Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
lingvopoetika predmeti – badiiy asarda qo‘llangan til vositalari birligi, yig‘indisi bo‘lib,
yozuvchi ular yordamida asar badiiy-g‘oyaviy mohiyatini bayon etish, hamda tasvirlash maqsadida o‘ziga zarur estetik ta’sir kuchini ta'minlay oladi” [Задорнова, 1992: 59]. Darhaqiqat, lingvopoetika badiiy asarda qo‘llangan lug‘aviy birliklar va badiiy tasvir vositalari vobastaliligiga asoslanadi. Yozuvchining til birliklaridan va badiiy vositalardan qaydarajada mahorat bilan foydalana olgani, ular asarning estetik ta'sir kuchini qayshaklda ta’minlay olgani nazariy hamda amaliy tahlil uchun muhim hisoblanadi. Har chuqur va tomonlama tahlildan so‘ng zaruriy xulosalar chiqarish imkoniyati yuzaga keladi. “Lingvopoetika” terminining izohiga keladigan bo‘lsak, mazkur atama lotincha “lingua” va fransuzcha “linguistiqe” – “til”, yunoncha “poietike” – “san'at” ifodalarining birikuvidan yuzaga kelgan bo‘lib, “so‘z san’ati” ma'nosini bildiradi. Tilshunos olimlar o‘zlarining nazariy tahlillariga asoslanib “lingvopoetika” terminining ikki xil jihatini qayd etishgan. Birinchisi, alohida badiiy uslub(priyom)ni u yoki bu asarda, asarlar guruhida qo‘llashning mavzu – stilistik tavsiflari qandayligining imkon qadar to‘liq manzarasini ochib berishdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi – mavjud til birliklarining muayyan g‘oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashi va ma'lum estetik ta'sir qilishdagi roli, vazifasini aniqlashga qaratilgan alohida badiiy matnni tadqiq etishdir [Липгарт, 2009: 8]. Ushbu xulosalarga tayanib aytish mumkinki, birinchi izohga ko‘ra matn stilistik tavsiflarning qaydarajadaligiga ko‘ra tahlil qilinadi, ikkinchisiga asosan matn til birliklarining muayyan g‘oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashi va ma'lum estetik ta’sir qilishdagi holatiga ko‘ra tavsiflanadi. Mazkur ilmiy sharhga asoslanadigan bo‘lsak, “matnni lingvopoetika nuqtayi nazaridan o‘rganish u yoki bu stilistika uslublarini va til vositalarini shunchaki o‘rganishga emas, balki badiiy asar ko‘rsatayotgan estetik ta’sirni so‘zlar yordamida tushuntirishga qaratilgandir” [Задорнова, 1992: 60]. Darhaqiqat, badiiy matndagi lingvopoetik vositalarni tahlil qilishda ularning estetik ta’siri muhim mezon hisoblanadi. Badiiy asarda so‘z jozibasini va badiiy san’atlarning ta'sirchanligini yuzaga chiqarish yozuvchining shaxsiy mahoratiga bog‘liqdir. Shunday ekan, badiiy matnning lingvopoetik tahlilida ana shu holatni yuzaga chiqaruvchi vositalar muhim ahamiyatga ega. Ilmiy nuqtayi nazardan lingvopoetik tahlilning maqsadi – tilning u yoki bu birligi (so‘z, so‘z birikmasi, sintaktik konstruksiya) muallif tomonidan qay tarzda so‘z – badiiy ijod jarayoniga qo‘shib yuborilishi, qanday qilib til vositalarining u yoki bu o‘ziga xos birikmasi ushbu estetik ta'sir kuchini yaratishga erishishini aniqlashdan iborat [Липгарт, 2009: 16]. ekanligi asoslangan. Har bir adib o‘z asarlarida til birliklarini tanlab, mahorat bilan o‘z o‘rnida qo‘llashga intiladi. Asarlarni o‘qish jarayonida biz bunga amin bo‘lib boramiz. Taniqli tilshunos olim Hamid Ne’matov [Ne’matov, 1993: 8]. til birliklariga fonema, morfema, leksema va konstruksiya (qurilma) hamda nutq birliklariga tovush, fon(harf), bo‘g‘in, affiks(qo‘shimcha), so‘z(leks), so‘z shakli; so‘z birikmasi; gap; mikromatn; makromatnlar kirishini qayd etgan. Har qanday lingvopoetik tahlil til birliklari izohiga asoslanishini nazarda tutadigan bo‘lsak, ilmiy tahlil jarayonida ana shu til birliklarining qaydarajada mohirlik bilan ishlatilganiga e’tiborni qaratishimizga to‘g‘ri keladi. 54 Har bir ijodkorni esa o‘z zamonasi tarbiyalaydi. Abdulla Qodiriy o‘sha davr farzandi, shu bois o‘z zamonasining insonlariga xos mushohada yuritgan. U keltirgan dalillar oldin o‘sha millat adabiyotida o‘z isbotini topgan va davr chig‘irig‘idan o‘tib o‘sha paytgacha yetib kelgan edi. Vaqt o‘tishi bilan adabiyotdagi janrlar yangilanishi mumkin. Biroq tasvirdagi asliyat, ya'ni ruhiyatdagi milliy kolorit saqlanib qolaveradi. Har qanday matn so‘z yordamida shakllanadi. Shunday ekan so‘z, ya'ni materialning ishlatilishi badiiylikni belgilab beradi. Shundan so‘ng so‘z Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling