Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
“Bilmam, qanday ayol bo‘lgan
Alisherning onasi. Balki uning aqliga ham Lol bo‘lgan zamonasi. Balki uning ko‘zlarida Bo‘lgan og‘ir bir xayol. Balki g‘amgin bir zotdir u, Balki sho‘xchan bir ayol. Balki buyuk farzandiga Terib kelgan chechaklar. Balki tunlar unga bedor Aytib bergan ertaklar. Mayliga, u kim bo‘lmasin, Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi: Alisherning onasi u, Navoiyning onasi” [Oripov, 2000: 152]. 90 “Alishеrning Onasi” nomli she’rida shoir; bu she’rida u Alisher Navoiyning ahamiyatini tushuntirgan. Shu bilan birga, Alisher Navoiyni bolalarga mehr qoʻydirishni maqsad qilgan. Shoir, bu asarida Alisher Navoiyning onasining go‘zal xislatlarga ega bo‘lgan qadrli shaxs ekanligini ham ta’kidlagan. “Garchi shoirdir u benazir, tanho, Lekin saltanat ham dastidadir jo. Daryolarni burar imo aylasa, Mag‘lub muzaffardir himo aylasa” [Oripov, 2000: 165]. “Alishеr va Talaba” nomli she’rida Abdulla Oripov barchaning, prezident kabi Alisher Navoiyga hurmat qilganini, uning xalqda mehr-muhabbati va ta’siri borligini ta’kidladi. A. Oripov o‘z she’riyatida, Alisher Navoiyni xalq muammolari bilan shug‘ullanuvchi hassos shoir sifatida ta’rifladi. Shu bilan birga A. Oripov, A. Navoiyning kambag‘al va nochor insonlarning, xalqning hol-ahvolini so‘rab, ular bilan yaqindan qiziqayotganini alohida ifodalaydi. “Alisher barchaga tarahhum bilan, Hurmat ko‘rgazardi tabassum bilan. Yuzlab talabalar mamnun, sarafroz, Ulug‘ Navoiyga chiqdilar peshvoz” [Oripov, 2000: 165]. She’rning davomida shoir Alisher Navoiyning barcha talabalarga rahm-shafqat va hurmat bilan murojaat qilganiga, talabalarning ham bundan xursand boʻlganlariga e’tibor qaratadi. “Hirot tushlarimga kirardi azal, O‘ngimda g‘azalday porlab turardi. Hazrat Navoiyning siymosi har gal, Kelgin, nabiram, deb chorlab turardi” [Oripov, 2010: 171]. “Hirot” nomli she’rida shoir Alisher Navoiyga bo‘lgan chuqur muhabbat va sog‘inchini izhor qildi. Shoir, Alisher Navoiyning tug‘ilgan va dafn etilgan Hirot shahrini tushida ko‘rganini ifodaladi. Uni, Alisher Navoiyning “Kel, nevaram” deb chaqirganini aytdi. Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi sheʼrlarida uning adabiy shaxsi, oʻzbek adabiyotidagi ahamiyati koʻpincha eʼtiborni tortgan. Shoirning sakkiz jildlik “Tanlangan asarlar” asariga kiritilgan she’rlarda Navoiy nomi 43 marta, Alisher 10 marta tilga olingan. Abdulla Oripov, Alisher Navoiy uchun “Navoiy bobo, Hazrat Navoiy, Ulug‘ Navoiy” iboralarini ishlatgan. Alisher Navoiyni “pir, umidvor zot, abadiyat, tasavvufiy pir” deb ta’riflagan. Ushbu tadqiqotda Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi she’rlarining tili, uslubi va mazmuni tahlil qilindi. Shu bilan birga, uning she’rlarida eng ko‘p uchraydigan so‘zlar berilgan. Qolaversa, Abdulla Oripovning o‘z nuqtayi nazari Alisher Navoiyning qadimgi tarix va adabiyotdagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan. Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi she’rlarida qo‘llangan so‘zlaring soni shundaydir: She’riyat, san’at, san’atkor, ilm va fan haqidagi so‘zlar: she’r (21 bor), gʻazal (4 bor), shoir (10 bor), olim (2 bor), madaniyat (2 bor), tafakkur (1 bor), tasavvuf (1 bor), san’at (11 bor), bastakor (1 bor), ilm (1 bor), fan(1 bor), tarix (7 bor), adabiyot (1 bor). Vatan, millat, hurriyat va boshqalar bilan bogʻliq so‘zlar: vatan (5 bor), yurt (12 bor), millat (4 bor), xalq (7 bor), davlat (4 bor), ozod (6 bor), hurriyat (1 bor), mustaqil (1 bor). Turk dunyosiga tegishli nomlar, mamlakat va shahar haqidagi soʻzlar: oʻzbek (10 bor), oʻzbegim (11 bor), Oʻzbekiston (6 bor), oʻzbekcha (1 bor), qirgʻiz (6 bor), qozoq (4 bor), qozogʻim (2 bor), Qozogʻiston (2 bor), Ozarbayjon (2 bor), ozar (2 bor), ozariy (1 bor), Turkiston (7 bor), Hirot (3 bor), turkiy (1 bor), tojik (8 bor), Toshkent (3 bor), Samarqand (1 bor), Buxoro (1 bor), Fargʻona (1 bor), Andijon (1 bor). Tarixiy va adabiy shaxslarga oid so‘zlar: Navoiy (43 bor), Alisher (10 bor), Beruniy (1 bor), Xayyom (2 bor), Hofiz (1 bor), Temur (3 bor), Bobur (5 bor), Boburshoh (9 bor), Fuzuliy (1 bor), Nasimiy (1 bor), Nizomiy (1 bor), Farhod (2 bor), Shirin (1 bor), Bobak (1 bor), Muqanna (1 bor), Abay (1 bor), Oʻljas (2 bor), Moʻmin Mirzo (9 bor), Mirtemir (2 bor), Qahhor 91 (2 bor), Gʻafur (2 bor) Choʻlpon (1 bor), Mashrab (3 bor), Oybek (2 bor), Alpomish (2 bor), Manas (1 bor), Chingiz (2 bor), Toʻqtagʻul (1 bor), Bayron (1 bor), Pushkin (2 bor), Betxoven (1 bor), Dante (1 bor). Oila va qarindoshlikni ifodalovchi soʻzlar: ajdod (3 bor), bobo (7 bor), ona (11 bor), oyi (3 bor), qardosh (2 bor), uka (14 bor), oʻgʻil (4 bor), bola (19 bor), farzand (9 bor), avlod (4 bor), nabira (5 bor), goʻdak (2 bor), yigit (10 bor), baxt (9 bor), rahm (2 bor), rahmat (1 bor), Xudo (1 bor), Sirdaryo (1 bor), Balxash (1 bor), Olatov (3 bor). Shoirning she’rlarida tez-tez ishlatib turadigan boshqa so‘zlar: Hazrat (5 bor), iloj (2 bor), soʻz (16 defa), orzu (8 bor), xayol (13 bor), ezgu (4 bor), aziz (9 bor), inson (18 bor), odam (17 bor), yaxshi (8 bor), yomon (2 bor), doʻst (26 bor), gʻanim (2 bor), hayot (5 bor), jahon (9 defa), dunyo (18 bor), qalb (12 bor), dil (5 bor), dildor (2 bor), rahmdil (1 bor), dilband (2 bor), ishq (4 bor), vasl (2 bor), gʻam (12 bor), alam (3 bor), goʻzal (4 bor), yurak (7 bor), umidvor (1 bor), pir (3 bor), abadiyat (2 bor). Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling