‘zi “it”ga, tosh va yobon so‘zlari 
“toshbaqa”ga ishora qilib turganini topadilar.
Talantli ijodkor Kavsar Turdiyevaning “Delfinlar maktabi”, “Harflar she’r yozishgani 
haqida”, “Manman “B”, “Harflar o‘yini”, “Biz shunaqa bolamiz”, “Alifboda nasihat”, “D” 
o‘xshaydi Ilhomga” kabi she’rlarida bosh harflar shaklidan foydalangan holda 
grafikopoetizmlarning betakror namunalari yaratilgan.
Masalan:
D dirman, D dirman, 
Doim dono so‘z derman.
Mening yomonligim yo‘q,
Meni qo‘shib urma do‘q;
Avval bekor yurgandim,
Hozir harflar o‘rgandim.
Harflar narsaga o‘xshar,
“O” dumaloq go‘yo shar, 
“N” o‘xshaydi narvonga,
“L” ilingan javonga,
“S” o‘xshaydi oqqushga,
“V” qanot yozgan qushga,
“A” o‘xshab ketar tomga,
“D” o‘xshaydi Ilhomga;
“F” Fahm farosat albat, 
Eng foydali fazilat. (Kavsar Turdiyeva. “Saylanma”, 214-, 220-, 221- betlar) 
Bunday kuchli ta’sirga ega bo‘lgan she’rlardan biri Anvar Obidjon qalamiga mansub. U 
“Alifbe”dagi surat bo‘yicha” she’rida “T” harfi haqida shunday deb yozadi:
– Nechanchida o‘qiysiz?
– Birinchida.
– “T” qanaqa bo‘larkan?
– Shirin juda. 
– Nega “T”ni shirin deb, uchinasiz?
– “T” desa biz tarvuzni tushunamiz. (Anvar Obidjon. “Kichkintoylar quvonchi”, 234-bet).
Harflar haqida yozilgan bunday satrlar bolalarning ongida tez qoladi, ularning 
tasavvurlarni boyitadi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga yaqindan yordam beradi.
2. Muayyan so‘zdagi barcha harflarni bosh harf bilan yozish. Bunday she’rlarning
maqsadi ajratilgan so‘zni ta’kidlab ko‘rsatish, talaffuzi va yozilishi bir-biriga yaqin bo‘lgan 
so‘zlarni farqlashga o‘rgatish, uning aytilishi va yozilishi bo‘yicha bolalarda aniq tasavvurlarni 
shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Mazkur so‘zlarni shunchaki emas, ko‘tarinkilik, alohida his-
tuyg‘u bilan talaffuz etish lozimligi ko‘rinib turadi. Masalan:
Raqamlarning yordamida to‘rtta amal, 
Daftaringda yozilgandek KARRA bo‘lar.
Tegirmonda don-dunlarni tortib ko‘rsang, 
Maydalanib, un bo‘ladi, ZARRA bo‘lar.


64 
Kim o‘zarga poyga qo‘ysak, manzil so‘nggi, 
Chavondozni aniqlovchi MARRA bo‘lar. 
Sabzavotning nomlari ham turfa xildir, 
Bodiringning jaydarisi TARRA bo‘lar. 
Talay so‘zning ma’nosini anglab yetding
Mirshab tutgan tayoq esa DARRA bo‘lar. 
Bu so‘zlardan bosh harfini olib qo‘ysak,
Durodgorga birmas, beshta ARRA bo‘lar. (T.Adashboyev. “Beshta arra”, 178- bet).
Ko‘rinib turibdiki, she’rda bosh harflar vositasida o‘ziga xos lingvistik manzara hosil 
qilinmoqda va poetizm yuzaga chiqarilmoqda. T.Adashboyev she’rda o‘ziga xos so‘z o‘yinini 
tashkil eta olgan. Karra, zarra, marra, tarra, darra so‘zlaridagi birinchi harflar olib tashlansa, arra 
so‘zining qolishiga ham ishora qilinmoqda.
3. Sarlavhalarni yoki har bir she’rning tugallanmasini bosh harflar bilan yozish. Bu usul 
Yahyo Tog‘aning “Qarchig‘ayning jiyani” nomli to‘plamida uchraydi. Shoir ayrim so‘zlarni 
ta’kidlash, esda saqlab qolishga da’vat etish maqsadida “Mevalar shevasi”, “Savzavot sayli”, 
“Jonzotlar makonida” deb nomlangan turkum she’rlarining har birida yuqoridagi usuldan unumli 
foydalangan. Masalan: Taom pishib-pishmayoq, Osilmasin qosh-qovoq. Bu eti-yu urug‘i, G‘ij-
g‘ij foyda OSHQOVOQ. (Yahyo Tog‘a. “Qarchig‘ayning jiyani”, 13-bet).
4. Alohida harfni va so‘zlarning birinchi harflarini bitta matn ichida bosh harflar bilan 
yozish. Bunday usul grafik ta’sirdan tashqari tashqari ta’limiy xarakterga ega ekanligi bilan ham 
ahamiyatlidir.
Grafik poetizmning mazkur ko‘rinishidan iste’dodli shoir Dilshod Rajab unumli 
foydalangan. Uning ayrim she’rlari boshdan-oyoq harfiy poetizmlarga to‘la. Masalan: 
“Nina”ga “-chi”ni qo‘shdim,
Uchib ketdi pirillab. 
“Kit”dan “k”ni oluvdim, 
Jahl qildi irillab. 
“Tosh”ni tashlab toshbaqa, 
Tilga kirdi “qurillab”. 
“Bo‘r” bilan “i”ni yozdim, 
Qoching endi zirillab. (Dilshod Rajab. “Harflarga hazil(lashma)”, 62-bet)
She’rda o‘ziga xos qochirimlar bilan birga boshqotirma ham yashiringan, harflarning bir-
biriga qo‘shilishi, ajralishi ostida “ninachi”, “it”, “baqa”, “bo‘ri” so‘zlari keltirib chiqarilganki, 
bu orqali bolalarni ijodiylikka undaydigan, ularning zavqini oshiradigan misralar yaratilgan.
5. Harflar orasiga chiziqcha qo‘yish. Bu usul yordamida real holat, so‘zlovchining ichki 
kechinmalari, his-tuyg‘ulari, emotsiyasi tasvirlangan. Masalan: Navbat husnixatlarga, Yozuv 
“Lo-o-l-a, o-sh” bo‘ldi. Poyezd izi daftarga, Harflar boshma-bosh bo‘ldi. (T.Adashboyev “O‘n 
ikki varaqli daftar”, 107-bet). 
6. Talaffuz jihatidan bir-biriga yaqin harflarni almashtirib qo‘llash. Bu usul o‘zining 
emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdorligi, badiiy jihatdan betakrorligi, poetizmga boyligi 
bilan ajralib turadi. Shu bois, Anvar Obidjon, T.Adashbov, Dilshod Rajab singari iste’dodli 
bolalar ijodkorlari tomonidan ko‘p qo‘llangan. Masalan:
“Arra”, ”Karra” so‘zlarini, 
Burro aytar Botir ukam.
“SH” bilan “CH” harflariga,
Bir oz tili kelmayotir. 
Pishloq yedim qishloqda,
Shermat yurar “Chayka”da.
Pisloq yedim qisloqda, 
Sermat yurar “Sayka”da. (T.Adashboyev. “R” harfi”, 63-bet). 
7. Bir nechta fonografik vositalardan kompleks foydalanish. Bu usulda matn ichida harflar 
va so‘zlar bosh harf bilan yoziladi, bir vaqtning o‘zida harflar orttiriladi yoki tushirib qoldiriladi. 


65 
So‘zlarni bo‘g‘in, tovush tarkibi bilan taqqoslash, bir bo‘g‘inni ikkinchi bir bo‘g‘in bilan yoki bir 
harfni ikkinchi bir harf bilan almashtirish, berilgan so‘zga bo‘g‘in yoki harfni qo‘shish – 
bularning barchasi bolani o‘qishga o‘rgatish ishining ajralmas qismi bo‘lib qolishi kerak [4. B. 
18].
Grafik poetizmning bu kabi go‘zal namunalarini T.Adashboyevning “Beshta arra”, 
“Chumchuqlarga uyadir”, “Farqi bitta harfda”, Dilshod Rajabning “Bitta harf olinsa”,
“Harflarga hazil(lashma)”, “Ehtiyot shart”, “Yozuv yovuz bo‘lmasin” kabi she’rlarida 
uchratamiz. Masalan:
Ashraf aka ANOR so‘ydi,
Anormisan, anor deysiz. 
Har donasi gavhar misol, 
Yalt-yult etar FANOR deysiz. 
“F”ni “Q” ga almashtirsak, 
Paxta to‘la QANOR bo‘ldi. 
Ikki harfni oluvdik, 
Qo‘sh o‘rkachli NOR bo‘ldi. 
Bolakaylar, bilib qo‘ying. 
NOR degani tuyadir. 
“T” harfini qisqartirsak,
Chumchuqlarga UYadir. (T.Adashboyev. “Osmondagi darvoza”, 178-179- betlar). 
8. Harflarni “gapirtirish” usuli. O‘quvchilarning harflarga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabati, 
ayrim harflarning xunuk, qing‘ir-qiyshiq yozilishi harflar tiliga ko‘chirilgan, harflarning “arz-
dodi” vositasida real holat emotsional-ekspressiv bo‘yoq bilan chizib berilgan. Masalan, 
X.Komilov “Harflar suhbati” she’rini grafik poetizmning eng yorqin namunasi deyish mumkin.
– Borolmayman, – dedi “A”, 
– Qolmay yana baloga. 
“B”xon so‘radi: – Nega? 
– O‘xshar emishman “O”ga.
“H” norozi Zuhradan, 
– Bukri qilib yozadi. 
O‘z-o‘zimga oynadan, 
Boqsam, ko‘nglim ozadi. (X.Komilov. “Mazali kitob”, 41-bet).
Harflarni “gapirtirish” orqali poetik qochirimning go‘zal namunasini X.Komilov 
she’rlarida uchratamiz: 
“Q” to‘kadi hasratin,
– Qanday qilib yashayman?
Tomosha qiling aftim,
Xunuk “G” ga o‘xshayman. (X.Komilov. “Mazali kitob”, 31- bet);
9. Ko‘p nuqtadan foydalanish. O‘quvchilarni topqirlikka, fikrlashga o‘rgatish maqsadida 
bolalar shoirlari o‘z she’rlarida qatorlashib kelgan nuqtalardan ham poetik maqsadda 
foydalanishgan. Buni Abdurahmon Akbarning “A’lochilar”, “Sadirjonning kaptari”, “Tishi yo‘q-
da”, “Raqqosa”, “Mavluda va Oymomo”, “Orzu”, “Kichkina chavandoz” she’rlarida uchratish 
mumkin. Shoir “Ma’suda va Oymomo” she’rida shunday deb yozadi:
Ko‘kda to‘lin Oy.......... 
Suzar ekan osuda. 
O‘y ga to‘lar ko‘zlarin, 
Pirpiratib.......... (Abdurahmon Akbar. “Uyquchining tushlari”, 24-bet) 
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga “momo” va “Ma’suda” so‘zlarini qo‘yishlari lozim. Shunda 
shoir she’rda nazarda tutgan grafik poetizmni yuzaga chiqadi. Abdurahmon Akbar unga 
qo‘shimcha ravishda so‘z o‘yinidan ham foydalanmoqda.


66 
10. Harflar tartibidan foydalanish. Ma’lumki, maktabda bitta sinf bir nechta bo‘lsa, ularga 
nisbatan “a”, “b”, “v” harflari qo‘llanadi. Bolalarga atalgan she’rlarda ushbu tartib ko‘p 
uchraydi. Masalan:
Olti “b”lar bu safar,
Nok o‘tqazishdi butkul.
Biz bo‘lsak yo‘l chetiga,
Ekib chiqdik nuqul PUL. (Abdurahmon Akbar. “Uyquchining tushlari”, 36-bet). 
11. Harflar o‘rniga raqamlardan foydalanish. Bolalar ijodkorlari mustaqillik yillarida 
grafopoetizmlarning yangicha shakllarini o‘ylab topdi. Ular o‘z she’riyatida badiiy 
ta’sirchanlikni, ifodaviylikni ta’minlash maqsadida raqamlar va harflarning grafik shakllaridan 
ham unumli foydalandilar. Biz buni Abdurahmon Akbar ijodida kuzatishimiz mumkin. Shoir 
o‘zining “Raqamli she’rlar” deb nomlangan turkumiga kirgan “Tush”, “Uchqunjonning 
toychog‘i”, “Hamma biladigan haqiqat”, “Xavotirlik”, “So‘nggi ogohlantirish”, “Mingoyoqning 
Xo‘tikvoyga degani”, “Orzuli dunyo”, “To‘qsonbobo” kabi she’rlarida harflar va raqamlar va 
harflarning “1” (bir): 1on (biron), tad1 (tadbir), 1dan (birdan), 1ov (birov), gum1lab (gumbirlab)
“2” (ikki): 2ovlon (ikkovlon), 2lanmay (ikkilanmay); “3” (uch): 3qun (uchqun), dov3cha 
(dovuchcha); “1”, “2”, ”3”, “5”, “10!, “100”, “10000” qorishmali shakllaridan foydalanib 
bolalar she’rlarining o‘ziga xos namunalarini yaratgan.
Bunday grafik vositalar bolalarni o‘ylashga majbur etadi. Ulardagi vizuallik, topqirlik 
fazilatlarining taraqqiy etishiga ko‘maklashadi. Mana shu qiziqishning o‘zi she’rda grafik 
poetizmning ta’minlab beradi.
12. “Qiziqarli grammatika” usulidan foydalanish. Bu usul ona tilini, uning qonun-
qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta o‘rganib olishga yordam beradi.. Bunda so‘zni har 
ikki tomondan o‘qisangiz ham bir xil shaklga ega bo‘lishi e’tiborga olinadi va o‘quvchilarni 
topqirlikka, fikrlashga yo‘naltirilgani bilan e’tiborlidir. Masalan: 
“Qo‘y”ni ters o‘qisang,
“Yo‘q” bo‘lib qolar.
“Zog‘” birdan “g‘oz” bo‘lib, 
G‘o‘ddayib qolar. (Dilshod Rajab. Teskari o‘qiganda”, 61-bet);
13. Bolalar shoirlari kashf qilgan grafik vositalardan yana biri harflarni muayyan narsalar 
shakliga o‘xshatish usulidir. Masalan, Dilshod Rajab “Musavvirning she’rlari” deb nomlangan 
turkum she’rlarida mazkur usuldan keng foydalanishga uringan. 
Shuncha yerni ag‘darib,
O‘tirmasdan yana ko‘r. 
Ishlayman, deb BELKURAK, 
Tikka turar, ana ko‘r! 
Ishlayman, deb B 
E





T I K K A 
U N 
R A 
A K 
RO‘ 
E’tibor qilinsa, “belkurak tikka turar, ana ko‘r” birikmasi belkurak shaklida yozilgan. Shoir 
“turnik turar kerib oyog‘in”, “ko‘tarma kran”, “oppoq oyna yuzida qat-qat chang, ana ko‘ring”, 
“oppoq qalpoq”, koptok” leksik birliklarini turnik, kran, toshoyna, qalpoq, koptok ko‘rinishidagi
o‘ziga xos grafik tasvirlarini yaratgan.


67 
Bu kabi usullarni bolalar she’riyatida oldin mutlaqo uchramagan yangi grafik poetizmlar 
sifatida qabul qilish mumkin.
Demak, bolalar adabiyotida grafik vositalardan foydalanish o‘quvchilarda imlo qoidalari 
bo‘yicha hosil qilingan bilim va malakalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ularni fikrlashga 
o‘rgatadi. Bu esa ularda til va nutq kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling