Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
SUKUT – KOMMUNIKATSIYANING NOL SHAKLI
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
SUKUT – KOMMUNIKATSIYANING NOL SHAKLI
SILENCE IS THE ZERO FORM OF COMMUNICATION Ma’murjon Saidxonov Annotation. The article is about the verbal and non-verbal tools used in Uzbek communication, in particular, the phenomenon of silence, and in recent years, phenomena related to the speech process, which is the external side of the language, have been actively studied in linguistics, in which information about the types of silence given The functions of silence within the communicative act, its use in dialogic speech, its meanings expressed in the process of communication, as well as the presentation of silence in an artistic text are analyzed. Key words: verbal and non-verbal, communication-intervention, communicative act, silence, communication, silent dialogue, non-verbal code. Nutqiy aloqa-aralashuv jarayonida propozotsional va pragmatik komponentlarning barchasi verballashmaydi, balki verbal ifodalar bilan kommunikativ va semantik jihatdan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. “Insonda,– deb yozadi I.N.Gorelov, – hayotining boshlanishidanoq kommunikativ aktning verbal va noverbal vositalariga diqqat jalb etish malaka va ko‘nikmalari tarbiyalanib boradi”. [1: 90]. Shu jihatdan olib qaralganda, aloqa-aralashuv jarayonining shakllanishida va ro‘yobga chiqishida, adresant va adresatning fikr almashinuvida “sukut” (jim turish, gapirmaslik) ham noverbal vosita sifatida ishtirok etadi. Noverbal vositalar belgi sifatida ma’lum axborotni bildirish uchun ishlatilar ekan, har qanday holat G.V.Kolshanskiy ta’biricha, “umumiy paralingvistik vositadir”. [2: 59]. Sukut qilish muloqotimizning komponentlaridan biri sanaladi. Agar dunyoda odamlar faqat gapirganlarida edi, unda insonlar o‘rtasida aloqa-aralashuv yuzaga chiqmagan bo‘lar edi. Unda hamma tinmasdan gapirgan, hech kim eshitmagan bo‘lar edi. Shuning uchun sukut kommunikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi. I.A.Sternin tomonidan aytilgan muloqotning qoidasida aytiladi: har qanday odamning nutqida gapirish va sukut qilish mutanosibligi – doimiylik mezoni sanaladi. [3]. Bu shundan dalolat beradiki, har qanday odam ma’lum muddat gapiradi, ma’lum vaqt sukutda bo‘ladi. Muloqot doimiy sukut nutqiy akti bilan boshqa aloqa vositalarining muayyan proporsiyadagi o‘zaro almashuvi va aloqadorligi asosiga quriladi. [4 ]. Sukut faqat kommunikativ munosabatni ifoda etmaydigan tabiiy holatidagina, masalan, uxlaganda, ish bilan band bo‘lganda, umuman olganda, nutqiy aloqa-aralashuvga kirishmaganda ahamiyatsiz sanaladi. So‘z va sukutning o‘zaro munosabati kundalik kommunikatsiya darajasida muhokama etilmasligi mumkin emas. Negaki aloqa-aralashuv sukut va turli ko‘rinishdagi nutqiy kommunikatsiyadan tarkib topadi. So‘z va sukut munosabati haqidagi masala doimo diqqat Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Andijon davlat universiteti. saidxonov54@mail.ru. 45 markazda bo‘lishi aloqa-aralashuvda yangi-yangi kommunikativ vaziyatlarning bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu esa sukutning turli qamrovlarda yangi ma’nolar ifodalashidan, har xil kontekstlarda turfa mazmun berishidan darak beradi. Zero, “Til informatsiyasining to‘la manzarasini namoyon qilish uchun esa nutqning barcha tomonlarini kompleks ravishda tekshirish zarurligi” A.Nurmonov tomonidan aytib o‘tiladi. [5: 215]. Sukutning ishlatilishida inson omili verbal vosita ishlatilishidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi yoki, aksincha, kommunikantlarning o‘zaro munosabatlaridagi nomutanosiblik yoki tanish emaslik natijasida sukutning ma’nosi noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Shuning uchun sukutning ma’nosi konkret nutqiy akt doirasida aniqlanadi. Sukut noverbal vosita sifatida boshqa vositalardan (ishora, imo, ovoz o‘zgarishlari, tana harakati va b.) o‘zining shakliy va kommunikativ jihati bilan farqlanadi. Eng e’tiborli jihati sukut situatsiyadan kelib chiqqan holda ko‘p ma’no ifodalab keladi. Rejalashtirilgan noverballashuv faqat resipiyent tomonidan talqin qilinadi. Ma’lumki, dialogning mohiyati suhbatdoshlarning o‘zaro axborot almashuvlaridan iborat ekan, kommunikantlarning so‘zlashuv doirasidagi sukuti uzatilayotgan axborotni hazm qilish va mushohada asosida unga mos axborot uzatishdan iborat bo‘ladi. Aytish mumkinki, sukut ma’nosi ko‘p hollarda verballashgan tarzda ifoda etiladi. Bunday hollarda sukut verbal vosita orqali kuzatib boriladi yoki tasdiqlanadi yoxud ta’kidlanadi. Keyingi yillarda kishilar o‘rtasidagi yuzma-yuz muloqotning kamayishi, axborotni imkon qadar tez uzatish maqsadida mobil aloqalardan foydalanish, pandemiya munosabati bilan aloqa- aralashuvda masofaning saqlanishi, yig‘ilishlarning onlayn shaklda o‘tkazilishi kabi sabablar noverbal vositalarning kommunikatsiyada ishlatilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, sukut noverbal vositasining faolligi namoyon bo‘lmoqda. Inson o‘z fikrlarini, qarashlarini, ichki tuyg‘u va hissiyotlarini, uzatilgan axborotga yoki holatga munosabatini ko‘p hollarda sukut qilish orqali ifodalab beradiki, buni tushunish, ilg‘ab olish darkor bo‘ladi. Ma’lum ma’noda sukut qilish kommmunikatsiyaning davomiyligini ta’minlovchi vosita hamdir. Bu, albatta, sukut qiluvchining psixologik holati, ijtimoiy mavqei, kommunikativ o‘ziga xosligi, kommunikantlarning individual munosabatlari asosiga quriladi. “Nima haqida gapirish mumkin bo‘lmasa, o‘sha haqida sukut saqlash kerak, – to‘g‘risi, insonlar muloqot qilganlarida hali mazmuni ifodalanmagan fikrlarini sukut saqlashlari asosida namoyon etadilar”, – deb aytib o‘tadi Vitgenshteyn. [6:36]. Demak, tadqiqot ob’yekti va interpretatsiya (talqin) qilinadigan sukut metatil doirasida so‘z bilan zaruriy aloqada bo‘ladi. Chunki sukutni ifodalash uchun so‘zdan foydalaniladi. Biz tafakkur qilgan va rejalashtirgan axborotning juda kichik qismini gapiramiz, axborotning juda katta qismi semiotik bagaj yordamida implikatsiya qilinadi va sharhlanadi. Eng e’tiborlisi, sukutni turli kontekstlarda tushunish va ma’nosini anglab yetish kerak bo‘ladi, negaki nutqiy aloqa-aralashuvdan tashqarida sukut nokommunikativ va noinformativ xarakter kasb etadi. S.V. Krestinskiy sukutni ichki nutqning bir shakli deb aytadi va inson qandaydir sababga ko‘ra tovushli nutqni inkor qilganda, o‘ylashdan to‘xtamaydi. Bu to‘xtashning inkori rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan, ma’lum psixologik yoki ijtimoiy omillar asosida, muayyan muhit va vaziyatning talablari yoki normalari asosida bo‘lishi mumkin. [7:77]. Falsafada sukut osudalik va ovozsizlik sifatida assotsiatsiya qilinadi. Sukut ko‘p ma’noli va ko‘p vazifali vositadir. U verbal va noverbal kod orqali ifoda etiladigan har qanday ma’no yoki mazmunni ifoda etishi mumkin bo‘ladi. Sukut boshqa nutqiy akt vositalari kabi noverbal kodlar bilan kuzatib boriladiki, kommunikatsiya uchun ahamiyatlilik darajasi va konkret diskurs holatidagi ma’lumotlar kompleksiga qo‘shgan ulushi yangi shaklda turlanadi. Sukut axborot uzatuvchi yaxlit asos manbaga ega bo‘lmagani sababli ekspressivlik bilan bezangan bo‘ladi. Hatto oddiy rozilik yoki norozilik ma’nosini ifodalashda ham, garchi sukutni nutqiy aktda oson va aniq bildirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham, u yoki so‘zlovchining (sukut qiluvchining) implitsit holda emotsional holatini yoki uning harakatga suhbatdoshning 46 (tinglovchining) munosabatini anglatadi. Albatta, adresat bu yo‘l bilan uzatilgan axborotni oson adekvat tushunib oladi. Buning sababi, birinchidan, kommunikantlar o‘ziga xos madaniy diskursiv strategiya bilan tanish bo‘ladi, ikkinchidan, muayyan holatda birgalikda noverbal kodni o‘qish uchun bilim, malaka va kommunikativ tajribaga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, sukut interaksiyaning aniq ma’no ifodalovchi komponenti bo‘lib, aks holda mos ravishdagi diskursiv sharoitda nutqiy faoliyat yig‘indisining mazmuniy interpretatsiyasini mutloq o‘zgartiradi. Shuning uchun pragmalingvistikada sukutning tadqiqida eng asosiy muammolardan biri bu uning kommunikativ ahamiyatga egaligi yoki kommunikativ ahamiyatga ega emasligidir. Kommunikativ ahamiyatga ega bo‘lmagan sukutning o‘ziga xosligi shundaki, u funksional yuk tashimaydi va muloqot holatidan tashqarida bo‘ladi. Bu kabi sukut kommunikativ vazifa bajarmaydi. Funksional tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaralganda, belgi vazifasini bajaruvchi kommunikativ sukut aloqa-aralashuvda ishlatiluvchi vosita sifatida lisoniy tahlil ob’yekti sanaladi. Sukut fonatsion, leksik va ishoraviy noverbal vositalardan va, shu bilan birga, aloqa- aralashuvning verbal birliklaridan kommunikativ aktda ishlatilish jarayoni bilan, qolaversa, alohida holda mazmun ifodalash xususiyatlari bilan farqlanadi. Sukut ma’lum so‘z yoki gap, tushuncha yoxud fikr bildirishi, imo-ishoraviy signifikatga ega bo‘lishi mumkin. Lekin sukut kommunikativ aktdan tashqarida mazmun ifoda etmaydi. Aloqa-aralashuvda sukut ko‘p vazifalarda va ma’nolarda kelishidan qat’i nazar, ifodalayotgan ma’no nutqiy jarayonda aniqlanadi. Aloqa-aralashuv jarayonida sukutning ishlatilishini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, sukut psixoparalingvistik hodisa bo‘lib, aloqa-aralashuvda, verbal vosita orqali ifoda etib bo‘lmaydigan holatda, salomatlikka ko‘ra ruhiy hayajon holatida kommunikantlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra ishlatiladi. Ayrim hollarda kishi o‘ta hayajonlangan paytlarida, inson kerakli so‘zni topa olmay qolganda ham unga paralingvistik vositalar yordamga keladi va aloqa-aralashuvning yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Ayniqsa, qo‘rquv hayronlik, achchiqlanish, nafrat, sevinch, g‘urur va boshqa holatlarda insonlarga tabiiy ravishda yordamga keladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling