Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
о ‘ljasi”. Ushbu gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanilib, -si egalik shakli qo‘shilgan va omonimlik
hosil qilgan. Bizga ma’lumki, O‘ljas Sulaymonov qozoq millatining faxrli shoirlaridan biri hisoblanadi, aynan O‘ljas Sulaymonovning bizning yurtimizga tashrifi va o‘zbek she’rxonlarining ijobiy ma’noda o‘ljasiga aylanishi, ya’ni muxlislari tomonidan juda xursandchilik bilan kutib olinishi, xalqimizning mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini juda chiroyli so‘z o‘yini va tashbexlar bilan ochib bergan. Professor Nurboy Jabborov ta’kidlaganlaridek,milliy qadriyatlar talqini sheʼriyatda milliy ruh ifodasining eng muhim shartlaridandir. Millat mavjudligi va milliy ruh asosi boʻlgan ona tiliga muhabbat gʻoyasi Erkin Vohidov sheʼriyatida oʻziga xos talqin etilgan. Erkin Vohidovning aynan ona tilimizga bag‘ishlab yozilgan she’rlarida ham omonimik hodisalarga va o‘rinlarga duch kelamiz. Omonimlar she’riyatda qo‘llanganda o‘zgacha tasvir yaratishga xizmat qiladi. Dasturxonda Xorazmning Qirqmasidan bir tilim, Yulduzli ko‘k sahnidagi Hilolaga o‘xshaydi.[4,20] Ona tilim! Mehring bu qadar O‘rtaguvchi ekan jonimga. Аsir bo‘lib lolu musaxxar Termulaman Ilza xonimga. .[4,20] Yuqoridagi satrlarda tilim so‘zidagi omograflik turli so‘z turkumlari doirasida sodir bo‘lmoqda.Tilim I. “Ko‘p joyidan tilingan yoki bir necha uzun-uzun tilingan, yorilgan yoki tilimlangan” ma’nosini anglatadi, bu o‘rinda ot so‘z turkumiga oid leksemani ifodalab kelgan. Xorazm eliga xos bo‘lgan qovun turining bir bo‘lagini ya’ni qismini atab kelgan. Bu ham bizning millatimizning jannatmakon yurt ekanligini ta’riflash uchun ifodalangan mohirona usuldir. Tilim II “Ilza xonimga ”she’rida qo‘llangan tilim (ot + (im) egalik shakli hosil qiluvchi qo‘shimcha). Birinchi misoldagi tilim (fel + (im) so‘z yasovchi qo‘shimcha). Tilim II til+im (ot + egalik qo‘shimchasi) – “kishilar o‘rtasida, jamiyatda o‘zaro fikr almashishning vositasi, tilshunoslikning asosiy o‘rganish obyekti”, sifatida o‘zaro omonimlikni yuzaga keltirgan va milliy ruhiyatni namoyon etishda yaqqolroq ifodalashga xizmat qilgan.Har qanday xalq she’riyatining o‘ziga xosligini, uning qadriyatlarini namoyon etadigan eng muhim omil milliy ruhdir. Milliy ruhning she’riyatda o‘z ifodasini topishida esa aynan til vositalarining 103 o‘rni beqiyos va nihoyatda kattadir. Til vositalarini o‘z o‘rnida ishlata bilish ham katta mahorat hisoblanadi. Kamimiz yo‘q, uyga kelganda mehmon, Bitta qo‘y so‘yishga yetar qurbimiz. Faqat tilagimiz – el bo‘lsin omon, Omon bo‘lsin doim ota yurtimiz.[5,46b] “Vaʼzingni qo‘y, birodar Sen aytganing bo‘lmaydi”. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. Adibning yuqorida keltirilgan misralarida ham aynan omoleksemalarga duch kelamiz. Bu o‘rinlarda qo‘y leksemasi omonim hodisa sifatida talqin qilingan va bu hodisa ikki xil so‘z turkumi dorasida qo‘llangan. Qo‘yI ot. Go‘sht, yog‘ jun olish uchun boqiladigan ,kovshanuvchi ayri tuyoqli uy hayvoni.[1,192] Bu gapda aynan shu ma’noda qo‘llangan. Qo‘y II fe’l. Tashlamoq,davom ettirmaslik ma’nosida qo‘llangan. Biror narsani aynan shunday qoldirmoq. She’riy parchada gapni davom ettirmaslik, to‘xtash ma’nosida qo‘llangan. Milliy qadriyatlarimiz ifoda etilgan yuqoridagi she’rlarda omonimlar turli xil ma’no bildirishi bilan tilimizning nihoyatda boy ekanligini ko‘rsatib bergan. Har bir millat madaniyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning, ijodkor uslubi hamda tilining o‘ziga xos o‘rni bor. Erkin Vohidov so‘zning chinakam jozibasini o‘ziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini she‘rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o‘lmas satrlarda ifodalangan. G‘arb ufqi ne uchun har kech lolarang, Unda yotar sening minglab o‘g‘loning. Ol bayroqni o‘pib ichgan qasamga, Sodiq qoldi ular mardona bo‘lib. Ko‘zdan uyqu ketdi ,tandin halovat, Lek jomi jam bo‘ldi ko‘nglimda paydo. Jon-u jahonimni ol mayli faqat Meni she’r mehridan qilmagin judo [5,26b]. Yuqoridagi misralarda ham omonimlar bilan bog‘liq holatni kuzatishimiz mumkin. O‘zbek tili so‘zlarining omonimlar lug‘atida ham “ol” leksemasining quyidagi ma’nolari keltirib o‘tilgan: Ol I–qo‘li bilan tutmoq, o‘z ixtiyoriga o‘tkazmoq, o‘ziniki qilmoq; Ol II –ko‘makchi fe’l; Ol III – qizil rang ma‘nosida. Har bir millat madaniyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning, ijodkor uslubi hamda tilining o‘ziga xos o‘rni bor. Erkin Vohidov so‘zning chinakam jozibasini o‘ziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini she‘rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o‘lmas satrlarda ifodalangan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling