Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


a) maqollar tarkibida ikki o‘rinda sonning qo‘llanilishi


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

a) maqollar tarkibida ikki o‘rinda sonning qo‘llanilishi. Eng kichik va katta sonlarning 
o‘zaro juftlikdagi ishtiroki ma’lum bir vazifani bajargan. Masalan, bir bilan ikkining, bir bilan 
qirq, bir bilan ming juftligi: Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber. Bu o‘rinda qirq kun 
doimo, hamisha kabi miqdor-daraja ravishlarining ma’nosini anglatgan. 
Maqollar tarkibida ikki o‘rinda sonning qo‘llanilishi quyidagi ma’nolarni yuzaga 
chiqarishga xizmat qilgan: 
kuchli ta’kid, kuchaytirish: bir ko‘ngil imorati ming makka ziyorati; yo‘lbars qirqqa 
kirsa ham, yeyishi ang, qarg‘a mingga kirsa ham, yeyishi go‘ng; do‘sting ming bo‘lsa ham oz, 
dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p. 
Son, ayniqsa, ko‘chma ma’nodagi so‘z bilan birga qo‘llanganda miqdordan ko‘ra ta’kid 
ma’nosi ko‘zga tashlanadi: bir jag‘ga bir botmon kabi. 
ajratish, farqlash: birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur qil; bir ezma topadi, bir 
kezma. 
qiyos, taqqosbir odam ariq qaziydi, ming odam suv ichadi; bir qiz erga tegsa, qirq qiz 
tush ko‘radi. 
zidlikikki sigir soqqaning ayroni bor, ikki xotin olganning vayroni bor. 
- tenglik: bir boshoq - bir savat non; bir bulduruq uch qorga tatiydi, ikki o‘n besh – bir 
o‘ttiz. 
Bu maqollarda ba’zan katta son kichik son bilan tenglashtiriladi: ignachining ming urgani 
– temirchining bir urgani. Ba’zan esa kichik son katta sondanda ustunlashtiriladi: yuzta ‘siz- 
biz’dan bitta jiz-biz yaxshi; bir tulki yetti bo‘rini yetaklaydi. 
Maqollarda ming so‘zining ma’no ko‘lami boshqa sonlarnikiga qaraganda turli tuman. 
Masalan, bir anor ming bemorga davo maqolidagi ming bemorga da’vo birikmasida barcha 
kasalliklar nazarda tutiladi, yani har qanday (belgilash olmoshining ma’nosini ifodalagan) 
kasallikka da’vo degan ma’noni, ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushibdi maqolida ming qo‘yli 
boy (sifat, belgini ifodalagan) so‘zining ma’nosini beradi. 
b) 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling