Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


TOPONIMIKADA INSULONIM VA XORONIMLAR


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

TOPONIMIKADA INSULONIM VA XORONIMLAR 
INSULONYMS AND CHORONYMS IN TOPONYMY 
Sherzod Turdiqulov 

 
 
Annotation. The article analyzes the original scientific interpretation of toponymic objects, 
including multi-story buildings and structures located in the city. The author of the article refers 
to some analyzes regarding the compatibility of existing views in this regard with scientific 
reality. 
Key words: toponymy, urbanonyms, choronyms, insulonyms. 
 
Fanda insulonimlar toponimik unsur hisoblanib, orollar nomini (Zulkifl maqbarasi – 
Payg‘ambar oroli. – Surx. vil.) ifodalovchi bu onomastik birliklar borasida turli talqinlar 
mavjud. Insulonimlar professor E.Begmatov tomonidan ham “orollar nomi” sifatida izohlangan 
[Begmatov,2013:43].
Garchi tadqiqotchi N.Dyakova insulonim(lot. insula “orol” va yunon. ὄνομα 
“nom”so‘zidan)ni ko‘p qavatli uy, inshoot nomi deb tushunib, tadqiq etsa-da [Dyakova,2016:87-
90], bizningcha, insulonim – o‘z kelib chiqishiga ko‘ra “orol nomi” ma’nosini anglatadi. 
Professor E.Begmatov ham insulonimlarni orol nomlari deb talqin qiladi, binobarin, biz ham 
qator 
tilshunoslar 
singari 
[Androsov, 
https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42639721; 
Samsonova, https://www.elibrary.ru/item.asp?id=41110131] mazkur onomastik birlikni dastlab 
orol nomiga nisbatan tushunishni o‘rinli deb bilamiz.
Yana N.Dyakovaning qarashlariga qaytib, tadqiqotchining shahar hududidagi inshoot va 
binolarni insulonim deb nomlash taklifini tahlil qilib ko‘ramiz. Uning fikricha, bino va inshoot 
nomi atov-farqlash vazifasini bajaradi, zero, tegishli binoni o‘zining turidagi qurilishlar orasidan 
ajratib ko‘rsatish dastlab uni turdosh obyektlardan farqli belgisini “tanib olish” maqsadida 
amalga oshadi. Qolaversa, deydi N.Dyakova insulonimlar o‘ziga xos pragmatik xususiyatni ham 
namoyon etuvchi birlik sifatida so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish vazifasiga ham 
xoslanadi. Insulonimlarning pragmatik xususiyati borasida N.Dyakova bir qadar to‘g‘ri 
mulohazalarni ham ilgari suradi: “ko‘chmas mulkka berilgan nomlar yirik qurilish firma va 
tashkilotlarining reklama ta’sirini bir qadar kuchaytiradi”, hisoblaydi tadqiqotchi. Tadqiqotchi 
qurilish inshooti nomi bino foydalanishga topshirilgach, boshqa mulk egasi tomonidan 
o‘zgartirilishi mumkinligini ham nazardan qochirmaydi, lekin shu nomlarning yashovchanligiga 
doir rus tilidagi materiallar misolida dalillar keltiradi.
Tadqiqotchi bino va inshootlar nomi uchun insulonim terminini tanlaganini quyidagicha 
asoslaydi. Ya’ni mazkur terminga yondashishda an’anaviy yunoncha emas, aksincha, “orol” 
ma’nosini beruvchi lotincha so‘zga tayanilgani, dastlabki insulalar (ko‘p qavatli binolar) 
Qadimgi Rimda qurilib boshlagani va umuman, ko‘p qavatli binolarni nomlovchi onomastik 

Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti 


93 
birliklar insulonim deb yuritilgani haqida ma’lumot beradi. Darhaqiqat, fanda mavjud manbalar 
Qadimgi Rimda insula deb atrofi ko‘cha bilan chegaralab olingan alohida yer maydonlariga 
aytilgani, davr o‘tib, bu erda inshoot ko‘tarilgach, uning tegishli qavatlari ijaraga berila 
boshlangani qayd etiladi. [https://tsirya.livejournal.com/50748].
Urbanonim (shahar ichidagi obyektlar nomi), agoronim (shahar hududidagi maydonlar), 
godonim (shahar ichidagi ko‘cha, shoh ko‘chalar nomi), xoronim (shahar hududining ma’lum bir 
qismi: masalan, Termiz shahridagi 5-kichik daha, 9-kichik daha, Boyqishloq, Sentr, Severnыy, 
Manguzar, Yubileyniy va b.) singari toponimik obyektlar qatorida ko‘p qavatli inshootlar nomini 
toponimik unsur deb qarayotgan tadqiqotchi N.Dyakova bir tomondan haqdek. Negaki, shahar 
hududidagi ayrim bino va inshootlar tegishli xoronimlar uchun mo‘ljal vazifasini o‘taydi. 
Masalan, Termiz shahridagi Indenim savdo markazi, Yashil dunyo dehqon bozori, Yubileyniy 
savdo markazi singarilarni misol qilish mumkin. Biroq barcha inshoot va binolarni huddi 
shunday toponimik ahamiyatli deb bo‘lmaydi. Misol uchun, shahar markazidagi viloyat 
hokimligi binosi, shahar hokimiyati, viloyat soliq boshqarmasi, shahar soliq boshqarmasi 
binolari o‘zlari joylashgan hudud uchun xoronimik mohiyatga ega emas.
Garchi N.Dyakova insulonimlarni hududdagi alohida olingan bino, inshootga biriktirilgan 
yoki aynan berilgan nom sifatida talqin qilib xato qilmagan bo‘lsa-da, insulonimga keltirgan 
misollarida xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni insulonimning hosil bo‘lishini uch omil bilan 
asoslovchi tadqiqotchi ularning: a) obyektning boshqa obyektga munosabati; b) obyektning 
sifatiy belgilariga ko‘ra; v) insonning obyektga munosabatiga ko‘ra yuzaga kelishini ta’kidlaydi 
hamda insulonim sifatida tilga olgan obyektlarni dastlab ular joylashgan xoronim bilan tilga 
oladi. Bizningcha esa, insulonim xoronimik obyektlarning shakllanishiga zamin hozirlashi aniq 
bo‘lgan onomastik unsurdir. Boshqacha aytganda, biz alohida inshoot yoki qurilish obyektini 
dastlab u joylashgan ko‘cha nomi – godonimlar birga tilga olamiz. Ammo davr o‘tib, binoning 
ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni mustahkamlansa, uni bemalol xoronimik ahamiyatli toponim 
unsur deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Tahlil uchun quyidagi misolga e’tibor bersak: Samarqanddagi Registon maydoni 
xoronimik unsur, biroq uning muhim toponimik hududga aylanishida aynan Registon sabab 
ko‘rsatgan. Yoki Toshkent shahridagi Shimoliy vokzalni olaylik. Bu inshoot o‘zining mavjudligi 
davrida poytaxtning muhim toponimik hududini o‘zida namoyon etgan va atrofida joylashgan 
ko‘plab bino va inshootlar uchun mo‘ljal vazifasini o‘tamoqda (shu kabi yana Samarqand 
darvoza, NEXT savdo markazlarisobiq Ganga, Labzak singarilarni misol qilish mumkin).
Binobarin, insulonimlar va xoronimlarni farqlash masalasi tilshunoslikda qator bir-biridan 
muhim va dolzarb tadqiqotlar uchun tadqiqot manbayi bo‘la oladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling