Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 Dalli tug‘yon, 
Alamkor bir his 
Sig‘dirmadi uni zaminga. 
Masxaraboz hayot, 
Didsiz qiz, 
Molparast do‘st tig‘ sanchdi unga. 
Olchoq mulkdor, 
Johil noshirlar 
Qaydan bilsin — nedir ehtiros. 
Ular-chun zavq — so‘qqabosh lobar, 
Mansab va pul atalmish qog‘oz.
“Martin Iden” 


72 
Shoir tomonidan nutq obektiga nisbatan qo‘llanilgan “masxaraboz”, “didsiz”, 
“molparast”, “olchoq, “johil”, “so‘qqabosh” kabi sifatlar aslida muallifning Martin Idenni 
qurshab turgan, u yashagan zamonda va makonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga manfaat nuqtayi 
nazaridan yondashuvchi kishilarga berilgan ta’rifdir. Shoir yer yuzida Martin Idenga yomonlik 
qilganlarga o‘xshash odamlarning ko‘pligidan ozor chekadi, ularning molparast, olchoq va johil 
ekanligidan tashvishga tushadi. Ana shunday holatda sifatlashlardan munosabat ifodasi va badiiy 
bezak sifatida foydalanish shoirga qo‘l keladi.
Keltirilgan parchada masxaraboz sifati hayot so‘zi bilan birikib, misradan anglashilgan 
ma’noni yanada kuchaytirib, bo‘rttirib tasvirlashga xizmat qilgan. Albatta, tilimizda narsalarga 
nisbatan qo‘llaniladigan sifatlarning insonga ko‘chirilishi orqali poetik matnlarda obrazlilik, 
ta’sirchanlik kuchayadi. Anvar Obidjon turli poetik tasvirlarni berishda sifatlashlarning ana shu 
imkoniyatlaridan mohirona foydalanadi. 
Ma’lumki, har bir ijodkor she’riyatining ma’lum qismini yor tasviri egallaydi. Uni 
tasvirlashda shoir ma’no ummonidan so‘z gavharlarini izlaydi, ularni dur kabi teradi. Shoir 
ijodida qo‘llanilgan ma’za-ta’m bildiruvchi shirin sifati bir qator so‘zlar bilan birikib, poetik 
tasvirni kuchaytiruvchi sifatlashga aylangan: 
O falak, rahm aylabon
ko‘nglimni bog‘ esang netar, 
Barq urgan olam ichra 
so‘lg‘in tururman tokay? 
Tund dilim shirinsuxan 
dilbar dan topmay nishon, 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling