Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Men deyarli uch yuz yildan beri ana shu uyg‘unlik uchun kurashib kelaman (H.Shayxov).
O‘ziyam opam yigirma uch yildan beri ferma mudirida (M.Mahmudov). Beri ko‘makchisi anchadan, bir necha, talay, ko‘pdan so‘zlari bilan birikib, voqea-hodisa, harakatning noaniq vaqtda bajarilishini bildiradi: Talay yildan beri ishlaysan, axir (M.Mahmudov). Urush davridagi Toshkent hayotidagi kichkinagina bir lavha yozishni anchadan beri ko‘nglimga tugib qo‘ygan edim (S.Ahmad). Lekin ko‘pdan beri shirin orzular og‘ushida tunlarni bedor o‘tkazayotgan Tavboyev ularni qaytardi (X.Mallaev). Birga o‘qisak, bir necha yildan beri bir-birimizni bilsak-da, ahvoling qalay, deb so‘rash xayolimizga kelmasa (M.Xazratqulov). 78 Ayrim hollarda biror harakat ijrosi bilan bog‘liqlik vaqti ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Ochig‘ini aytsam, Yerga tashrif buyurganidan beri uni ko‘rdim-u, halovatimni yo‘qotdim (H.Shayxov). Beri ko‘makchisi boyadan so‘zi bilan kelganda yaqin o‘tgan vaqtdagi voqea anglashiladi: Ona kiyik xuddi hech narsa ko‘rmaganday sal narida boyadan beri o‘tlab yurgan bolasining yoniga borgan, bolasi esa, tipirchilab uni emishga urinayotgandi (H.Shayxov). Yana joyiga joyiga kelib o‘tirarkan, boyadan beri suhbatga suhbatga quloq solib jimgina turgan Ona Burgut gap qo‘shdi (H.Shayxov). Chiyabo‘rining so‘nggi gapidan boyadan beri eshitib turgan sherigining jon-poni chiqib ketdi (H.Shayxov). Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, boyadan beri birikmasi yozuvchi H.Shayxovning indvidual ijod uslubidir. Bu esa yozuvchining o‘ziga xos uslubidan dalolat beradi. O‘zbek tilida beri ko‘makchisi shundan olmoshi bilan kelib, biror voqea-hodisaning ma’lum vaqtda boshlanganini bildiradi. Bunday holatda so‘zlovchi tinglovchiga ma’lum bo‘lgan vaqt haqida gapiradi. Buyon ko‘makchisi beri ko‘makchisi sinonimi sifatida keng qo‘llaniladi. Bu ko‘makchi ham voqea-hodisa, harakatning ma’lum vaqtdan boshlanganligi ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Qiziq, u aqlini tanib, qo‘lidan ish keladigan bo‘lgandan buyon ko‘p vaqtini ovqat pishirish bilan o‘tkazyapti (M.Xazratqulov). Uy egalarining aytishlaricha, televizorlari anchadan buyon ishlamas ekan (“Yosh leninchi” gazetasi). Mana turmush qurishgandan buyon necha oy o‘tdi (M.Xazratqulov). Payt munosabatini ifodalashda voqea-hodisaning oldin bo‘lganligini avval ko‘makchisining faol qo‘llanganligini kuzatamiz. Bu ko‘makchi oldin, ilgari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan: Ulug‘bek ikki sipoh kuzatuvida avval bobosining maqbarasini ziyorat qildi (Muzaffar). Shuni unitmangki, yaqinlashishdan oldin uni tinchlantirish zarur (Yoshlik № 9.89). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qadar ko‘makchisi harakat, voqea- hodisaning payt jihatdan davomiyligi, uning chegarasini ma’lum vaqtgacha davom etganligini bildiradi. Bu ko‘makchilarning qo‘llanilishi haqida o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda jo‘nalish kelishigini boshqarib, harakat, voqea-hodisaning ma’lum vaqtgacha bo‘lganligi ta’kidlanadi: Tergovchi huzuridagi bu uchrashuvga qadar Jahongir ikki o‘t orasida edi. Ozodlikka chiqquniga qadar qolgan yillarni, oylarni, haftalarni,kunlarni xatto soatlarni hisoblardi (T.Malik). Biror voqea-hodisa yoki harakatning keyin bo‘lishini ifodalovchi ko‘makchilar. Bu tipdagi keyin, so‘ng ko‘makchilari ish-harakat voqeaning keyin bo‘lganligini ifodalaydi. Keyin ko‘makchisi daqiqa, soat, oy kabi vaqt bildiruvchi so‘zlardan keyin kelib, voqea-hodisa, harakatning ma’lum vaqtdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi. Masalan: Yana bir daqiqadan keyin kemamiz Betta sayyorasining bosh kosmodromiga qo‘nadi. Bu yetmaganidek, yana bir oydan keyin kaminaning o‘zini ham o‘g‘irlashni mo‘ljallashgan (H.Shayxov). Yarim soatdan keyin futbol bo‘ladi, ko‘rishmoqchi (S.Ahmad). V.A.Isengalieva keyin ko‘makchisining vaqt ma’nosini ifodalaganda, biror hodisa, voqealarning biri ikkinchisidan keyin bo‘lganligi ya’ni ketma-ketligini ifodalashi haqida o‘z fikrini bildiradi [Isangaliyeva V.A. 1957.S.122-123]. Faktik materiallarimiz ko‘rsatishicha, ko‘makchilar vaqt bildiruvchi so‘zlardan tashqari, holat, voqea-hodisalar bilan bog‘liq ma’nolarni ham ifodalaydi: Olma qoqi solib damlangan choydan keyin o‘choqqa o‘t qalandi (T.Malik). Menimcha, shu feletondan keyin o‘sha mehmonlardan birontasi boqqa qadam bosmaydi. Armiyada tank mingan edim, kelganimdan keyin shofyorlik qildim (S.Ahmad). Yuqoridagi kabi ma’nolarda keyin ko‘makchisining sinonimi sifatida so‘ng ko‘makchisi qo‘llaniladi: Ma’lum bo‘lishicha, dadasi qo‘llanmani olib qo‘ygan, bir haftadan so‘ng jo‘nashimiz kerak edi (H.Nazar). Biror voqea-hodisa yoki harakatning turli vaqtlarda bo‘lishi yoki davomiyligini bildiruvchi ko‘makchilar. Voqea-hodisa yoki harakatning vaqt jihatdan oldin yoki keyin bo‘lishidan tashqari, ularning davomiyligi, takroriyligini ifodalaydi. Bular esa ko‘makchilarning turli xil payt ma’noda kelishi bilan bog‘liq. Ushbu ma’nolarni ifodalashda sayin, davomida, mobaynida, arafasida ko‘makchilari bajaradi. Voqea-hodisa yoki harakatning davomiyligini davomida ko‘makchisi ishtirokida hosil bo‘ladi: 79 Xato qilgan bo‘lsam kechirgin, bolam, Yuz yil davomida cho‘zaverma, bas. Ko‘rib turibsan-ku, men – olddiy odam, Napoleon emasman, Temur emas. (A.Oripov) Misollardan ko‘rinadiki, payt ma’noli kun, oy, yil, asr kabi so‘lar bilan davomida ko‘makchisi qo‘shilib vaqtning davomiyligini bildiradi. Sayin ko‘makchisi ham kun, hafta, oy, yil kabi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birikib, harakatning shu so‘zlar anglatgan vaqt ichida takrorlanib turishi yoki sodir bo‘lish kuchi – intensivligi oshgani yoki kamaygani ma’nosini ifodalaydi [O‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti. Toshkent. “Fan”. 1989. 75-bet]. Tilshunos prof. D.S.Nosirov ham sayin ko‘makchisining –gan (-gen) sifatdosh shakli orqali ifodalanishini e’tirof etadi [Nosirov D.S. Nukus. 1964. 82-bet]. Yuqorida o‘tilgani kabi vaqt bildiruvchi oy, kun, yil kabi so‘zlarni sayin ko‘makchisi boshqarib keladi: Yangi tug‘ilgan oyday kun sayin to‘lishdi (E.Samandar). Vaqt o‘tgani sayin ularning asablari qaqshayveradi (T.Malik). Bularning bari daqiqa sayin kichrayib, eng kichik miqyosdagi xaritaga o‘xshab borar edi (X.Shayxov). Ichida ko‘makchisi payt bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanib ish-harakat, hodisaning shu so‘z bildirgan vaqt davomida, shu vaqt oralig‘ida yuz berishi ma’nosini bildiradi. Qozoq tilidagi ishindegi ko‘makchi oti ham vaqt bildiruvchi faol vositalardan biri ekanligi ta’kidlanadi. Bu esa ichida ko‘makchisining barcha turkiy tillarga xosligini ko‘rsatadi. Masalan: Yo falak, maydon atrofidagi uy-joylar qip-qizil alanga og‘ushida qolgan, qisqa vaqt ichida osmonni qoramtir tutun qoplab olgan edi (T.Malik). Xulosa qilib aytganda, payt ma’nosidagi ko‘makchilarni semantik-funksional jihatdan o‘rganilganda, ularning sodir bo‘lish payti bilan birga gap mazmunida ham o‘ziga xos semantikaga ega bo‘ladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling