Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

“Bilmam, qanday ayol bo‘lgan
Alisherning onasi. 
Balki uning aqliga ham
Lol bo‘lgan zamonasi. 
Balki uning ko‘zlarida
Bo‘lgan og‘ir bir xayol. 
Balki g‘amgin bir zotdir u,
Balki sho‘xchan bir ayol. 
Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar. 
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar. 
Mayliga, u kim bo‘lmasin,
Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi” [Oripov, 2000: 152]. 


90 
“Alishеrning Onasi” nomli she’rida shoir; bu she’rida u Alisher Navoiyning ahamiyatini 
tushuntirgan. Shu bilan birga, Alisher Navoiyni bolalarga mehr qoʻydirishni maqsad qilgan. 
Shoir, bu asarida Alisher Navoiyning onasining go‘zal xislatlarga ega bo‘lgan qadrli shaxs 
ekanligini ham ta’kidlagan. 
“Garchi shoirdir u benazir, tanho,
Lekin saltanat ham dastidadir jo. 
 
Daryolarni burar imo aylasa,
Mag‘lub muzaffardir himo aylasa” [Oripov, 2000: 165]. 
“Alishеr va Talaba” nomli she’rida Abdulla Oripov barchaning, prezident kabi Alisher 
Navoiyga hurmat qilganini, uning xalqda mehr-muhabbati va ta’siri borligini ta’kidladi. A. 
Oripov o‘z she’riyatida, Alisher Navoiyni xalq muammolari bilan shug‘ullanuvchi hassos shoir 
sifatida ta’rifladi. Shu bilan birga A. Oripov, A. Navoiyning kambag‘al va nochor insonlarning, 
xalqning hol-ahvolini so‘rab, ular bilan yaqindan qiziqayotganini alohida ifodalaydi. 
“Alisher barchaga tarahhum bilan,
Hurmat ko‘rgazardi tabassum bilan. 
 
Yuzlab talabalar mamnun, sarafroz,
Ulug‘ Navoiyga chiqdilar peshvoz” [Oripov, 2000: 165]. 
She’rning davomida shoir Alisher Navoiyning barcha talabalarga rahm-shafqat va hurmat 
bilan murojaat qilganiga, talabalarning ham bundan xursand boʻlganlariga e’tibor qaratadi. 
“Hirot tushlarimga kirardi azal,
O‘ngimda g‘azalday porlab turardi. 
Hazrat Navoiyning siymosi har gal,
Kelgin, nabiram, deb chorlab turardi” [Oripov, 2010: 171]. 
“Hirot” nomli she’rida shoir Alisher Navoiyga bo‘lgan chuqur muhabbat va sog‘inchini 
izhor qildi. Shoir, Alisher Navoiyning tug‘ilgan va dafn etilgan Hirot shahrini tushida ko‘rganini 
ifodaladi. Uni, Alisher Navoiyning “Kel, nevaram” deb chaqirganini aytdi. 
Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi sheʼrlarida uning adabiy shaxsi, oʻzbek 
adabiyotidagi ahamiyati koʻpincha eʼtiborni tortgan. Shoirning sakkiz jildlik “Tanlangan asarlar” 
asariga kiritilgan she’rlarda Navoiy nomi 43 marta, Alisher 10 marta tilga olingan. Abdulla 
Oripov, Alisher Navoiy uchun “Navoiy bobo, Hazrat Navoiy, Ulug‘ Navoiy” iboralarini 
ishlatgan. Alisher Navoiyni “pir, umidvor zot, abadiyat, tasavvufiy pir” deb ta’riflagan. 
Ushbu tadqiqotda Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi she’rlarining tili, uslubi va 
mazmuni tahlil qilindi. Shu bilan birga, uning she’rlarida eng ko‘p uchraydigan so‘zlar berilgan. 
Qolaversa, Abdulla Oripovning o‘z nuqtayi nazari Alisher Navoiyning qadimgi tarix va 
adabiyotdagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan. Abdulla Oripovning Alisher Navoiy haqidagi 
she’rlarida qo‘llangan so‘zlaring soni shundaydir: 
She’riyat, san’at, san’atkor, ilm va fan haqidagi so‘zlar: she’r (21 bor), gʻazal (4 bor), shoir 
(10 bor), olim (2 bor), madaniyat (2 bor), tafakkur (1 bor), tasavvuf (1 bor), san’at (11 bor), 
bastakor (1 bor), ilm (1 bor), fan(1 bor), tarix (7 bor), adabiyot (1 bor). 
Vatan, millat, hurriyat va boshqalar bilan bogʻliq so‘zlar: vatan (5 bor), yurt (12 bor), 
millat (4 bor), xalq (7 bor), davlat (4 bor), ozod (6 bor), hurriyat (1 bor), mustaqil (1 bor).
Turk dunyosiga tegishli nomlar, mamlakat va shahar haqidagi soʻzlar: oʻzbek (10 bor), 
oʻzbegim (11 bor), Oʻzbekiston (6 bor), oʻzbekcha (1 bor), qirgʻiz (6 bor), qozoq (4 bor), 
qozogʻim (2 bor), Qozogʻiston (2 bor), Ozarbayjon (2 bor), ozar (2 bor), ozariy (1 bor), 
Turkiston (7 bor), Hirot (3 bor), turkiy (1 bor), tojik (8 bor), Toshkent (3 bor), Samarqand (1 
bor), Buxoro (1 bor), Fargʻona (1 bor), Andijon (1 bor).
Tarixiy va adabiy shaxslarga oid so‘zlar: Navoiy (43 bor), Alisher (10 bor), Beruniy (1 
bor), Xayyom (2 bor), Hofiz (1 bor), Temur (3 bor), Bobur (5 bor), Boburshoh (9 bor), Fuzuliy 
(1 bor), Nasimiy (1 bor), Nizomiy (1 bor), Farhod (2 bor), Shirin (1 bor), Bobak (1 bor), 
Muqanna (1 bor), Abay (1 bor), Oʻljas (2 bor), Moʻmin Mirzo (9 bor), Mirtemir (2 bor), Qahhor 


91 
(2 bor), Gʻafur (2 bor) Choʻlpon (1 bor), Mashrab (3 bor), Oybek (2 bor), Alpomish (2 bor), 
Manas (1 bor), Chingiz (2 bor), Toʻqtagʻul (1 bor), Bayron (1 bor), Pushkin (2 bor), Betxoven (1 
bor), Dante (1 bor).
Oila va qarindoshlikni ifodalovchi soʻzlar: ajdod (3 bor), bobo (7 bor), ona (11 bor), oyi (3 
bor), qardosh (2 bor), uka (14 bor), oʻgʻil (4 bor), bola (19 bor), farzand (9 bor), avlod (4 bor), 
nabira (5 bor), goʻdak (2 bor), yigit (10 bor), baxt (9 bor), rahm (2 bor), rahmat (1 bor), Xudo (1 
bor), Sirdaryo (1 bor), Balxash (1 bor), Olatov (3 bor). 
Shoirning she’rlarida tez-tez ishlatib turadigan boshqa so‘zlar: Hazrat (5 bor), iloj (2 bor), 
soʻz (16 defa), orzu (8 bor), xayol (13 bor), ezgu (4 bor), aziz (9 bor), inson (18 bor), odam (17 
bor), yaxshi (8 bor), yomon (2 bor), doʻst (26 bor), gʻanim (2 bor), hayot (5 bor), jahon (9 defa), 
dunyo (18 bor), qalb (12 bor), dil (5 bor), dildor (2 bor), rahmdil (1 bor), dilband (2 bor), ishq (4 
bor), vasl (2 bor), gʻam (12 bor), alam (3 bor), goʻzal (4 bor), yurak (7 bor), umidvor (1 bor), pir 
(3 bor), abadiyat (2 bor).

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling