Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

U qiynalib arang nafas olar, yuzlari ko‘karib, ko‘z soqqalari g‘alati tarzda o‘zgarib 
ketgandi. O‘ng qo‘li bilan chap ko‘ksini g‘ijimlab bo‘g‘riqardi: Shubha yo‘qki, bu galdagi yurak 
xuruji edi (U.H.). 
Keltirilgan parchada garchi qahramon biror og‘iz so‘z aytmagan bo‘lsa-da, kitobxon asar 
personaji holatini anglab oladi. Personajning holatidagi o‘zgarishlar va shuning natijasida 
uzatilayotgan “xabar” matnning davomini o‘qiganimizda, boshqalarga ham yetib borganining 
guvohi bo‘lamiz. 
Nima bo‘ldi, tog‘a, yurakmi? – dovdirab qolgan Halima aya dabdurustdan nima tadbir 
ko‘rishini bilmay tutildi. – Yusuf, o‘g‘lim, qo‘shnilarga ayt, do‘xtir chaqirsin!.... (U.H.). 
V.V.Bogdanov kommunikativ vazifa bajaruvchi sukutni “nutqiy aktning nol formasi” deb 
aytadi. [8: 15]. 
Biz ushbu ishda, asosan, kommunikativ vazifa bajaruvchi sukutga to‘xtalib o‘tamiz. 
Kommunikativ ahamiyatli 
sukut adabiyotlarda 
kommunikativ belgi 
((Krestinskiy), 
kommunikativ aktdagi noverbal belgi, (Kornilova), etnonutqiy taqiq (Sadыkova), nutqiy akt 
(Melikyan) kabi nomlangan. 
S.V.Krestinskiy sukutni “noverbal xulqning eshitiluvchi shakli” deb ta’riflaydi. Olimning 
sukutni eshitiluvchi shakl deyishiga sabab biz sukutni eshitamiz, ya’ni nutqiy aloqa-aralashuv 
bo‘lmayotganini eshitamiz va bu holat (sukut) tinglovchiga qandaydir ta’sir qiladi. Sukutga 
adresat o‘z e’tiborini qaratadi, biz avvaliga uni eshituv organlarimiz orqali qabul qilamiz, 
bizning miyamizga ta’sirini o‘tkazadi, keyin u tuyg‘ularimiz ta’sirida ma’lum hissiyotlar hosil 
qiladi. [7: 78]. 


47 
Sukut orqali so‘zlovchi (bu o‘rinda so‘zlamovchi) o‘z niyat va intensiyalarini 
suhbatdoshga (adresatga) yetkazadi va buning natijasida uning keyingi muloqotiga (verbal yoki 
noverbal) ta’sir qiladi. Bu ifoda etilayotgan nutqiy aktning illokutiv kuchini va perlokutiv 
harakatini bildiradi. Sukut aktining propozitsional mazmuni shundan iborat bo‘ladiki, inson 
nima sababdandir sukut holatida o‘z fikrini ifoda etmaydi. 
Sukut noverbal vositalar jumlasiga kirib, uning kommunikatsiyadagi ishtiroki nolisoniy 
asosda amalga oshiriladi. Diskursiv munosabat sukutning verbal axborot uzatuviga 
tenglashtiriladi. 
Noverbal vosita bo‘lmish sukut verbal vosita kabi kommunikatsiyaning komponenti 
sanaladi. Sukut, garchi so‘zsiz ravishda kommunikantga axborot uzatsa-da, adresat sukutni 
interpretatsiya qilishi natijasida suhbatdoshga mos ravishda javob reaksiyasini beradi (verbal 
yoki noverbal yo‘l bilan). Bu esa aloqa-aralashuvning ro‘yobga chiqqanini bildiradi. Sukut orqali 
fikr ifodalangani va unga adresat tomonidan aks ta’sir berilgani sabab ushbu holda diskursiv 
munosabat amalga oshadi. 
Sukut boshqa noverbal vositalardan shunisi bilan farq qiladiki, verbal va noverbal vositalar 
alohida olinganda muayyan ma’nolarni bildirish uchun xizmat qiladi, lekin sukut (jim turish) 
ifodalaydigan ma’no (tushuncha) faqat situatsiya va kontekstda aniqlanadi va yana u 
sotsiolingvistik, kulturolingvistik, etnolingvistik, psixolingvistik va paralingvistik jihatlarga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Sukutning kontekstdagi ma’nosi konvensional xarakterga ega bo‘ladi. Uning 
matn tarkibida ishlatilishi boshqa birliklar kabi muqim bo‘lmasdan asosan sharoit asosida ma’no 
bildirib keladi. Shuning uchun kontekst bilan sukut mazmunining interpretatsiyasi o‘rtasida 
mustahkam aloqa bo‘ladi, bu esa diskursiv paradigma doirasida bo‘ladi. Lekin diskursiv 
munosabat asosidagi sukut ifodalaydigan ma’no barcha qo‘llaydigan va barcha birdek 
tushunadigan hodisa bo‘lmasdan, unga kommunikantlar munosabati nuqtai nazaridan yondashish 
to‘g‘ri bo‘ladi. 
Pragmatik sukut rejalashtirilgan kommunikativ holat bo‘lib, garchi hech narsa ifoda 
etilmasa-da qandaydir xabar (kelishuv, qayg‘u, va’dalashuv, iltimos, mutelik, aybdorlik...) 
uzatiladi. Tilga antropotsentrik yondashuv asosida ushbu holatni tadqiq etgan tilshunoslar aloqa-
aralashuvda uzatilayotgan har qanday axborot suhbatdoshga qaratilganini va unga ta’sir etishini 
aytib o‘tadilar. Shuni e’tirof etish kerakki, sukut ma’lum xalq madaniyatidagi insonning xulq-
atvori doirasidagi muloqotning mahsuli sanaladi. U o‘sha xalqning etik (adab) normalari 
doirasida shakllanadi, qo‘llanadi va idrok etiladi. Kattalar gapirganda kichiklarning, rahbar 
oldida xodimning sukut saqlashi o‘zbek mentalitetidan kelib chiqqan adab normasi sanaladi. 
Bek xonaga kirganida, g‘ala-g‘ovur birdan to‘xtadi. Uning salobati, nigohi, bashang 
kiyinishi, shuningdek, ushbu daqiqada ushbu muzofotdagi mayda-chuyda va katta uyushmalar 
rahbari ekani hamma o‘tirganlarni sergak torttirdi, birov unga peshvoz chiqib, miq etolmadi. 
Hatto uning bergan savollari ham dami ichiga tushib ketgan rahbarchalar tomonidan sukutda 
qabul qilindi. Axir ertasini o‘ylaydigan kimning ham ushbu yoqimlm sukutni buzishga haddi 
sig‘ardi (S.Siyoyev). 
So‘z reallikni: predmetni, vaziyatni, holatni, harakatni tushunchalar orqali ifodalaydi. 
Unga qarama-qarshi ravishda sukut haqiqiy vaziyatdan o‘ziga xos ravishda uzoqlashishni, bilib 
yoki bilmasdan bartaraf qilishni bildiradi. Xuddi shu o‘rinda so‘z va sukutning haqiqiy o‘rni
masalasi namoyon bo‘ladi. V.V.Bibixinning fikricha, “Biz qanchalik ko‘p axborot aniqlasak,
kamchilik va yetishmovchilikni shuncha ochiqroq his qilamiz”. [9. B. 59]. Funksional 
tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaralganda, belgi vazifasini bajaruvchi kommunikativ sukut 
aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi vosita sifatida lisoniy tahlil ob’yekti sanaladi. 
Aloqa-aralashuv jarayonini kuzatish shundan dalolat beradiki, dialogik nutqda 
suhbatdoshlar bir necha holatlarda sukutdan foydalanadilar. “Nutqiy akt mazmuni to‘lig‘icha 
so‘zlovchining muloqot maqsadi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi”. [10: 73]. Bizningcha, umumiy 
olganda, sukut mulohaza, mushohada omili bo‘lib, mavjud axborotning suhbatdoshlarning 
mavzu doirasidagi aks ta’siri sanaladi. Zero, uzatilayotgan axborot adresat tomonidan qabul 
qilingach, uning tafakkur prizmasidan o‘tib, suhbatdoshga mos ravishdagi “javob” sukut orqali 


48 
uzatiladi. Bu o‘rinda sukut verbal vositadan ko‘ra ishonchli, ta’sirli, samarador va tushunarli 
bo‘ladi va, e’tiborlisi, uning ma’nosi kommunikantlar tomonidan reallashadi. 
Sukutning kommunikativ akt doirasida bo‘lishi kommunikantlarning o‘zaro munosabati 
asosida namoyon bo‘ladi. Hatto ikki kishi sukutda bo‘lib, suhbatlashmasa-da aloqa-aralashuv 
ro‘yobga chiqishi mumkin. 
Dildora va Samandar uzoq vaqt jim o‘tirishdi. Har ikkalasi ham qizishib ketishi natajasida 
hurmat doirasidan chiqib ketgan edi. Endi bularning sukut saqlashi o‘z aybiga iqrorlik, kechirim 
so‘rash sukuti edi (Jurnaldan). 
"Sukut - kommunikativ aktning nol formasi" deyilsa-da, badiiy dialogik nutqda personaj 
xarakterini ochib beruvchi, aloqa-aralashuv munosabatini ifodalovchi kommunikativ-psixologik-
emotsional unsur sanaladi. Nabi Jaloliddinning ”Xayyom” asarida sukut turli badiiy epizodlarda 
berilgan bo‘lib, mushohada qilish sukuti, so‘z topolmaslik sukuti, ojizlik sukuti, mag‘lublik 
sukuti kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qilgan. 
– Bunga ne javob qilursen? 
Layli so‘zsiz turaverdi. 
– So‘zla!.. – deya o‘shqirdi malika. 
Layli bir qalqib tushdi, lekin indamadi. (Nabi Jaloliddin) 
Laylining ushbu sukuti o‘z aybiga iqror bo‘lish sukuti emas, balki zo‘ravonlikka 
asoslangan tuzumda sukutga aylangan haqiqatning jimligi edi. Hukmdorlar qoshida o‘zining 
to‘g‘ri va pok ekanligini isbot qila olmaydigan mahkumaning ojizona sukuti edi. 
Ko‘rinib turibdiki, sukut ta’sirchanlik ifodalovchi kommunikativ aktning turi bo‘lib, unda 
adresant va adresatga aloqador axborot uzatish yotadi. Har qanday sukut nimalarnidir gapiradi, 
holatdan kelib chiqqan holda xabar uzatadi. 
Sukutning eng faol ko‘rinishi suhbatdoshlarning o‘zaro fikr almashuvlarini chegaralovchi, 
kommunikatsiyaning yuzaga chiqishidagi birlamchi unsur bo‘lib, sukutning ishlatilishi, 
vazifalarini va matniy xususiyatlarini o‘rganish tilshunosligimiz oldidagi dolzarb masalalardan 
sanaladi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling