Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
“Navoiy koʻchasi - Toshkentim faxri,
Ilm-u fan shahrining pok siynasidir. Bu koʻcha choʻng tarix, ma’rifat nahri, Oʻzbek ziyolisin oyinasidir. Navqiron yillarim oʻtgan ushbu yer, Yoddan chiqarmidi betakror onlar. Yurgan bu yoʻllarda Oybek, Mirtemir, Olim Xoʻjayevlar, Shukur Burxonlar...” [Oripov, 2013: 45]. “Navoiy koʻchasi” nomli sheʼrida Abdulla Oripov Navoiy koʻchasini Toshkentning faxri deb taʼriflaydi. Mazkur she’rda tarix va ilm-fan makoniga aylangan noyob maskanga ishora qiladi. Bu yerga Oybek, Mirtemir, Olim Xoʻjayev, Shukur Burxon kabi koʻplab ziyolilar kelganligini aytadi. Abdulla Oripov bu she’rida ham bugungi kunda ko‘plab muvaffaqiyatli ziyolilar Alisher Navoiy an’anasidan chiqqanligini ta’kidlaydi. “Aytmasinlar g‘animlar, kimlargadir zor bu yurt, Buyuk Sohibqironi, Alisheri bor bu yurt. Alloh o‘zi yetkazgan in’omini asragay, To‘g‘rosini, taxtini, Islomini asragay. O‘zbekiston - yagona Vatan uchun yashaylik, Vatan ichra bu go‘zal chaman uchun yashaylik” [Oripov, 2005: 55]. “Vatan uchun yashaylik” nomli she’rida tarixiy ong bilan hayqiriq borligini aytish mumkin. Oripov she’rida bu yurtda Buyuk Sohibqiron va Alisher Navoiy kabi muhim shaxslarning borligini ta’kidlaydi. U oʻzbek xalqining Allohdan boshqa hech kimga muhtoj emasligini aytadi. “Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost. Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin, Alisher qalamni ko‘rsatgan, xolos” [Oripov, 2000: 150]. 89 “Alisher” nomli she’rida shoir; dunyoda obroʻ qozonish uchun vatanni buzish shart emas, bu gapning to‘g‘ri ekanligini, ba’zilar nayzaning kuchi bilan maqtanganida, Alisher Navoiyning faqat qalamni ko‘rsatganingni aytmoqdadir. “Abadiyat bilan qay so‘z egizak, Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir? Mangulik anglanar Navoiy desak, Navoiyning o‘zi Abadiyatdir” [Oripov, 2005: 54]. “Navoiy” nomli she’rida shoir mangulik ham, balki ezgu orzu so‘zi ham, niyat ham bir ekanligini, lekin Navoiy deyilganda mangulik anglanilishini ta’kidlaydi va Navoiy siymosida abadiyot obrazini mujassam etadi. “Abay hikmatiyu Navoiy sozi Ko‘rkam xonadonim muattar etgan. Buyuk yaratganga bo‘lsin tavoze, Udir baxtimizni barobar bitgan. Diydor boshlab keldi, qani, uzat qo‘l! O‘ljasim, jo‘ldosim, do‘stim, qarog‘im! Ta’zim, ehtiromim aylagil qabul, Ey ulkan qozog‘im, ulkan qozog‘im...” [Oripov, 2000: 215]. A. Oripov “Qozog‘iston” nomli she’rini qozoq shoiri Oʻljas Sulaymonovga bag‘ishlangan. Unga mehrini izhor qilar ekan, “O‘ljasim, jo‘ldosim, do‘stim, qarog‘im” deb xitob qiladi. Turk adabiyotida qozoq shoiri Abay Kunanbayev va Alisher Navoiyning katta ahamiyat kasb etganiga ham ishora qiladi. Abdulla Oripov o‘z she’rini, qozoq xalqiga chuqur hurmat- ehtiromlarini izhor etish bilan tugatadi. “Kelibdur og‘zima jonim, qilurman ishqim zikr, Netaykim, vasl erdi orzu, vale dildordin makr, Netsin, Abdulla hayrondir, ayo pir, aylang fikr, Navoiy hajrg‘a qoldi, qiling visolda shukr, Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz” [Oripov, 2001: 300]. “Alishеr Navoiy G‘azaliga Muxammas” nomli she’rida Abdulla Oripov; itoatkor tushuncha va oshiq bilan uchrasha olmaslik qalbida xijolat yuki bilan, u o‘ziga pir boʻlib ko‘rgan Alisher Navoiyning xayrixohlik tuyg‘ulariga panoh topdi. Dastlabki ikki misra taxmis anʼanasida asosiy matn boʻlganini eʼtiborga olsak, A. Navoiyning ilohiy ishq haqida soʻz yuritayotgani ayon boʻladi. Abdulla Oripov esa taxmislar uchun asosiy matnni toʻldirishda oʻzini ham kiritdi, bu tushunchani yanada aniqroq qildi va u zikr, fikr, shukrona tushunchalari bilan umumiy tasavvuf ta’limotlariga e’tibor qaratdi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling