Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


PAYT MA’NOSIDAGI KO‘MAKCHILARNING SEMANTIK – FUNKSIONAL


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

PAYT MA’NOSIDAGI KO‘MAKCHILARNING SEMANTIK – FUNKSIONAL 
XUSUSIYATLARI 
SEMANTIC-FUNCTIONAL CHARACTERISTICS OF AUXILIARIES IN THE 
SENSE OF TIME 
Davlatyor Jumashov 

 
Annotation. This article covers theoretical issues related to the semantic-functional 
characteristics of the prepositions in the meaning of the moment. The article focuses on the 
semantics of the moment preposition. 
Key words: preposition, semantics, cause preposition, comparative, pasens, lexical 
meaning, language unity. 
Payt tushunchasi falsafada materiyaning borliq shakli (yoki atributi) bo‘lib, bu barcha 
obyektlar mavjudligining davomiyligini holatlar almashinuvining izchilligini xarakterlaydi. 
Hozirgi o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning vaqt ma’nosini ifodalashi keng kuzatiladi. 
O‘zbek tilida payt ma’nosi ifodalanishi, analitik formalar (ya’ni ko‘makchilar ishtirokida) orqali 
yasalishi keng kuzatiladi. Bunday shakllarni yasovchi ko‘makchilar semantikasida payt ma’nosi 
anglashilib turadi. Aniqrog‘i, o‘zidan oldingi kelgan so‘z payt ma’nosidagi so‘zlardan iborat 
bo‘ladi.
O‘zbek tilidagi payt ma’nosidagi ko‘makchilar anchagina: bilan, sayin, bo‘yi, tomon, 
so‘ng, keyin, beri, buyon, muqaddam, burun, ilgari, boshlab kabilar.
Mazkur ko‘makchilarning ma’no xususiyati analitik shakl orqali hosil bo‘ladi. Bu xaqda X. 
Axmatovaning maxsus maqolasi ham e’lon qilingan [Axmatova X., 1986 47-51-bet]. Ushbu 
maqolada payt munosabatini ifodalovchi ko‘makchili birikmalar haqida batafsil so‘z yuritiladi. 
Xususan, bilan ko‘makchisining to‘rt holatda payt munosabatini, qadar ko‘makchisining uch 
xolatda, sayin ko‘makchisining to‘rt holatda ish-harakatning bajarilishi, davomiyligi kabi 
munosabatlarini ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, o‘zbek tilidan olingan faktik materiallar asosida ko‘makchilarining payt 
ma’nosi ifodalashini ko‘rib chiqamiz. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, payt munosabati turli ko‘makchilar orqali ifodalanadi. Shunga 
muvofiq har bir ko‘makchining ma’no munosabatlarini funksional jihatlari haqida to‘xtalamiz. 
Bilan ko‘makchili analitik birikma payt munosabatini ifodalaydi:
1) fe’ldan anglashilgan ish-harakat, holat, voqea-hodisalarning bajarilish, davom etish 
paytini bildiradi: Er xotin kechasi bilan uxlamay uf tortib chiqdi (M.Xazratqulov). Qayumjon 
kechasi bilan o‘y o‘ylab chiqdi (S.Ahmad). Bunday hollarda bilan ko‘makchisi odatda kechasi, 
kunduzi, ertasi kabi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga keladi;
2) harakat nomlari bilan birikib, subyektning bir harakatidan keyin ikkinchisining 
boshlanganligini bildiradi. Birinchi harakat keyingi harakatning bajarilish paytini bildiradi. 
Masalan: Navbatdagi trolleybusning oldingi eshigi shundoqqina ro‘parasiga to‘g‘ri keladi va u 
sharaqlab ochilishi bilan feruza tushdi (M.Xazratqulov). Xalidan beri xayolida aylanayotgan 
nomni eshitishi bilan Sa’dullaning yuragi jizillab ketdi (M.Xazratqulov). Tili chiqib, biyron 
bo‘lib qolgan do‘boqchasini yerga qo‘yishi bilan u yugurib borib, buvisining yoniga yotib 
oldida, akalarining yomonligidan arz qildi (T.Malik); 
3) payt-natija ma’no munosabatini ifodalaganda ko‘makchi harakat nomi bilan birikadi va 
harakatning bajarilish paytini ifodalaydi. Masalan: Ertaga ishga kelishi bilan gazetalarni bir-bir 
ko‘zdan kechirib, bexafsala dalaga chiqib ketardi (S.Axmad). Shu bois u qo‘liga piyolani olishi 
bilan Feruza ichkari xonaga, bir narsani bahonalab, kirib ketdi (M.Xazratqulov).
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘makchilar harakat nomi bilan birikib, o‘zi –oq 
qo‘shimchasini olsa, harakatning qisqa muddatda bo‘lganligi anglashiladi: Bekrov Fokis gapini 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling