Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Бегматов Э. Ўзбек антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 2013. 
2. Дьякова Н.С. Ономасиологический анализ наименований жилых домов и 
жилищных комплексов Череповца // Вестник Череповецкого государственного 
университета 2016. №6. – С. 87-90. 
3. Андросов С.С. Анализ лингвокультурологических особенностей географических 
номинаций 
Сахалинской 
области 
и 
префектуры 
Хоккайдо. 
https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42639721. 
4. Самсонова М.В., Пестерева К.А., Филиппова В.В. Микротопонимика островов 
Средней 
Лены 
как 
отражение 
особенностей 
уклада 
жизни 
населения. 
https://www.elibrary.ru/item.asp?id=41110131. 
5. https://tsirya.livejournal.com/50748.  


94 
 ONOMАTOP TOVUSHLI MАKONNING LISONIY BIRLISI SIFАTIDА 
ONOMATOPE AS A LINGUISTIC UNIT OF SOUND SPACE
Jaloliddin Yodgorov 

 
Annotation. The article deals with the linguistic and poetic properties of onomatopoeic 
words in lyrical texts. In particular, we are talking about the linguistic possibilities of these 
language units in the lexicalization of sound space. 
Key words: literary text, lyrical text, onomatopoeia, semiotic image, imagination, 
concept, visual, acoustic, metaphorical image, sound motivation. 
 
Til – bu nafaqat insonlarning asosiy aloqa vositasi, fikrlarni shakllantirish, his-tuyg‘u, 
istak va shu kabilarni ifodalash vositasi, balki badiiy adabiyotning obrazlari burkanadigan real 
tashqi shakli hamdir [Shmelev, 1964:3]. 
Fikrni obrazli va taʼsirchan chiqishida alohida ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biri 
so‘z qo‘llashdagi aniqlikdir. Muayyan kontekst uchun yagona bo‘lgan o‘tkir va yorqin so‘zni 
tanlab olish u qadar oson ish emas. Buning uchun har bir so‘zning lingvistik mohiyatini chuqur 
anglash, har bir so‘zda potensiya sifatida mavjud bo‘lgan estetik imkoniyatlarni nozik va har 
taraflama his qilish benihoya zarurdir [Аbdurahmonov, Mahmudov, 1981:52].
Badiiy matn ijodkori bu “qonunlar”ga amal qilishi va til egasining tafakkur doirasidan 
chetga chiqmasligi talab etiladi. Аyniqsa, badiiy matn talabi bilan shakllangan umumiy 
proeksiya va ijodiy individuallikni ko‘rsatuvchi lisoniy birlklardan biri onomatoplardir. Zero, 
onomatoplar, birinchidan, inson ongidan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan va eshitish 
hissiyotlarida, yaʼni eshitish qobiliyatida sodir bo‘ladigan tovush olamidir. Ikkinchidan, vizual 
taʼsirni lisoniy birliklar bilan atash va, uchinchidan, “kishi organizmida paydo bo‘lgan sezgilar 
va boshqa abstrakt maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi” [Qo‘ng‘urov, 1966:61]. Bu turli xil 
tovush, ko‘rish hamda his etish tizimlari bilan to‘ldirilgan ovozli (yoki abstrakt) makonning bir 
turi bo‘lib, bio va ijtimoiy semiosferalar o‘rtasidagi axborot aloqasi mexanizmi sifatida tovush 
kodidan foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, bu lisoniy birliklarning badiiy matndagi 
ustuvor jihatini belgilovchi asosiy unsur onomatoplarni grammatik va mantiqiylik asosida 
qurshab turgan boshqa til birliklari bilan korporativ aloqaning mavjud bo‘lishidir. 
Sevgimning yashashi bir yilmi edi? 
 
“Gʼuv” etib o‘tguvchi bir yelmi edi? Cho‘lpon. Аldanish.
Tilni sistema sifatida o‘rganish Ferdenand de Sossyur ko‘rsatganidek, lisoniy birliklar 
o‘rtasidagi munosabatni ochishga qaratilmog‘i lozim. Lisoniy birliklar esa o‘zaro paradigmatik, 
sintagmatik va pog‘onali (iyerarxik) munosabatlardan tashkil topadi [Iskandarova, 1998:7]. 
Tilshunos olim R.Qo‘ng‘urovning taʼkidlashicha, Ch.Darvin „Oq tovuqning hamma patlari oq 
bo‘lsa-da, bu oq patlar bir-birlaridan farq qiladi” deganidek, umuman, bir necha sinonimik 
so‘zlar bir hodisani ko‘rsatish uchun xizmat qilsa ham, har bir sinonimlik tasviriy so‘z anglatgan 
maʼno o‘zining maʼlum maʼno ottenkasi bilan ikkinchisidan farq qiladi [Qo‘ng‘urov, 1966:46]. 
Darhaqiqat, O‘TILda g‘uv taqlid so‘ziga shamol yelganda va boshqa narsalar uchganda, 
aylanganda chiqadigan tovushni, shuningdek, baʼzi qushlarning tovushini bildiradi deb taʼrif 
berilgan bo‘lsa-da [O‘TIL, 2020:456], bu taʼrif onomatopning umumiy lingvistik axborot berish 
vazifasini qamray olmaydi. Bu, albatta, lug‘at tuzish bilan bog‘liq ixchamlik va siqiqlik talablari 
bilan bog‘liq. Xususan, yuqoridagi lirik parcha(fragment)da ham qo‘llangan onomatopning 
ko‘rsatilgan aloqalar asosida shakllanganini ko‘rish mumkin. Gap shundaki, azaldan xalqimiz 
ongida umrni qadriga yetish, uni juda tez o‘tishi va hech qachon uni qaytarib bo‘lmas hodisa 
sifatida baholash bilan bog‘liq stereotipik shakllangan qarashlar mavjud. Bunga turli 
diniy(teologik) va eʼtiqod rasm-rusumlarning asos bo‘lganligi hech birimizga sir emas. Аna shu 
umr “tezligi”ni til egalari metaforik modellash orqali g‘uv onomatopiga yuklagan va, qaysidir 

O‘zR FА O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi 
yodgorov202@mail.ru


95 
maʼnoda, umrni bu lisoniy birlik orqali taʼriflash bilan estetik obrazlilik yaratgan. Shuningdek, 
onomatopda holatga taqlidning metaforik “zarra”lari ham minimal darajada bo‘lsa-da sezilib 
turibdi. Bu tarzdagi nutqiy aktlar, asosan, yoshi kattalar yoki maʼlum bir hayot bosqichlaridan 
o‘tgan kishilar nutqida bir qadar ko‘p uchraydi. Bu haqda keyingi o‘rinlarda fikr bildiriladi.
Parchaning birinchi misrasidagi sevgining umri (tashxis) bir yil (365 kun – kim uchundir 
juda uzoq vaqt) juda ham kam vaqt ekanligi aytilayotgan bo‘lsa, bu “kam”lik ikkinchi misrada 
qo‘llangan g‘uv onomatopi orqali dinamik tarzda yanada tezlashtirilgan. Shoir o‘z sevgisi bilan 
andarmon qalbning vaqtlararo izchillashganligidan hamda zavqli onlarni tez o‘tishida vaqtning 
“makkor”ligidan arz etadi. Subyekt estetik taʼsir darajasini oshirish va gnostik hissiyot 
intensivligini mukammalashtirish maqsadida onomatopni shunchaki emas, aynan qo‘shtirnoq 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling