Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

о ‘ljasi”. Ushbu gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanilib, -si egalik shakli qo‘shilgan va omonimlik 
hosil qilgan. 
Bizga ma’lumki, O‘ljas Sulaymonov qozoq millatining faxrli shoirlaridan biri 
hisoblanadi, aynan O‘ljas Sulaymonovning bizning yurtimizga tashrifi va o‘zbek she’rxonlarining 
ijobiy ma’noda o‘ljasiga aylanishi, ya’ni muxlislari tomonidan juda xursandchilik bilan kutib 
olinishi, xalqimizning mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini juda chiroyli so‘z o‘yini 
va tashbexlar bilan ochib bergan.
Professor Nurboy Jabborov ta’kidlaganlaridek,milliy qadriyatlar talqini sheʼriyatda milliy 
ruh ifodasining eng muhim shartlaridandir. Millat mavjudligi va milliy ruh asosi boʻlgan ona 
tiliga muhabbat gʻoyasi Erkin Vohidov sheʼriyatida oʻziga xos talqin etilgan. Erkin Vohidovning 
aynan ona tilimizga bag‘ishlab yozilgan she’rlarida ham omonimik hodisalarga va o‘rinlarga 
duch kelamiz. Omonimlar she’riyatda qo‘llanganda o‘zgacha tasvir yaratishga xizmat qiladi.
Dasturxonda Xorazmning
Qirqmasidan bir tilim, 
Yulduzli ko‘k sahnidagi 
Hilolaga o‘xshaydi.[4,20] 
Ona tilim
Mehring bu qadar 
O‘rtaguvchi ekan jonimga. 
Аsir bo‘lib lolu musaxxar 
Termulaman Ilza xonimga. .[4,20] 
Yuqoridagi satrlarda tilim so‘zidagi omograflik turli so‘z turkumlari doirasida sodir 
bo‘lmoqda.Tilim I. “Ko‘p joyidan tilingan yoki bir necha uzun-uzun tilingan, yorilgan yoki 
tilimlangan” ma’nosini anglatadi, bu o‘rinda ot so‘z turkumiga oid leksemani ifodalab kelgan. 
Xorazm eliga xos bo‘lgan qovun turining bir bo‘lagini ya’ni qismini atab kelgan. Bu ham 
bizning millatimizning jannatmakon yurt ekanligini ta’riflash uchun ifodalangan mohirona 
usuldir. 
Tilim II “Ilza xonimga ”she’rida qo‘llangan tilim (ot + (im) egalik shakli hosil qiluvchi 
qo‘shimcha). Birinchi misoldagi tilim (fel + (im) so‘z yasovchi qo‘shimcha).
Tilim II til+im (ot + egalik qo‘shimchasi) – “kishilar o‘rtasida, jamiyatda o‘zaro fikr 
almashishning vositasi, tilshunoslikning asosiy o‘rganish obyekti”, sifatida o‘zaro omonimlikni 
yuzaga keltirgan va milliy ruhiyatni namoyon etishda yaqqolroq ifodalashga xizmat qilgan.Har 
qanday xalq she’riyatining o‘ziga xosligini, uning qadriyatlarini namoyon etadigan eng muhim 
omil milliy ruhdir. Milliy ruhning she’riyatda o‘z ifodasini topishida esa aynan til vositalarining 


103 
o‘rni beqiyos va nihoyatda kattadir. Til vositalarini o‘z o‘rnida ishlata bilish ham katta mahorat 
hisoblanadi. 
Kamimiz yo‘q, uyga kelganda mehmon, 
Bitta qo‘y so‘yishga yetar qurbimiz. 
Faqat tilagimiz – el bo‘lsin omon, 
Omon bo‘lsin doim ota yurtimiz.[5,46b] 
“Vaʼzingni qo‘y, birodar 
Sen aytganing bo‘lmaydi”. 
Barcha dedi barobar: 
“Ona tilim o‘lmaydi”. 
Adibning yuqorida keltirilgan misralarida ham aynan omoleksemalarga duch kelamiz. Bu 
o‘rinlarda qo‘y leksemasi omonim hodisa sifatida talqin qilingan va bu hodisa ikki xil so‘z 
turkumi dorasida qo‘llangan. 
Qo‘yI ot. Go‘sht, yog‘ jun olish uchun boqiladigan ,kovshanuvchi ayri tuyoqli uy 
hayvoni.[1,192] Bu gapda aynan shu ma’noda qo‘llangan. 
Qo‘y II fe’l. Tashlamoq,davom ettirmaslik ma’nosida qo‘llangan. Biror narsani aynan 
shunday qoldirmoq. She’riy parchada gapni davom ettirmaslik, to‘xtash ma’nosida qo‘llangan. 
Milliy qadriyatlarimiz ifoda etilgan yuqoridagi she’rlarda omonimlar turli xil ma’no bildirishi 
bilan tilimizning nihoyatda boy ekanligini ko‘rsatib bergan. 
Har bir millat madaniyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning, ijodkor uslubi hamda tilining 
o‘ziga xos o‘rni bor. Erkin Vohidov so‘zning chinakam jozibasini o‘ziga xos tarzda aks ettirgan, 
xalqning dilidagini she‘rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o‘lmas satrlarda 
ifodalangan.
G‘arb ufqi ne uchun har kech lolarang, 
Unda yotar sening minglab o‘g‘loning. 
Ol bayroqni o‘pib ichgan qasamga
Sodiq qoldi ular mardona bo‘lib. 
Ko‘zdan uyqu ketdi ,tandin halovat, 
Lek jomi jam bo‘ldi ko‘nglimda paydo. 
Jon-u jahonimni ol mayli faqat 
Meni she’r mehridan qilmagin judo [5,26b].
Yuqoridagi misralarda ham omonimlar bilan bog‘liq holatni kuzatishimiz mumkin. 
O‘zbek tili so‘zlarining omonimlar lug‘atida ham “ol” leksemasining quyidagi ma’nolari keltirib 
o‘tilgan: 
Ol I–qo‘li bilan tutmoq, o‘z ixtiyoriga o‘tkazmoq, o‘ziniki qilmoq; 
Ol II –ko‘makchi fe’l; 
Ol III – qizil rang ma‘nosida. 
Har bir millat madaniyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning, ijodkor uslubi hamda tilining 
o‘ziga xos o‘rni bor. Erkin Vohidov so‘zning chinakam jozibasini o‘ziga xos tarzda aks ettirgan, 
xalqning dilidagini she‘rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o‘lmas satrlarda 
ifodalangan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling