Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Ёқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларида ўхшатиi: Монография. – Тошкент, 2003. 
2. Маслова В.А. Лингвокультурология. – М., Академия, 2001. - С. 133-134. 
3. Махмудов Н. Ўхшатишлар – образли миллий тафаккур маҳсули. / Махмудов Н. , 
Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. -Тоsшкент: 
Маънавият, 2013. 10-бет.
4. Хакимова М. Ўзбек тилида абстракт номлар семантикаси. Монография. – Тошкент, 
2020. 92-бет. 
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Temir 
 
 
FRAZEOLOGIK MA’NO XUSUSIDA 
REGARDING THE PHRASEOLOGICAL MEANING 
Nigora Jo‘ranazarova 

 
 
Annotation. This article describes the study of phraseologisms in world and Uzbek 
linguistics and the opinions of scientists. Similarities and differences between phrases and stable 
combinations (proverb, proverb, aphorism) are highlighted. Definitions given by scientists to 
idioms, the significance of idioms in the study of linguistics are highlighted. 
Key words: phraseologism, stable compounds, paraphrase, lexeme, paremiological units, 
correct meaning, figurative meaning.
Tilshunoslikda iboraga berilgan ta’riflar xilma-xildir. Jumladan, tilshunos olim 
O.S.Axmanova mazkur birliklarni: “Komponentlari semantik yaxlitlik bilan chambarchas 
bog‘langan, natijada gap tarkibidagi bitta so‘zning ekvivalenti sifatida ishtirok etuvchi so‘z 
birikmasi” , - deya ta’riflagan[1]. 
Olimaning frazeologik birlikni komponentlari semantik yaxlitlik bilan chambarchas 
bog‘langan so‘z birikmasi deya ta’riflashi diqqatga sazovor. To‘g‘ri, ibora so‘z birikmasi va gap 

O‘qituvchi, Termiz davlat Pedagogika instituti


107 
shaklida ifodalanadi. Binobarin, 1) so‘z birikmasi kengayish xususiyatiga ega, iborada kengayish 
xususiyati yo‘q; 2) so‘z birikmasi erkin bog‘lama, ibora turg‘un va barqaror; 3) so‘z 
birikmasidagi so‘zlar alohida-alohida so‘roqqa javob bo‘ladi, ibora tarkibidagi so‘zlar bitta 
so‘roqqa javob bo‘ladi; 4) so‘z birikmasi alohida-alohida gap bo‘lagi bo‘lib keladi, ibora bitta 
gap bo‘lagi bo‘lib keladi. Shundan kelib chiqib, frazeologizmga turg‘un so‘z birikmasi deb 
qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tilshunos olima R.Sayfullayeva iboraga shunday ta’rif beradi: “Birdan ortiq mustaqil 
leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy 
birlik frazeologizm deyiladi” [2]. 
Shu o‘rinda frazeologizmni mustaqil leksema ko‘rinishi tashkil qiladi degan fikr bizni 
o‘ylantiradi. Bizga ma’lumki, ibora tarkibidagi so‘z o‘z leksik (atash) ma’nosini yo‘qotib 
ko‘chma ma’no ifodalaydi. Bu haqida tilshunos V.P.Jukov aytganidek: “Ibora tarkibidagi birlik 
so‘z emas, balki so‘zning soyasi hisoblanadi. Chunki ular leksik birlik bo‘lgan so‘z kabi mustaqil 
leksik ma’nosini yo‘qotadi” [3] . 
Olima o‘z fikr-mulohazalari so‘ngida yuqoridagi fikrlariga qarama-qarshi mulohazalarni
keltirib o‘tadi: “Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi”. Shu 
o‘rinda savol tug‘iladi. Ibora tarkibini so‘z tashkil qiladimi yoki leksema? Ma’lumki, leksema 
bilan so‘zning farqi bor: 
Leksema – lisoniy birlik, so‘z – nutqiy birlik; 
So‘z – tushuncha, leksema – ma’no ifodalaydi; 
Leksema – tayyorlik, umumiylik, majburiylik kabi xossalarga ega; 
So‘z – nutqiy birlikning tayyor emaslik, individuallik, ixtiyoriylik mavjudligi [2]. 
Leksemaning nutqda voqealanishi so‘z hisoblansa, “Frazeologizmning shakliy tomonini 
so‘z (leksema emas) tashkil qiladi” degan fikr o‘zini oqlamaydi. Yuqoridagi leksema va so‘z 
haqidagi fikrlar asosida xulosa chiqaradigan bo‘lsak, iboralarni ko‘chma ma’noli leksemalar 
tashkil qiladi degan xulosa chiqarishimiz mumkin. 
Tilshunos olim Sh.Rahmatullayev frazemaga quyidagicha ta’rif beradi: “Frazema til 
qurilishining lug‘at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo‘lib, bittadan ortiq leksemaning 
o‘zaro semantik-sintaktik birlashuvi bilan tarkib topgan bo‘ladi, shunga ko‘ra tuzma segment 
birlik deyiladi[4]. 
Frazemani leksema tashkil qiladi degan fikrni aytadi. Olim keyingi fikr-mulohazalarida 
esa, frazema leksemadan ifoda jihati bilangina emas, mazmun jihati bilan ham farq qiladi. 
Leksemada bosh leksik ma’no odatda to‘g‘ri ma’noda bo‘ladi, frazema esa bosh lug‘aviy ma’no 
ko‘chma ma’noda bo‘ladi degan fikrlari mulohazaga chorlaydi. Frazemadagi ma’no ko‘chma 
ma’noda ifoda topsa, leksemadagi ma’no o‘z ma’nosida bo‘lsa, frazemani leksema tashkil 
qilishi mumkinmi? 
B.Mengliyev iboraga quyidagicha ta’rif berdi: “Barqaror birikmaning bir guruhi 
tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatidan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi”[5] deb 
ta’riflagan. Ibora – nutq hodisasi emas, til hodisasi deydi. Ma’lumki, frazani lisoniy hodisa, til 
hodisasi deb qaraladi. Nutqqacha tayyor holda bo‘ladi, lekin nutq jarayonida qo‘shimchalar 
qo‘shilib, grammatik jihatdan shakllanadi. 
Tilshunos B.Mengliyev ibora va so‘zni farqli jihatlarini keltirib o‘tadi. 
1) 
so‘z tovushdan, ibora esa so‘zdan tashkil topadi; 
2) 
so‘z to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda, ibora esa faqat ko‘chma ma’no ifodalaydi; 
3) 
so‘zning ma’no tarkibida qo‘shimcha ma’no bo‘lmasligi mumkin; 
4) 
iborada har doim qo‘shimcha ma’no bo‘ldi; 
5) 
iborada atash ma’no va qo‘shimcha ma’no bo‘ladi; 
6) 
so‘zda faqat atash ma’no bo‘ladi, qo‘shimcha ma’no bo‘lmaydi [5]. 
Biror qismi yoki butun holda ko‘chma ma’noda bo‘lgani uchun bo‘yoqdorlikka boy 
bo‘lgan turg‘un iboralar frazeologizm deyiladi va ularni o‘rganadigan soha frazeologiya deb 
ataladi[6]. 


108 
Xulosa qilib aytganda, frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi so‘z va leksema o‘rniga 
balkim, barqaroq birikma, turg‘un birikma shaklida ishlatish lozimdir. 
Ayrim tilshunos olimlar frazeologik birliklarni tildagi ahamiyati yo‘q, qo‘llanganda ham, 
qo‘llanmaganda ham hech o‘zgarish bo‘lmasligini so‘zning o‘zi shu vazifani bajara oladi degan 
xulosaga kelganlar.
Jumladan, V.M.Nikitandir ta’kidlashicha, “Frazeologizmlar tilning sistem materiali bo‘la 
olmaydi, ular tildagi ortiqcha elementlardir. Frazeologizm nostrukturaviy nutq materialidir. 
Chunki ular kommunikativ ehtiyojlar tufayli emas, balki ekspressiv ehtiyojlarga ko‘ra hosil 
bo‘ladi. So‘zlar bilan sinonim munosabatda bo‘lganda o‘zlarini ortiqcha ishlatilmas nutq 
materiali ekanligini namayon qiladi, shunga ko‘ra ular til sistemasi hodisasi emas, balki uslubiy 
nutqiy hodisadir” [3] . 
Prof. A.I.Fyedorov qarashlari ham hamohangdir. Olimning fikricha, “Frazeologizmlar 
tilning ortiqcha faktlari qatoriga kiradi. Ularning mavjudligi fikr predmetida baholash ekspressiv 
xarakteristika berish ehtiyoji bilan bog‘liq”[3]. 
Shu o‘rinda olimlar qarashlarini inkor qilmagan holda o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib 
o‘tishni joiz topdik. V.M.Nikitandir va prof. A.I.Fedorov ta’kidlaganidek, frazeologizm 
kommunikativ ehtiyoj emas, balki ekspressiv ehtiyoj ekanligi rost. So‘z ham ibora ifodalagan 
ma’noni anglatishi mumkin. Lekin ibora anglatayotgan ta’sirni, emotsiyani, uslubiy 
bo‘yoqdorlikni, obrazlilik va jozibani bera olmaydi. Misol uchun, bag‘ri qon iborasini “xafa, 
tushkun” so‘z bilan ifodalasa ham bo‘ladi. 1. Salima onasi vafotidan so‘ng bag‘ri qonga to‘ldi
2. Salima onasi vafotidan so‘ng xafa, tushkun bo‘lib qoldi. Birinchi gapda, xafa, tushkunlikning 
eng yuqori darajasini ifodalayapti. Ikkinchi gapda esa xafalik, tushkunlik bag‘ri qon iborasiga 
nisbatan kam ta’sirchanlikka ega. Ikki gapni solishtirish natijasida ham iboraning tilimizda 
nechog‘liq muhim o‘rin egallashi oydinlashadi. Hech qaysi so‘z insonning ruhiy holatini, yanada 
yorqinroq, obrazliroq, ta’sirliroq iborachalik ifodalash xususiyatiga ega emas. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling