Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘fikorgar
Vahmkor - tumandagi aholi punkti nomi. Vahm “vaqf” soʻzining oʻzgargan shakli.
S.Qoraevning ma’lumotiga koʻra, “vaqf” soʻzi arabcha boʻlib, “vasiyat qilingan”, “inoyat qilingan”, “bagʻishlangan” kabi ma’nolarni anglatadi. Oʻrta asrlarda va undan keyin ham katta- katta yerlar, doʻkonlar, hunarmandchilik rastalari, tegirmonlar, hammomlar, objuvozlar va boshqa mulklar masjid-madrasalarga, musofirxona-shifoxonalarga (xonaqohlarga) vasiyat qilib berilgan, ya’ni vaqf qilingan, ulardan olingan daromadlar shu muassasalarning ehtiyojlariga sarflangan. Respublikamiz toponimiyasini oʻrganishda vaqf hujjatlarining ahamiyati katta. Bunday hujjatlarda vaqf qilingan yerlarning chegaralari aniq koʻrsatilgan va qoʻshni qishloqlar, ariq- kanallar sanab oʻtilgan. 58 Oʻzbekiston, xususan, Zarafshon vodiysida Burqut Vaqf, Vaqf, Vaqbi Gijbak, Vaqfi Qoʻrgʻon, Eski Vaqf, Vaxim, Voxim, Voqim kabi toponimlr bor; Qoʻqon shahridagi Vaqmchorsi mahallasi nomi ham “vaqf” soʻzidan kelib chiqqan [10, 177-178]. Vahmkor soʻzi yerlarda ishlatiladigan kishi ma’nosidagi vaqfkor soʻzi bilan aloqador. Vaqfkor keyinchalik Vahmkorga aylangan. Sarhang- tumandagi aholi punkti nomi. Sar (f-t.) - bosh; yuqori, balan; katta, ulkan; boshlanish; balandlikning yuqori nuqtasi, uch qismi. Taxminlarga koʻra, katta ogʻir sarhang toshlarni bir necha odamlar itarishib qulatganlarida uning ostidan suv otilib chiqqan, keyin aholi shu yerlaga koʻchib kelib qishloqni nomini Sarhang deb nomlagan. Sangsabz- tumandagi aholi punkti nomi. Sang – “tosh”, sabz – “yashil”, “yashillik”, “koʻkalamzor joy”, “bogʻ-u-rogʻ” ma’nolariga ega. Toponimning ma’nosini “yashil tosh” yoki “toshloqdagi bogʻ-u-rogʻ” tarzida sharhlash mumkin. So‘fikorgar-tumandagi aholi punkti nomi. Tarkibi: soʻfi+kor+gar. Soʻfi soʻzi arab tilidan tojik va orqali oʻzbek tiliga oʻzlashgan. Soʻfi soʻzining ma’nosi – “masjidda azon aytuvchi”, “azonchi”. Shaharlarda har bir masjidning soʻfisi boʻlgan, ba’zan masjidning imomi, imomxatibi soʻfilik vazifasini bajargan. Qishloqqa soʻfi laqab (unvon)li kishi asos solgan, dastlab hovli-joy qurib, qishloq tashkil boʻlishiga zamin yaratgani bois qishloq Soʻfi nomi bilan yuritilganligini taxmin qilish mumkin. Obitorat- tumandagi aholi punkti nomi. Ob – suv, daryo, soy. Yagʻnob tilida ov–“suv”, tolik va yagob tillarida oba–“sel”, “toshqin togʻ suvi”, urdu tilida ab–“toshqin”, Kopetdogʻda «issiq buloq suvi”; fors tilida obdara “tor dengiz qoltigʻi”, Tolikistonda “suv toʻlib qolgan dara”, “tabiiy suv ombori” ma’nolarini bildiradi. Shuningdek, mazkur soʻzdan toponimlar tarkibida uchraydigan birqancha qoʻshimchalar yasalgan. Masalan, obod “oʻzlashtirilgan suvli hudud”, obikor–“sugʻorma dehqonchilik”, biyobon–“suvsiz choʻl”, obiravon–“oqar suv”, obi rahmat– “rahmat yogʻdiruvchi suv” (qor-yomgʻir suvi), ob raha–“suv yoʻli”, “ariq”, duoba–“ikki suv qoʻshilgan joy”; Xorazmcha “ariq” ma’nodagi yop soʻzi ham asli ob soʻzidan kelib chiqqan [4]. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling