Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ахматова Х. Пайт муносабатини ифодаловчи кўмакчили конструкциялар. ЎТА. №2. 1986. 47-51-бет. 2. Исангалиева В.А. Служебные имена и послелоги в казахском языке. Алма- ата.1957.С.122-123. 3. Исангалиева В.А. Служебные имена и послелоги в казахском языке. Алма-ата. 1957. С- 73. 4. Носиров Д.С. Қарақалпақ тилинде келбетлик фейил. ҚҚМБ. – Нокис. 1964. 82-бет. 5. Совет даврида ўзбек адабий тилининг тараққиёти. – Тошкент:Фан. 1989. 75-бет. XX ASRNING 20-YILLARI O‘ZBEK GAZETALARI TILI THE LANGUAGE OF UZBEK NEWSPAPERS OF THE 20S OF THE 20TH CENTURY Sabohat Bozorova Annotation. The end of the 19th century and the beginning of the 20th century have a special place in the history of the Uzbek language. During this period, the Uzbek literary language began to separate from the traditional bookish old Uzbek language, which was far from the colloquial language of the people. This period was the period of formation of the modern Uzbek literary language. The language of newspapers of this period is analyzed in the research. Key words: history of the Uzbek language, written speech, newspaper language, spelling rules. Katta o‘qituvchi, ToshDO‘TAU, sabohatbozorova@gmail.com . 80 XIX asrning oxiri-XX asr boshi adabiy tilda eski, an’anaviy yozma nutqqa xos bo‘lgan yuqori uslubdan chekinish va xalq so‘zlashuv tiliga yaqinlashish davri edi. Bu davrda adabiy tilning so‘zlashuv tiliga yaqinlashish jarayoni, ayniqsa, “Turkiston viloyatining gazeti” tilida yaqqol ko‘rinadi. Ushbu gazetaning tili eski o‘zbek tilining davomi edi. Eski o‘zbek tili zaminida hozirgi o‘zbek adabiy tili yetildi, voyaga yetdi va mustahkamlandi. [Рахманов, 1971] 1905-1917-yillar gazetalari tilining morfologik xususiyatlarini maxsus tadqiq etgan B.Turdialiyev o‘sha davr gazetalari tilidagi so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z yasovchi va shakl yasovchi eng muhim qo‘shimchalarni qayd etadi. Ba’zi affikslarning vazifasi kengayganligini alohida ta’kidlaydi. Gazetalar tilining xalq tiliga yanada yaqinlashib borganligini ko‘rsatadi. Uning qayd etishicha, 20-yillardagi o‘zbek adabiy tili leksikasining asosini qadimgi davrlardan beri ishlatilib kelinayotgan va barchaga tushunarli bo‘lgan leksik qatlam tashkil etadi. Yozma nutqni xalq so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish uchun kurashda 20-yillar gazetalari asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qildi. Bu gazetalar o‘zining dastlabki kunlaridanoq asrlar osha yashab kelayotgan xalq tiliga tayanib, xalq tili boyligini o‘z sahifalarida namoyon etib, uning (xalq tili xususiyatlarining) yozma nutqqa ko‘proq kirib borishiga munosib hissa qo‘shdi. Gazeta tilida ommaviylikka erishish, bu tilni keng xalq ommasi tiliga yaqinlashtirish uchun kurash 20-yillardayoq yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 20-yillarga kelib, gazeta ommaning hayotiga kirib bordi, xalq ommasining iqtisodiy- siyosiy va madaniy hayotida ro‘y bergan barcha yangiliklarni o‘z sahifalarida tezkor tarzda aks ettirdi. So‘zsiz, bularning barchasi o‘sha davr gazetalari tilida o‘z ifodasini topdi. Oktabr to‘ntarishidan keyingi taraqqiyot ham evolyutsion o‘sish qiyinchiliklari bilan amalga oshdi. O‘sha davrdagi gazetalardan biri – “Kambag‘al dehqon” (1925-yil) haqida shunday satrlarni o‘qish mumkin: “Bu gazeta har bir qadamda kambag‘al va o‘rtahol dehqonlarning manfaatini ko‘zlab, ularga har jihatdan maslahat berib keldi. Buning tili yangi chiqqan vaqtlarda biroz og‘irroq bo‘lsa ham, keyinchalik dehqonlar tushunadigan holga solina boshladi. Hozir, borgan sari soddalashmoqda, texnikasi ham anchagina yo‘lga qo‘yildi”. [Саид, 1974, 111] Bu davrga kelib ko‘plab ommaviy ishchi-dehqon muxbirlar yetishib chiqa boshladi. Ular 20-yillardagi xilma-xil va murakkab masalalarni to‘liq, batafsil, ixcham shaklda va ta’sirchan yo‘sinda aks ettira bordi. Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, 20-yillar gazetalari tili deganimizda o‘sha davr xalq tilini emas, balki an’anaviy kitobiy yozuv uslubini hali o‘zida ko‘proq saqlab kelgan yozma nutqning bir ko‘rinishi − gazeta tilini tushunamiz. 20-yillardayoq gazetaning tiliga ham, texnikasiga ham jiddiy e’tibor berildi: gazetalar mana shu dastlabki kunlardanoq qisqalikka, ixchamlikka intildi. Oz so‘zda ko‘p ma’noni ifodalash tamoyiliga suyanib ish tutdi. Bu davrda yozma adabiy til, shu jumladan, gazeta tili ham so‘zlashuv tiliga ancha yaqinlashdi. Unda davom etib kelayotgan kitobiylikning cheklanishi va xalq so‘zlashuv tiliga yaqinlashishga osonlikcha erishilgani yo‘q. Bu jarayonda gazeta katta taraqqiyot yo‘lidagi murakkab bosqichlarni bosib o‘tdi, og‘ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Gazeta tili taraqqiyoti borasida uning 20-yillardagi ba'zi xususiyatlari haqida dalolat beruvchi ayrim misollar keltiramiz: “Olmooto, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand, Poltoratsk va Pshpak shaharlarida “Turkpechat”ning hamma sho‘balarida yangi Toshkent ijroqo‘mi ma’muriyat sho‘basining kiyingi farmoniga muvofiq tayyorlong‘on uy daftarlari sotilo boshlodi” va boshqalar. 20-yillarda gazetalar xalq tilidan unumli va o‘rinli foydalana olganligi tufayli juda ko‘p ixcham, xalq ommasi didiga mos, hammabop so‘z va iboralar, ravon va aniq jumlalar, talabga javob bera oladigan sarlavhalar, ta’sirchan va muvofiq ruknlar bilan ta’minlangan, grammatik qurilishi mukammallashgan edi. Garchi 20-yillarda tarjima nazariyasini (u yillarda mukammal tarjima nazariyasining o‘zi deyarli yo‘q edi) yaxshi bilib, uni xalq tili xazinasidan to‘liq foydalangan holda, tarjimaga tatbiq eta oladigan yetuk mutaxassislar, tarjimonlar nihoyatda kam, barmoq bilan sanarli darajada oz bo‘lsa-da, bu gazetalar tili ancha puxta-pishiq edi. Masalan, ushbu gazetalarning 20-yillardagi ayrim sonlarini ko‘zdan kechirganimizda, gazetalar 81 tilida xalqning didi va talabiga mos ravishda, aniqlik, oddiylik, ixchamlik yetakchi xususiyatlardan bo‘lganini ko‘ramiz. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni aniq va ixcham aks ettirgan jumlalar o‘sha davrdayoq sintaktik aloqalarni ta’minlovchi har xil grammatik vosita va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilganini ko‘rsatadi. Yoki quyidagi sarlavhalarni olaylik: “O‘rta Osiyoga ko‘plab yangi mutaxassislar kerak” (1930-yil, 26-may); “Ko‘klam” (1930-yil, 6- yanvar); “Dehqonlarga yengillik” (1927-yil,10-iyul) va boshqalar. Bu xil mavzulardagi materiallarga hozir ham shunday sarlavhalar qo‘yish mumkin. 20-yillar gazetalari tilida tarjima yo‘li bilan yasalgan va asta-sekin tilimizga singib ketgan nutq vositalaridan, ba’zi atamalardan bir qismi gazetadan gazetaga o‘tib, takror qo‘llanaverib, qoliplashib qolgan va bizgacha yetib kelgan: mashina-traktir stansalari, ko‘klam ekin Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling