Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
52 Использованная литература 1. Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т., 1992.- 108-б 2. Усмонов С. Метафора. УТА. – 1964. М 4. 34-бет. 3. Уткина В. П. Перифрастический оборот в русской художественной литературе. Известия Крымского педагогического института.1970 Т. 33. 4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – М., 1981. 285-бет 5. Шамсиддинов Ҳ. Бадиий нутқда космонавт терминининг функионал-семантик синонимияси. УТУ-1979. –Н 6-55-бет. OHORIY O‘ZBEK ROMANLARI VA LINGVOPOETIK TAHLIL ORIGINAL UZBEK NOVELS AND LINGUOPOETIC ANALYSIS Urak Lafasov Annotation. In this article, it is said that Abdulla Qadiri created unique examples of artistic images in our national literature by writing novels to introduce the spiritual image of the Uzbek nation to the world in the new era, and chose examples of Uzbek folklore as the main source for his works. In this context, it is emphasized that the aesthetic effect is an important criterion in the analysis of linguopoetic tools in the artistic text. Analyzing Abdulla Qadiri's novels from a linguopoetic point of view, it was emphasized that he effectively used phonetic, lexical, syntactic and methodological tools. Key words: Uzbek novels, linguopoetic analysis, Abdulla Qadiri, Uzbek nation, national poetry, spiritual image. Abdulla Qodiriy yangi zamonda o‘zbek millatining asl ma’naviy qiyofasini dunyoga tanitishga bel bog‘lagan adibdir. Yozuvchi bu jarayonni yoritib berish asnosida juda uzoq mushohada qilgan. So‘z ustasi milliy o‘zgachaligimiz boshqalarga bo‘lgan munosabatimizda, ya'ni mulozamatimizda ekanligiga amin bo‘lgach, moziyga yuzlandi. Mavlono Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bir baytida o‘zbek millatining siyratini quyidagicha ta’riflagan: Halol ona sutidekdur gar o‘zbegim tutsa, Tabuq qilib yukunub tustig‘on ichinda qimiz. Hazrat Navoiy boshqa bir baytida esa milliy kiyimlarimizga alohida e'tibor qaratgan: Shoh-u toj-u xil'atikim, men tamosho qilg‘ali, O‘zbegim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas. Abdulla Qodiriy o‘zbeklarga xos milliy siyrat, ya'ni ma’naviy qiyofaning ayrichaligiga kitobxonning diqqatini jalb etishni istagan. Buning uchun turkiylarning xarakter-xususiyatlaridan farqli o‘zbeklarga xos jihatlarni topish kerak edi. Shu bois yozuvchi uzoq izlandi va shunday fe'l- atvorlarni topishga muyassar bo‘ldi. Abdulla Qodiriy faqat o‘zbeklarga xos ulug‘ ma’naviy fazilatlarni ustalik bilan asar voqyealariga singdirgan. Bu holatni adabiyotshunos olim Umarali Normatov shunday ta’riflagan: “O‘tkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq ko‘zgu, unda xalqimizning ... ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. Abdulla Qodiriy o‘z tasvir uslubi haqida shunday fikrni aytgan edi: Men biror asar yozishdan avval yozmoqchi bo‘lgan narsam haqidagi materiallarni puxta o‘rganib chiqaman. Abdulla Qodiriy sanoqli yozuvchilargagina xos bo‘lgan noyob iste’dod sohibi bo‘lgan adibdir. U kishi milliy adabiyotimizda badiiy tasvirning betakror namunalarini yaratgan. Abdulla Qodiriy so‘z ustasi sifatida milliy tilimizga tegishli bo‘lgan o‘zgacha badiiylikni izlab topgan. Asarlarida ona tilimizning ayricha badiiy jozibasini yorqin, bo‘rttirilgan shakllarda yuzaga chiqara bilgan. Yozuvchi bu badiiy jozibani ajratib olish uchun juda ko‘p, uzoq izlangan. Adib xalq og‘zaki ijodiga namunalarini, shuningdek turkiy, arab, fors, rus va jahonning boshqa xalqlari yaratgan badiiy asarlarni o‘qib-o‘rgangan. Nihoyat, o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishgan. Ana shu Dotsent, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, lafas1963@gmail.com 53 izlanishlar natijasi o‘laroq, milliy tilimizga xos badiiyatni yuqori cho‘qqiga olib chiqqan. Adib ijod qilgan har bir ifoda va jumla kitobxon qalbining tub-tubiga kirib boradi. Shuning uchun ham o‘zbek milliy adabiyotida Abdulla Qodiriy badiiyat qiroli bo‘lib qolmoqda. Bunga to‘la amin bo‘lgan adabiyotshunoslar uni o‘zbek milliy romanchilik maktabining asoschisi sifatida tan olishgan. Hozirgacha ham adib yozgan badiiy matnlar tengsiz bo‘lib turibdi. Abdulla Qodiriy romanlarida keng kitobxonlar ommasiga xalqimizning milliy xususiyatlarini yoritib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Buning uchun asarlariga asosiy manba sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini tanlagan. Natijada uning asarlari adabiyotshunoslar va kitobxonlar tomonidan ohoriy o‘zbek romanlari deb tan olindi [Lafasov, 2021: 3]. Dunyo tilshunosligida lingvopoetika sohasi ancha keyin shakllandi. Mazkur soha tilshunoslik va adabiyotshunoslikni mushtarak o‘rganishni nazarda tutishiga ko‘ra farqlanadi. Tilshunos V.Ya.Zadornova ta'rifiga ko‘ra, “filologiyaning alohida bo‘limi sifatidagi Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling