Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 


59 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Begmatov E, Oripov O‘. Mikrotoponim tushunchasi haqida // O‘zbek tili va adabiyoti.-
2000.-№3.-B, 25-28 
2. Latipov Dj. Toponimiya goroda Margilana i yego okrestnostey: Avtoref. dis. … kand. 
filol. Nauk. –T-1975. 
3. Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. - T.: “Muharrir”, 2009, 430 b. 
4. Oxunov N. Toponimiya Kokandskoy gruppi rayonov: Avtoref.dis. … kand. filol. Nauk. 
–T-1978. 
5. Podolskaya N.V.Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii.-S.27 
6. Superanskaya A.V. Obщaya teoriya sobstvennix imen. – M.: Nauka. 1970. –S.55. 
7. Farhangi tafsirii zaboni tojikї (iborat az 2 jild) Jildi 1. A – N Zeri tahriri Sayfiddin 
Nazarzoda (rais), Ahmadjon Sanginov,Said Karimov, Mirzo Hasani Sulton. Dushanbe – 2008, 
950 s. 
8. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12 jildlik, 3-jild. –T.: “O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002, -703 b.
9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 jildli, 1-jild. –M.:“Rus tili”, 1981, 631 b. 
10. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma, 1-jild. – T.: 1966, 273 b. 
 
 
BADIIY MATNDA NEOLOGIZM-SEMEMA VA UNING LEKSIKOGRAFIK TALQINI 
NEOLOGISM-SEMEME IN LITERARY TEXT AND ITS LEXICOGRAPHICAL 
INTERPRETATION 
To‘lqin Asadov 


 
Annotation. This article talks about word meaning expression, semema, neologism-
semema, its nature. Theoretical ideas are explained with examples taken from fiction. The 
lexicographical interpretation of some neologisms-semeses is explained. 
 
 Key words: meaning, sememe, common meaning, neologism-sememe, dictionary, 
lexicographic interpretation, word meaning. 
 
Ma’lumki, til taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no ayni paytdagi ifodalagan 
tushunchasi bilan doimiy aloqadorlik kasb etib, vaqt o‘tgach barqarorlashib boradi va hosila 
ma’no lisoniylashadi. Bu bilan bir sememali leksema birdan ortiq sememali leksemaga aylanadi. 
Bu muntazam sodir bo‘lib turadigan hodisa sanaladi. Lisoniylashgan yangi-yangi ma’no ifodalar 
ehtiyoj mahsuli sifatida lug‘atlarga o‘z ifodasi (belgisi)ga ega bo‘la boradi.
O‘zbek tilshunosligida ma’no (semema) va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. 
Ayrim tadqiqotchilar ma’noni tushuncha bilan bog‘liq holda tadqiq etishadi. Aslida, tushuncha 
ong, mantiq birligi bo‘lsa, ma’no leksemaga xos birlik, ya’ni ma’no lingvistik hodisa bo‘lib, 
tushuncha mantiqqa xos hodisa sanaladi. Xullas, so‘z va uning ma’no imkoniyatlari, til bilan 
bog‘liq holatda taraqqiy topib, o‘sib boradi.
Neologizm-semema leksema semasining taraqqiyoti bilan bog‘liq. Semalar taraqqiyoti 
hosila ma’noni yuzaga keltiradi. Bu borada o‘zbek tilshunosligida yetarlicha fikrlar bayon 
etilgan [1;2;3;4;5]. So‘z ma’nosi kengayishida ma’no torayishidan farqli o‘laroq yangi-yangi 
hosila ma’nolar paydo bo‘lishi tayin. Professor M.Mirtojiyevning “O‘zbek tili semasiologiyasi” 
kitobida leksik ma’noning taraqqiyotiga ko‘ra tiplari sifatida: genetik ma’no; hosila ma’no; 
nominativ ma’no; erkin ma’no; bog‘li ma’no; o‘zak ma’no; yasama ma’no kabilar keltiriladi, 
shuningdek, manbada umumiy tilshunoslik va o‘zbek tilshunosligida aytilgan fikrlarga 
munosabat bildiriladi, o‘ziga xos fikr-mulohazalar bayon etiladi [2,136-143]. Albatta, 
yuqoridagi kabi ma’no turlar so‘zning ma’no taraqqiyoti, ma’no imkoniyatlari bilan bog‘liq.

Dotsent, Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi


60 
Tilshunoslikda so‘z ma’no rivoji bilan bog‘liq asosiy tip – hosila ma’no sanaladi. Hosila 
ma’no genetik ma’nodan o‘sib chiqadi, polisemantik so‘zlardagina bunday ma’no imkoniyati 
mavjud bo‘ladi. Hosila ma’no, odatda, ifodaning obrazliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ammo 
yuqori darajadagi ifodaviylik, obrazlilik doim ham har qanday hosila ma’no bilan emas, balki 
muayyan bir matnda yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan ma’no bilan bog‘liq bo‘lishini alohida 
ta’kid etish mumkin.
Hosila ma’no nafaqat genetik ma’nodan, ba’zida hosila ma’noning o‘zidan ham o‘sib chiqishi 
mumkinki, bu ham alohida kuzatishni talab etadi. Fanda esa genetik ma’no atash ma’noga, hosila 
ma’no ifoda semaga muvofiq keladi [3,58-62].
So‘z matnda uzual ma’no ifodasiga ega bo‘lsa-da, uning tabiatida okkazional ma’no ifodalash 
imkoni ham mavjud, aslida. Uzual ma’no so‘zning tabiatida mavjud ma’no sanaladi, bu ma’no 
har gal nutqda yaralavermaydi. Uzual ma’no nutq egasi uchun tayyor holda bo‘lib, izohli 
lug‘atlar qamrovida turadi. Ammo uzual ma’no (izohli lug‘atlar qamrab olgan odatdagi ma’no)
badiiy adabiyotda ifodaviylikni ta’minlash uchun doim ham to‘laqonli ahamiyat kasb eta 
olmaydi. Aytmoqchimizki, badiiy adabiyot lug‘atlarda aks etgan ma’nolar bilan cheklanib 
qolmay, ba’zi-ba’zida okkazional ma’nolarga – neologizm-sememali individual nutq 
neologizmlariga ehtiyoj sezadi. Kezi kelganda ijodkorlar so‘zning genetik yoki hosila ma’nosiga 
tayanib, uning yangicha ma’nosi (neologizm-semema)ni “kashf etadilar”. Bu holatning yuz 
berishi neologizm-leksema paydo bo‘lishiga nisbatan sekin kechsa-da, vaqti-vaqti bilan ko‘rinib 
qoladi. Mazkur hol ijodkorning mahorati bilan ham bog‘liq.
Neologizm-semema yaratishda lisonning borliq hodisalari bilan uzviyligi, uyg‘unligini, 
shuningdek, mantiqiylikni inobatga olish lozim. Adiblar ijodiy merosida kuzatiladigan mazkur 
hodisa tilshunoslikda neologizm-semema termini ostida o‘rganilib kelinayotganligini yana bir 
bor aytmoqchimiz.
Ayrim misollar tahliliga o‘tamiz. Masalan, iste’dodli ijodkor Abdurauf Fitrat o‘z she’rlarida 
“yirtmoq” fe’lini bir necha bor qo‘llab, o‘zbek tili lug‘at qatlamida mavjud bo‘lmagan 
ma’nolarni yuzaga chiqarganligiga guvoh bo‘lamiz: 
1. Shu qop-qora, eski, titroq bulutlar 
Kuchli bir yel ko‘rgach, turmas, yirtilur. (“Ovunchoq”)
2. Sen kelgach, 
Ko‘nglimni 
Qayg‘ular-la, motamlar-la o‘ragan 
Qora qalin pardalar yirtilur. (“Nega bo‘yla”) 
3. Cholg‘i qili sening nozli tirnog‘in-la titrarkan, 
Umidimni qoplab turg‘on qora bulut yirtilur. (“Parcha”)
Mazkur she’riy parchalarda yirtilmoq so‘zi yangicha ma’noda, ya’ni “parchalanmoq” 
umumiy ma’no ostida qo‘llangan. Bu ma’no ifoda (neologizm-semema)ni o‘zbek tilida mavjud
lug‘atlarning hech biri qamrab olgan emas.
Shoir she’rlarida ko‘pincha ramziylik, shaklan oddiy jumlalarda tag ma’noning ustivorligi 
yetakchilik qiladi. Jumladan, yel so‘zi ham yangicha bo‘yoq kasb etib, bir o‘rinda ozodlik, erk, 
hurlik ramzi sifatida (Oldimizni to‘sg‘on bulut parchasi/ Kuchli bir yel ko‘rgach, turmas 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling